Jo`rayeva A


Aminokislota unumlari gormonlari



Download 26,61 Mb.
bet223/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

13.8. Aminokislota unumlari gormonlari

Ushbu sinf gormonlari aminokislotalar L - tirozin va L - triptofan unumlaridir. Tirozin unumlari– katexolaminlar va tireoid gormonlari; triptofan unumlari– melatonin.


Katexolaminlar – adrenalin (epinefrin), noradrenalin (norepinefrin) - buyrak usti bezlari mag`iz qismida, dofamin esa gipotalamik - gipofizatrop yadrolarda ishlab chiqariladi. Mazkur birikmalar L - tirozin molekulasi unumlari bo`lib, halqa qismining 3 – holatiga qo`shimcha gidroksil guruhi kiritilgan (dioksifenilalanin), yon zanjiri esa dekarboksillangan:



α – adenergik ta`sirining tezkor effektlari – qon tomirini torayishiga (vazokonstriktsiya); me`da, ichak va qovuq silliq mushaklarini tormozlanishga (qisqarishga) olib keladi.
β - adrenergik ta`sir nisbatan sekin rivojlanadi. Bularga yurak-tomir sistemasini regulyatsiyasi, bronxlar va ba`zi tomirlarni bo`shashishi (relaksatsiyasi), giperglikemiya va giperlipoatsidemiya sabab bo`ladi.
Adrenalin β - adrenergik ta`sirga ega, noradrenalinda – α - adrenergik ta`sir ko`proq ifodalangani aniqlangan. Ikkala katexolaminlar effektidagi a –adrenergik ta`sir a - adrenoblokatorlar bilan (fentolamin, ergotamin), β – effekti esa β -blokator (propranolol) bilan to`xtatiladi.
Dofamin - gipofizda prolaktin, kamroq miqdorda STG sekretsiyasini kamaytiradi.
1) uglevod, lipidlar almashinuviga ta`siri glikogenoliz va lipoliz
jarayonlarini stimullashida ko`rinadi. Fosforilaza va lipaza fermentlari faolligini
oshirib, energiya hosil bo`lishida (adenilattsiklaza-proteinkinaza - sAMF yo`li orqali) qatnashadi.
2) Sel`e effekti — adaptatsiya, ya`ni organizmni muhit sharoitiga
moslashish imkoniyatlarini oshiradi.


13.8.1. Tireoid gormonlar

Tireoid gormonlar strukturasi asosida tironin yadrosi yotadi, tironin o`zaro u kondensatsiyalangan ikkita L - tirozin molekulalaridan iborat. Tironin unumlari bo`lgan tireoid gormonlarining strukturali belgisi ular molekulasida 3 ta yoki 4 ta yod atomlari borligidir. Triyodtironin (3, 5, 3` - triyodtironin, T3) va tiroksin (3, 5, 3`, 5` — tetrayodtironin, T4) - umurtqalilar qalqonsimon bezi follikulyar hujayralarining gormonlari. Qalqonsimon bez gormonlari energiya almashinuvi, oqsil sintezi va organizm rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. T4 - strukturasi - Kendall (1935), T3 –strukturasi – Gross va Pitt - Rivers (1952) tomonidan aniqlangan. T3 va T4 ba`zi ko`k-yashil suv o`tlarida ham topilgan.


Tironin gormonlari katexolaminlarga nisbatan pH ning neytral ko`rsatkichlarida suvda yomon erib, ishqoriy muhitda, spirtlarda, jumladan, butanolda eruvchanligi ortadi. Bu xossasi gormonlarni hujayra membranalaridan nisbatan oson o`tishiga yordam beradi va ularni qon plazmasida, to`qimalarda aniqlashda foydalaniladi.
Gormonal - faollikni namoyon bo`lishiga tironin strukturasini o`ziga xos yodlanish darajasi, halqalaridagi yod atomlarini holati ta`sir qiladi.

Masalan, mono- va diyodtironinlarning faolligi past. Faqat 3 ta yoki 4 ta yod atomlarini saqlovchi tironinlar faol bo`ladi. Bunda A halqaning 3 va 5, B halqaning 3` holatlarini yodlanishi katta ahamiyatga ega. T3 ni T4 ga nisbatan biologik ta`sir kuchi yuqori. 3, 3`, 5` - triyodtironin umuman gormonal faollikga ega emas. Ma`lum bo`lishicha T3 (5,3, 3`) – faqat sekretsiya qilinadigan gormon bo`lmay, balki tiroksinning periferiyadagi faollashgan metabolit shakli ham hisoblanadi.



Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish