Jo`rayeva A


Protsessing va mRNK tashilishining ingibitorlari



Download 26,61 Mb.
bet89/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Protsessing va mRNK tashilishining ingibitorlari. Oqsil sintezining bu bosqichidagi ingibitorlari yadro ichidagi mRNK yetilishining turli davrlarini amalga oshiradigan RNK aza, RNK ligazalar ingibitorlaridir.
Translyatsiya ingibitorlari. Bularga bakteriyalarga qarshi qo`llaniladigan antibiotiklarni misol qilib keltirish mumkin.
Xloramfenikol bakteriyalarning 70 S ribosomalariga va eukariotlarning mitoxondriya va xloroplastlariga ta’sir etadi, ammo 80 S ribosomaga ta’sir qilmaydi. Xloramfenikol ribosomaning 50 S subbirligi bilan bog`lanadi va peptidiltransferazali reaktsiyani blokirlab, sintezlanadigan polipeptid zanjirning vaqtidan oldin uzilishiga olib keladi.
Linkomitsinning 80 S ribosomalarga ta’siri xloramfenikoldagi singari. Eritromitsin bakteriya ribosomalaridagi 50 S subbirlikning A va P qismlaridan peptidil-tRNK translokatsiyasini ingibirlaydi, ya’ni transkriptsiyaning elongatsiya bosqichidagi 3-davrini blokirlaydi.
Tetratsiklinlar 80 S ribosomalarga nisbatan 70 S ribosomalarga ko`proq tanlab ta’sir qiladi. mRNK va aminoatsil-tRNKning ribosomaning kichik subbirligi bilan bog`lanishini, ya’ni ribosomada oqsil biosintezining initsiatsiyasi va elongatsiyasini blokirlaydi. Streptomitsin bakteriyalarning 70 S ribosomasiga ta’sir qilib, 80 S ribosomalarga ta’sir ko`rsatmaydi. Oqsilni kichik subbirligi bilan o`ziga xos bog`lanib, mRNK ning to`g`ri o`qilishini buzadi. Bunda oqsil sintezi to`xtaydi yoki ma’lum bir vazifani bajara olmaydigan yaroqsiz oqsil hosil bo`ladi.
Laboratoriya tadqiqotlarida eukariotlarning 80 S ribosomalariga ta’sir etuvchi siklogeksimid qo`llaniladi. U ribosomaning katta subbirligi bilan bog`lanadi va translokatsiyani to`xtatadi. Yuqori kontsentratsiyalarda esa RNK polimeraza I ni blokirlaydi, ya’ni transkriptsiyaga ta’sir etadi.
5-jadval
Oqsil sintezining ingibitorlari

Preparat nomi

Ta’sir etish mexanizmi

    1. Antibiotiklar

a) replikatsiya ingibitorlari

Mitomitsin C

DNK ning ikkita komplementar zanjirlari o`rtasida komplementar bog`lar hosil qilib, ularning ajralishiga to`sqinlik qiladi va replikatsiya (DNK→DNK) jarayonini ingibirlaydi. O`sma hujayralarining bo`linishini blokirlab, antikontserogenlik xususiyatiga ega.

b) transkriptsiya ingibitorlari

Aktinomitsin D

DNK zanjirining G...S qismidagi guanin bilan kovalent bo`lmagan bog` orqali bog`lanib, hamma turdagi RNKlarning sintezini ingibirlaydi. Kuchli antibakterial va o`smaga qarshi xususiyatga ega. Faqat biokimyoviy tadqiqotlarda ishlatiladi. Juda zaharli.

Oligomitsin, daktinomitsin



Aktinomitsinga o`xshash ta’sir qiladi, tibbiyotda o`smaga qarshi preparat sifatida qo`llaniladi.

Rifamitsin

Transkriptsiyaning initsiatsiya bosqichida RNK-polimerazani ingibirlaydi. Silga, bakteriyalarga, viruslarga qarshi preparatlar. Ularga bakteriyalarning RNK-polimerazasini sezgirligi ko`proq, makroorganizmlarga ta’siri kam.

Translyatsiyaning ingibitorlari

Puromitsin

AMF tRNKtir ning aktseptor qismi bilan strukturasi jihatidan o`xshash, peptidil tRNKtir ning A qismi bilan oson reaktsiyaga kirishib, peptidil-puromitsinni hosil qiladi. Antikodoni bo`lmaganligi sababli elongatsiyani to`xtatadi va peptid zanjirining uzilishiga sabab bo`ladi. 80 S ribosomaga ham xuddi 70 S ribosomaga ta’sir etuvchi ingibirlash xususiyati borligi bilan farq qiladi. Zaharli, faqat biokimyoviy tadqiqotlarda qo`llaniladi.

Streptomitsin,
neomitsin, kanamitsin

30 S subbirlikni oqsilli faktorlaridan biri bilan bog`lanib, mRNK ning noto`g`ri o`qilishiga sabab bo`ladi va genetik kod o`qilishida xatolarga yo`l qo`yiladi. Buning natijasida oqsil sintezi to`xtaydi yoki o`z vazifasini bajara olmaydigan nuqsonli oqsil sintezlanadi. 70 S ribosomalarga ta’sir etadi. Keng miqyosda bakteriyaga qarshi faollikka ega.

Tetratsiklin

mRNK va aminoatsil-tRNK ni 30 S subbirlik bilan bog`lanishini, ya’ni ribosomadagi oqsil biosintezning initsiatsiya va elongatsiya bosqichlarini blokirlaydi. Ko`proq 70 S ribosomalarga tanlab ta’sir ko`rsatadi. Mikroblarga qarshi dori sifatida ishlatiladi.

Eritromitsin, oleandomitsin

Ribosomaning katta subbirligi bilan bog`lanadi, translokazani faolligini to`xtatish orqali ribosomaning mRNK ga translokatsiyasini ingibirlaydi. Asosan 70 S ribosomalarga kam darajada eukariotlarning mitoxondriyalaridagi ribosomalarga ta’sir etadi. Uning mikrobga qarshi ta’sir qilishi penitsillinning ta’siriga o`xshash.

Levomitsetin (xloramfenikol), linkomitsin, sparsomitsin

Ribosomaning 50 S subbirligi bilan bog`lanadi, peptidiltransferazaning faolligini ingibirlaydi, ya’ni peptid bog`larining hosil bo`lishiga yo`l bermaydi. Bakteriyalarning 70 S ribosomalariga va eukariotlarning mitoxondriyalaridagi ribosomalarga ta’sir etib, 80 S ribosomalarga ta’sir ko`rsatmaydi. Keng miqyosda ta’sir etuvchi antibiotik hisoblanadi.

Penitsillin, sikloserin, polimeksin

Bakteriya membranasining shakllanishiga va uning butunligini ta’minlashga ta’sir etadi, ya’ni hujayra devori tarkibiga kiruvchi geksapeptidlar sintezini to`xtatadi.

2. Alkoloidlar

Vinkristin va vinblastin

Protsessing va mRNK transportini ingibirlaydi. Ularning ta’sir etish mexanizmi hali yetarli darajada o`rganilmagan. Sitostatik moddalar hisoblanadi. O`smalarga qarshi preparat sifatida qo`llaniladi.

3. Toksinlar, zaharlar

α-Amanitin –



Eukariotlarning mRNK si transkriptsiyasi uchun mas’ul bo`lgan RNK-polimeraza II ni ingibirlaydi.

Difteriyali toksin

Elongatsiyaning faktorlaridan birini faolsizlantirish oqibatida eukariotlarning oqsil sintezini ingibirlaydi.

4. Interferonlar

Interferon – virusga qarshi modda

Interferonlar sintezi viruslar komponentlari tomonidan induktsiyalanadi. Interferon o`z navbatida IF-2 initsiatsiya omilini fosforillanishini katalizlaydigan proteinkinaza fermentini induktsiyalashi natijasida hujayradagi oqsil sintezi to`xtaydi va hujayra halok bo`ladi, u bilan birgalikda viruslar ham nobud bo`ladi. Interferon bir qancha virusli kasalliklardan himoya qiladi, yomon sifatli o`sma kasalliklarini kuchaytiradi. Uning davolovchi mexanizmi va sog`lom organizmda bajaradigan vazifalari hali yetarlicha o`rganilmagan.

5. Viruslar

Gripp, poliomiyelit va boshqalar

Viruslar hujayraga kirgandan so`ng RNK sintezi va o`z navbatida xo`jayin-hujayraning oqsili sintezini to`xtashiga olib keladi, oqsil sintezlovchi apparat virusning nuklein kislotasini sintezlay boshlaydi. Ingibirlanish mexanizmi o`rganilmagan. Xo`jayin-hujayra esa halok bo`ladi.

6. Antimetabolitlar

Ftoruratsil

Pirimidin antimetabolitlari guruhiga kiradi. Uning o`smaga qarshi faolligi rak hujayralarida DNK sintezida ishtirok etuvchi timidinsintetaza fermentining raqobatli ingibitori hisoblanadigan 5-ftor-2dezoksiuridin-5`-monofosfatga aylanishi bilan belgilanadi.

Ftorafur

Ta’sir etishi ftoruratsilga o`xshash.

6-merkapto-purin

Purinning antimetaboliti hisoblanadi. Tuzilshi bo`yicha adenin va gipoksantinga o`xshash. 6-merkaptopurin struktura analogi sifatida purin almashinuvida faol ishtirok etadi va nuklein kislotalar sintezini buzilishiga olib keladi.




Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish