Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet42/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Fermentli gemproteidlar. Sitoxromlar ularning molekulalari tarkibidagi gemlarning turiga qarab A,B,C,D guruhiga bo`linadi. A,B va C sitoxromlari prostetik guruh sifatida A,B, va C gemlari tutadi va o`zaro polipeptid zanjirlardagi aminokislotalar tarkibi va oqsil subbirliklari bilan farqlanadi. D sitoxromida esa D gemdan tashqari ba’zida C gemi ham uchraydi.
Sitoxromlar kislorod biriktirish xususiyatiga ega emas. Bunda istisno tariqasida A3 sitoxromi ham mavjud bo`lib, uning tarkibida globin bilan bog`langan mis ioni bor. Sitoxromlar mitoxondriyaning nafas olish zanjiri va mikrosoma zanjiri tarkibiga kiradi. Nafas olish zanjirida elektronlarni flavoproteidlardan sitoxromoksidazaga tashish vazifasini bajaradi, ulardagi temir atomi esa Fe2+dan Fe3+ ga o`tadi hamda oksidlanish qaytarilish jarayonida qaytariladi. A va A3 sitoxromoksidazalar ikki atom mis – gem saqlovchi fermentlardir.
Katalaza va peroksidaza – fermentlari oksidoreduktazalar sinfiga mansub gem saqlovchi fermentlar, kimyoviy tabiatiga ko`ra gemproteidlardir.
Xlorofillproteidlar – hayvonlardagi temir porfirinlardan farqli o`laroq o`simliklarda magniy porfirinli komplekslar mavjud bo`lib, ular o`simliklar barglariga yashil rang beradi. Bunday pigmentli komplekslar xlorofill deb ataladi. O`simliklar barglarida A va B, suv o`tlarida yana C va D turlari mavjud.
O`simliklarda xlorofillar oqsillar bilan kompleks hosil qiladi va fotosintez reaktsiyalarida ishtirok etadi.
Metalloproteidlar. Metalloproteidlarga oqsildan molekulasidan tashqari bir yoki bir nechta metall ionlari saqlovchi biopolimerlar kiradi. Metalloproteidlar orasida ferment va ferment bo`lmagan vakillari mavjud. Fermentli metalloproteidlar: dipeptidaza, karboangidraza, karboksipeptidaza alkogoldegidrogenaza metallofermentlari tarkibida rux; tirozinaza, sitoxromoksidaza tarkibida mis; ATF aza tarkibida magniy, kaliy, kalsiy saqlaydi. Metallofermentlar tarkibidagi metallar oqsillar bilan kovalent bog`lar hisobiga murakkab komplekslar hosil qiladi. Metallni yo`qotilishi fementning faolsizlanishiga olib keladi.
Tarkibida temir bo`lgan metalloproteid – transferrin ferment faolligiga ega bo`lmay tashuvchilik vazifasini bajaradi..
Ferritin – yuqori molekulali suvda eruvchi oqsil, undagi temir miqdori 17 % dan 23% gacha. U asosan, qora taloq, jigar va miya ko`migida uchrab, organizmda temir deposi vazifasini bajaradi.
Transferritin – suvda eruvchi temirprotein, glikoprotein, qon zardobidagi β-globulinlar tarkibida aniqlangan, molekulasida 2 atom temir saqlaydi. Transferrin organizmda temirning fiziologik tashuvchisi hisoblanadi.
Tarkibida mis saqlovchi oqsil - seruloplazmin qon hosil bo`lishida ishtirok etadi va boshqa mis saqlovchi oqsillar sintezini ta’minlaydi.
Ba’zi metalloproteidlar gemoglobin vazifasini bajaradi, masalan gemostianin, gemeritrin, gemovanadin. Gemostianin (grek.haima – qon va kyanos – ko`kimtir) qonga havo rang tus beradi va u mollyuskalarda uchraydi. Tarkibida kislorodni biriktiruvchi mis ioni oqsil qismining subbirliklari bilan bevosita bog`langan. Misning har ikki ioni bir molekula kislorod bilan bog`lanadi.
Gemeritrin ham temirproteid bo`lib, chuvalchanglarda aniqlangan. Gemeritrin molekulasi oqsilning 8 ta subbirligidan tashkil topgan bo`lib, o`zaro temir ioni bilan bog`langan. Gemeritrinning ikki atom temiri bir molekula kislorodni biriktiradi.
Kislorodni biriktiradigan yana bir metalloproteid – gemovanadin, bitta subbirlikdan iborat, bog`lovchi guruh sifatida vanadiy ioni ishtirok etadi. Vanadiyning har bir atomi bir molekula kislorodni bog`laydi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish