Q on Membrana Sitoplazma Jigar va skelet mushak
Glyukogon→R oqsil biosintezi pasayib, parchalanadi→aminokislota→ mochevina
↑ ↓
→ ATF→ sAMF +PPi→ TG glyukoneogenez
↓ ↓
Glikogenoliz yog` kislota, glitserin
↓ ↓
←glyukoza Atsetil-KoA→Keton tanachalar→siydikdan ajral.
ketonemiya,ketonuriya kelib chiqadi.
Jigarda glyukogon oqsillar biosintezini pasaytirib, ular katabolizmini osonlashtiradi. Hosil bo`lgan aminokislotalar siydikchil (mochevina) sintezida va glyukoneogenezda ishlatiladi. Demak, glyukogon ta`siri triglitseridlarni parchalanishi, qondagi glyukoza miqdorini ortishi, jigarda glikogеn sintеzini susayishi bilan birga kuzatiladi. Lеkin gormon mushaklardagi glikogеn miqdoriga ta`sir etmaydi.
13.14. Buyrak usti bеzi gormonlari
Buyrak usti bеzining mag`iz qismi gormonlari - Adrеnalin va noradrеnalin.
Adrеnalin qaysi tipdagi retseptor bilan bog`langanligiga qarab nishon to`qimalar mеtobalizimiga ikki xil ta`sir etadi. Agar gormon β-adrеno-rеtsеptorlar bilan bog`lansa, adеnilattsiklazani faollanishi hisobiga sAMF ga bog`liq metabolik o`zgarishlarni keltirib chiqaradi; α-adrеnorеtsеptorlar bilan bog`langanida sGMF ta`siridagi o`zgarishlarni kuzatiladi. Asosan adrenalin ta`sirida glyukogonga o`xshash o`zgarishlar kuzatilib, gormon uchun nishon hisoblangan yog`, mushak to`qimalariga va jigar modda almashinuvlariga sAMF orqali tasir ko`rsatadi. Natijada uglеvod va lipid almashinuvi o`zgarib, qondagi qand mе`yori ortadi, jigarda glikogenoliz, lipoliz, proteoliz stimulatsiylanib, qonda glyukoza miqdori oshadi. Qon tomir sistеmalariga ham ta`sir etib, qon bosimini ko`taradi, yurak mushaklari qisqarish kuchi va tezligini oshiradi, mayda artеriollarini kеngaytiradi. Ichak, bronxlar va bachadon silliq mushaklarini bo`shashtiradi.
Adrenalin va noradrenalinni organizm to`qimalaridagi inaktivatsiyasi quyidagicha: 1) strukturasidagi yon zanjirini oksidlanishli dezaminlanishi – monoaminomooksidaza (MAO – yo`l) fermenti ishtirokida; 2) adrenalin halqasidagi 3 – holatdagi gidroksilni – katexolaminooksitransferaza yo`li bilan (KOMT) oksimetillanishi. Adrenalin va noradrenalin admashinuvida yuqoridagi yo`llar nisbati har xil organlarda turlicha. Metillanish jarayonlari ko`pincha dezaminlanish jarayonlaridan oldin ketadi va ustunlik qiladi. MAO - yo`lini katalizlaydigan monoaminooksidaza fermenti hujayra mitoxondriyalarining ichki membranalariga joylashgan. MAO keng substratli spetsifiklikka ega bo`lib, FAD ishtirokida nafaqat katexolaminlarni, yana tiramin, serotonin, gistamin va boshqa monoaminlarni ham oksidlanishli dezaminlanishini ta`minlaydi. Katexolaminlar o`zgarishining MAO yo`li gormon biologik faolligini qisman kamayishiga olib keladi. KOMT - yo`lini katexoloksimetiltransferaza fermenti katalizlaydi
Katexolaminlar o`zgarishining MAO yo`li gormon biologik faolligini qisman kamayishiga olib keladi. KOMT - yo`lini katexoloksimetiltransferaza fermenti katalizlaydi. Ferment Mg2+ ionlari ishtirokida S - adenozil - metionindan metil radikalini katexolaminni fenol guruhlaridan biriga o`tkazadi. KOMT - sitozol fermenti, skelet mushaklaridan boshqa barcha to`qima hujayralarida topilgan.
Adrenalin va noadrenalinlarni metillanish mahsulotlari katabolitlar umumiy miqdorining 25-45 % ni dezaminlanishning umumiy mahsulotlarini 30 - 75 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |