Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

Elongatsiya.
Polipeptid sintezi har doim N-uchidan boshlanadi va C-uchi 
bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bir aminokislotaga o`sishi uch qadamda 
amalga oshadi: 
1) aminoatsil-tRNK ning bog`lanishi; 
2) transpeptidatsiya (peptid bog`ining hosil bo`lishi); 
3) translokatsiya (mRNK ning bitta tripletga siljishi) 
Birinchi qadam. Ribosomaning chap tomonida tRNK joylashgan bo`lib, u 
antikodoni bilan mRNK ning kodoniga, aktseptor qismi esa o`suvchi peptidga 
bog`langan bo`ladi. Peptidil-tRNK ga kiruvchi bu peptid katta subbirlikda 
joylahsgan P-qism bilan bog`lanadi. Birinchi qadamda mRNK ning ikkinchi 
kodoni erkin holatda bo`ladi. U bilan ribosomaga kirgan aminoatsil-tRNK o`zining 
antikodoni bilan juftlashadi. Bu tRNK ning aminoatsilli uchi ribosomaning katta 


98 
subbirlikdagi A-qismi bilan bog`lanadi. Shu bilan birinchi davr, ya’ni bog`lash 
jarayoni tugaydi. Bog`lash uchun GTF ning fosfat bog`larini energiyasi sarflanadi. 
Ikkinchi qadam – transpeptidatsiya chap tRNK dan peptidilning aminoatsil-
tRNK ning aminoguruhiga o`tkazilishi. Buning natijasida peptid bog`i hosil 
bo`ladi. Bu bosqichda tRNK lar ribosomaning A va P qismlarida joylashgan 
aminokislotalar orasida yangi peptid bog`i tuziladi. Bu jarayon initsirlovchi N-
formilmetionin qoldig`ini tashib yurgan tRNK dan peptidiltransferaza yordamida 
endigina A qismda joylashgan yangi aminokislotaning aminoguruhiga ko`chirilishi 
tufayli o`tadi va natijada dipeptidil tRNK hosil bo`ladi. P qism esa bo`sh, 
yuklanmagan mRNK formilmetionin qoladi. Endi ribosomaning A qismi bilan 
yangi aminoatsil-tRNK birikadi va sikl takrorlanaveradi.
Elongatsiya siklining 3-qadamida ribosoma RNK bo`ylab 3¹-uchiga qarab bir 
qadam masofaga siljiydi. Bunda dipeptidil tRNK ham A qismdan P qismga 
ko`chib, ozod bo`lgan tRNK sitozolga o`tadi. Bu qadam translokatsiya deyiladi. Bu 
bosqich uchun yana bir elongatsiya faktori EF-G kerak bo`ladi. 
Endi ribosoma unga birikkan dipeptidil tRNK va mRNK bilan navbatdagi 
siklga tayyor; uchinchi aminokislota qoldig`i ham xuddi ikkinchi aminokislota 
qoldig`i kabi birikadi. Shunday qilib, har bir aminokislotani o`sayotgan polipeptid 
zanjiriga qo`shilishi uchun ikki molekula GTF sarf bo`ladi. Elongatsiya mRNK 
to`liq o`qib bo`linguncha davom etadi.


99 
Terminatsiya. 
Translyatsiyaning oxirgi davri terminatsiya deb ataladi. Oqsil 
sintezi polinukleotid zanjirida maxsus terminirlovchi kodonlar UAA, UAG, UGA 
tripletlaridan biri tog`ri kelganda uziladi. Bu tripletlar ma’nosiz tripletlar deb 
ataladi, chunki ular hech bir aminokislotani kodlamaydilar; ularga amber(qahrabo), 
achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan. 
Polipeptid zanjirining C-uchiga oxirgi aminokislota birikkanidan keyin ham 
sintez qilingan oqsil ribosoma bilan bog`langan holda qoladi. Ribosoma 
terminirlovchi kodonga yetishishi bilan uchta terminirlovchi oqsil faktorlar R
1
, R
2
va S (rilizing faktorlar) ishga tushadi. Ular polipeptidni oxirgi mRNK dan 
gidrolitik yo`l bilan va P qismdan oxirgi, endi “bo`sh qolgan” tRNK ni ajratadilar 
hamda 70 S ribosomani 30 S va 50 S subbirliklarga parchalab, yangi polipeptid 
sinteziga tayyorlaydilar. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish