Jo`rayeva A



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

Immunoglobulinlar. 
Immunoglobulinlar 
yoki 
qarshi 
tanachalar 
glikoproteinlar sinfiga kirib, himoya vazifasini bajaradi, organizmga tushayotgan 
yot moddalar – turli kimyoviy tabiatga ega bo`lgan antigenlarni zararsizlantiradi. 
Ular limfotsitlardan hosil bo`lgan plazmatik hujayralarda sintezlanadi. 
5.2. Oqsil-yog` komplekslari. 
Lipoproteidlar va proteolipidlar oqsillarning 
yog`simon moddalar bilan hosil qilgan komplekslaridir. Yog` oqsil komplekslari 
erkin lipoproteidlar (sut, qon lipoproteidlari) va memrana tarkibida bo`ladigan 
struktura proteolipidlariga bo`linadi. Lipoproteidlar suvda eriydi. Ularning 
strukturasi o`ziga xos bo`lib, yog`simon komponent molekulaning ichida, sirti esa 
oqsil qavat bilan qoplangan. Proteolipidlarda esa aksincha, oqsil komponenti 
ichkarida bo`lib, sirti yog` modda bilan o`ralgan. Shuning uchun ular yog` 
erituvchilarda eriydi. 
Lipidlarning oqsillar bilan hosil qilgan komplekslari zarrachalarining 
kattaligi, eruvchanligi va boshqa fizik-kimyoviy xossalari bilan farqlanadilar. 
Elektroforezda bu komplekslar asosan, plazma oqsillari, alfa- va beta-fraktsiyalari 
bilan birga siljiydi. Shuning uchun ham ular alfa- va beta- lipoproteidlar deb 
ataladi. Yog`lar hazm qilinib, ingichka ichakdan so`rilgandan so`ng qonda paydo 
bo`ladigan xilomikronlar (diametri 1 mikronga yaqin tomchilar yoki zarrachalar) 
ham lipoproteid kompleksidan iborat. 


38 
Lipoproteidlar kompleksida qutblanmagan triasilglitserin va xolesterin 
efirlari polipeptid zanjirlarining suvda eriydigan gidrofil qismlari va 
fosfolipidlarning qutblangan “bosh”laridan tashkil topgan parda bilan o`ralib, ular 
zarracha ichiga berkitilgan holatda bo`ladi. Shuning uchun lipidlarga boy bu 
tuzilma suvda erish qobiliyatiga ega va yog` moddalarini ingichka ichakdan yog` 
depolariga va boshqa to`qimalarga qon orqali tashish uchun qulaydir. 
Qon plazmasi lipoproteidlari xilomikronlardan tashqari uch asosiy guruhga 
bo`linadi: zichligi juda past lipoproteidlar (ZJPLP) – pre-beta-lipoproteidlar, 
zichligi past lipoproteidlar (ZPLP) – beta-lipoproteidlar va zichligi yuqori 
lipoproteidlar (ZYLP) – alfa-lipoproteidlar. 
Xilomikronlar, pre-beta-lipoproteidlar va beta-lipoproteidlarda oqsilning 
miqdori 30% dan kam, alfa-lipoproteidlarda esa 50% oqsil bo`ladi. Alfa-
lipoproteidlarda o`ramli, beta-lipoproteidlarda esa qatlamli konfiguratsiyaga ega 
oqsillar 
bo`lishi 
taxmin 
etiladi. 
Lipoproteidlarning 
tasnifi 
lipoproteid 
kompleksining zichligiiga asoslangan. Zichlik birligi esa o`z navbatida oqsil va 
turli lipidlarning nisbatiga bog`liq. Lipidlarning miqdori qancha ko`p bo`lsa, 
lipoproteidlarning tig`izligi shuncha past va ular qon plazmasini katta tezlikda 
sentrifugalash davomida shuncha tezlik bilan yuqoriga suzib chiqadilar.
Keyingi vaqtlarda tibbiyotda qon plazmasi tarkibida lipoproteidlar 
fraktsiyalarining miqdorini aniqlashga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki, juda 
ko`p dalillar asosida ateroskleroz nomli og`ir va keng tarqalgan yurak-tomir 
kasalligini paydo bo`lishi qonda ZPLP miqdorining kamayishiga bog`liq degan 
fikr tasdiqlanmoqda. Plazma lipidlari tarkibidagi o`zgarish xolesterin va uning 
efirlarini qon tomirlarining ichki yuzasida o`tirib qolishiga sabab bo`ladi. 
Struktura lipoproteidlari biologik membranalar tarkibiga kiradi. Ularning 
fizik-kimyoviy xossalariga ko`ra proteolipidlar deb ataladi, chunki ular qutbsiz 
erituvchilar (xloroform-metanol 1:1 aralashmasi) da eriydi. Proteolipidlarning 
bunday xossaga ega bo`lishining sababi ular molekulasining ichki qismini oqsil, 
qobig`ini esa lipid komponenti tashkil etadi. Ular tarkibidagi oqsillar 65-85% dan 
iborat. Proteolipidlar yurak, buyrak, o`pka, skelet muskullarida, o`simlik 
hujayralarida, ko`proq nervlarning miyelinli qobiqlarida aniqlangan. Turli 
organlardagi proteolipidlar tarkibi turlicha. Ular nerv tolalarining fiziologik 
vazifalarini ta’minlashda va moddalarni o`tkazilishida ishtirok etadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish