36
5 - ma’ruza mavzusi: Murakkab oqsillar.
Reja:
5.1. Glikoproteidlar va ularning biologik ahamiyati.
5.2. Yog`-oqsil komplekslari va fosfoproteidlar.
5.3. Kofaktorproteidlar.
5.4. Metalloproteidlar.
5.1. Glikoproteidlar va ularning biologik ahamiyati.
Murakkab
oqsillar
oqsil bo`lmagan bo`laklarining tabiatiga qarab bir nechta guruhlarga bo`linadi.
Uglevod-oqsil komplekslari.
Bunday makromolekulalar ikki turga
bo`linadi: glikoproteidlar va proteoglikanlar yoki polisaxarid-oqsil komplekslari.
Glikoproteidlarning uglevod qismi kichikroq, muntazam tuzilishga ega bo`lmagan
geteropolisaxaridlardan tuzilgan. Makromolekulaning 80-90% ini oqsil tashkil
etadi.
Glikoproteidlar uchun uglevod-peptid bog`i xos bo`ladi. Bunday bog`larning
quyidagi turlari mavjud: glikozilamid – monosaxarid asparaginning amid guruhi
bilan bog`langan bo`ladi, masalan immunoglobulin, glikoproteidli
fermentlar va
gormonlarda; O-glikozid – monosaxarid serin yoki treoninning OH-guruhi bilan
bog`langan bo`ladi, masalan so`lak tarkibidagi mutsinda, qon guruhi moddalarida,
ba’zan kollagen oqsillarda gidroksilizin yoki gidroksiprolinning OH-guruhi bilan
bog` hosil qiladi.
Uglevod komponenti kam qismni tashkil etsa ham glikoproteidning oqsil
molekulasiga sifat jihatidan yangi xususiyatlarni beradi. Jumladan glikoproteidlar
uchun proteinlardan farqli ravishda issiqqa chidamlilik kuchli (termostabil). Ular
yuqori va past haroratga fizik-kimyoviy xossalarini o`zgartirmagan holda bardosh
bera oladi. Bu esa agar biror oqsil haroratli denaturatsiyaga chidamli bo`lsa, demak
u glikoproteid deb hisoblashga asos bo`la oladi.
Glikoproteidlar boshqa
oqsillardan farqli ravishda tripsin, pepsin singari proteolitik fermentlar ishtirokida
qiyin hazm bo`ladi.
Glikoproteidlarning uglevod qismi oqsilga yuqori darajadagi spetsifiklik
beradi. Hujayra yuzasidagi makromolekulalar bunga misol bo`la oladi.
Glikoproteidlar tirik organizmlarning hamma vakillarida keng tarqalgan.
Hayvon, o`simlik organizmlarida, mikroorganizmlarda xilma-xil vazifalarni
bajaradilar: hujayralararo aloqalarda yuksak molekulalar uchun retseptorlik,
gidrofob moddalar va metall ionlari (transkortin, serruloplazmin, gaptoglobin,
transferrin)ni
tashish,
ivish
(protrombin,
fibrinogen)
va
immunitet
(immunoglobulinlar). Glikoproteidlarga
bir qator xolinesteraza, ribonukleaza B
kabi fermentlar va gonadotropin, kortikotropin gormonlari kiradi.
Glikoproteidlar haroratga chidamli bo`ladi. Masalan qaynoq buloqlarda
yashaydigan mikroorganizmlarning hujayra membranasi tarkibida glikoproteidlar
bo`ladi. Tashqi kimyoviy va termik ta’sirlarga chidamli sporali bakteriyalarning
kapsulalari glikopeptid va glikolipoproteidlarga ega.
Antarktida baliqlarida
glikoproteidlar antifriz vazifasini bajarib, organizmining ichki muhitida muz
kristallari hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.
37
Shuningdek, jigarda sintezlanadigan, qonning ivishiga zid bo`lgan modda –
geparin, ko`p bakteriyalarning antigenlari glikoproteidlardir.
Glikoproteidlarning alohida bir guruhini glyukozaminoglikanlar yoki
kislotali mukopolisaxaridlar tashkil etadi. Ular chin glikoproteidlardan asosan o`z
tarkibida ko`p martalab takrorlanadigan, ko`pincha o`ziga xos disaxarid birliklarini
tutishi bilan farqlanadilar. Glyukozaminoglyukanlar oqsil molekulasi bilan
bog`lanib, proteoglikanlarni tashkil qilganlarida
molekulaning asosiy qismi
polisaxaridlarga to`g`ri keladi. Ular birinchi marta so`lak tarkibidagi yopishqoq
proteoglikan – mutsindan olingani uchun nordon mukopolisaxaridlar deb ham
ataladi. Proteoglikanlarning aksariyati to`qima hujayralari orasidagi bo`shliqni
to`latib turadigan dirildoq (gel) shaklidagi asosiy moddada bo`ladi. Bundan
tashqari ular tog`ay, pay, ko`zning muguz pardasi, teri, bo`g`inlarni
namlab
turadigan suyuqlik tarkibida bo`ladi.
Proteoglikanlar qatoriga gialuronat kislota, geparin, xondroitinsulfat kislota
va boshqalar kiradi.
So`lakda va turli xil shilimshiq bezlarning sekretlari tarkibida uchraydigan
mutsin bu suyuqliklarga yuqori darajada yopishqoqlik xususiyatini beradi,
ovqatning oshqozonga sirg`anib
tushishini engillashtiradi, og`izning sxilimshiq
pardasini zararli mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sirlardan saqlab turadi.
Interferonlar.
Ko`pchilik turdagi viruslar ko`payishining ingibitorlaridir.
Kashf etilgan bir necha tur interferonlar (α, β, γ) mavjud. Ularning ba’zilari gen
injeneriyasi usulida olingan. Interferonlar hujayrada virus nuklein kislotasining
kiritilishiga javoban hosil bo`lib, virus agressiyasi (infektsiyasi) ni chegaralaydi.
Ular nafaqat virus infektsiyasi uchun, balki saratonga chalinganda ham asosiy
himoya oqsili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: