Jo`rayeva A


 – ma’ruza mavzusi: Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

12 – ma’ruza mavzusi: Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida 
tushuncha. Gormonlarning ta’sir qilish mexanizmlari. 
 
Reja: 
12.1. 
Moddalar 
almashinuvi 
va 
funktsiyalarining 
gormonlar 
ishtirokida idora etilishi. 
12.2. Gormonlarning tasnifi. 
12.3. Gormonlar signalini o’tkazilishining molekulyar mexanizmlari. 
12.4. Gormonlarning olinishi va amaliyotda qo’llanilishi. 
12.1. Moddalar almashinuvi va funktsiyalarining gormonlar ishtirokida 
idora etilishi.
Idora etish mexanizmlarining ta’siri natijasida hujayralarda barcha 
kimyoviy reaktsiyalar va fizik-kimyoviy jarayonlar tezliklarining bir-biriga 
moslashishiga erishiladi hamda barcha organlar funksiyalarining uyg’unlashuvi
va organizmning ta’siri muhim o’zgarishlariga mos reaktsiya ko’rsatilishi 
ta’minlanadi.
Idora etish sistemasining ta’siri tufayli organizm optimal rejimda ishlaydi va 
tashqi taassurotlar hamda ichki o’zgarishlarga javob bera oladi. Organizm ichki 
muhitining o’zgarmay, birdek bo’lib turishiga gomeostaz deb ataladi. 
Organizmning quyidagi holatlarida ba’zi ko’rsatgichlar o’zgarishi mumkin:
1. Ontogenez. Ontogenez davrida turli genlarning faolligi turlicha bo’lib, 
ba’zilarining ta’siri to’xtab qoladi, ba’zilari esa ma’lum davrlarga faol bo’ladi. 
Buning natijasida metabolik jarayonlar, a’zolar tuzilishi, funksional holati 
o’zgaradi. 
2. Siklik o’zgarishlar (bioritmlar). Fermentlar faolligi, gormonlar va ba’zi 
metabolitlar miqdorining siklik o’zgarib turishi ma’lum. Bu o`zgarishlar sutkaning 
vaqtiga bog’liq bo’lishi mumkin. 
3. Fiziologik aktivlikning o’zgarishlari, ularning harakat aktivligi, nerv sistemasi, 
sezgi a’zolari, hazm qilish sistemasining funksional holatiga bog’liqdir.
4. Organizmda tashqi omillar tufayli yuzaga keladigan adaptiv o’zgarishlar: 
sovuqda issiqlik hosil qilishning kuchayishi, havoda kislorod miqdori kam 
bo’lganda gemoglobin kontsentrasiyasining ortishi bunga misol bo’la oladi. 
5. Tashqi muhitning shikastlovchi omillariga javoban yuzaga keladigan reaktsiyasi. 
Antigenlarga qarshi antitelolar sintezi, yot moddalarning ta’sirida mikrosomal 
gidroksilazalar sintezining ortishi, qon tomirlari shikastlanganda tromblar hosil 
bo’lishi, yallig’lanish reaktsiyasi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. 
Organizmdagi gomeostazning saqlanishida moddalar almashinuvining 
boshqarilishi alohida o’rin tutadi va uning quyidagi darajalari tafovut etiladi.
Birinchi darajasi. Idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlarini o’z 
ichiga oladi. Bunda fermentlar faolligi alohida o’rinni egallaydi va unga quyidagi 3 
usul bilan ta’sir etish mumkin.
a) fermentlarni ingibirlash yoki faollashtirish, muhit va harorat, kofaktor va
kofermentlar, oraliq metabolitlar miqdorini o’zgartirish orqali ta’sir etish mumkin; 
b) fermentlar va ba’zi oqsillar sintezini induksiya yoki repressiya qilish, ular 
parchalanish tezligini o’zgartirish yo’li bilan ular miqdorini o’zgartirish mumkin; 
v) membrana orqali moddalarning o’tishiga ta’sir etish orqali; 


231 
Endokrin sistema idora etishning ikkinchi darajasidir. Ma’lum bir ta’sirotga 
javoban ichki sekretsiya bezlaridan gormonlar ajralib chiqadi va ular nishon 
hujayralarda ichki mexanizmlar orqali u yerdagi modda almashinuvini tegishli 
ravishda o’zgartiradi. O`z vazifasini bajarib bo’lgan gormon maxsus fermentlar 
ta’sirida parchalanadi. 
Idora etishning uchinchi darajasi nerv sistemasi bilan ham tashqi, ham ichki 
muhitdan keluvchi axborotlarni qabul qilib oladigan retseptorlardir. Mediatorlar 
idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlari orqali moddalar almashinuvining 
o’zgarishiga olib keladi. Nerv impulsiga javoban gormonni sintezlash va ajratib 
chiqarish bilan javob beruvchi endokrin hujayralar ham effektor hujayralar 
bo’lishi mumkin. 
Idora etishning keltirilgan uchta darajasi o’zaro bog’langan bo’lib, yagona 
bir sistema tarzida ishlaydi. 
Endokrin sistemaga hujayralari organizmning ichki muhiti, ya’ni qon yoki 
limfaga gormonlar nomini olgan kimyoviy regulyatorlarni ajratuvchi maxsus 
bezlar kiradi. “Gormon” atamasi (grek hormanio- qo`zg’ataman, harakatga 
keltiraman) Beyliss va Starling tomonidan taklif etilgan. 
Gormonlar uchun quyidagi biologik belgilar xos bo’ladi:
1) distant boshqaruv, ya’ni ular effektor hujayralar almashinuvi va 
funksiyasini masofadan turib boshqaradi; 
2) biologik ta’sirning qat’iy o’ziga xosligi (spetsifikligi), ya’ni bir gormon 
butunlay boshqa gormon o’rnini to’ldira olmaydi;
3) yuqori biologik faolligi – juda kam miqdorda, ya’ni bir necha o’n 
mikrogrami organizm hayotiyligini ta’minlaydi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish