Jo`rayeva A


 - ma’ruza mavzusi: Fermentlarning struktura-funktsional tuzilishi va



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

6 - ma’ruza mavzusi: Fermentlarning struktura-funktsional tuzilishi va 
ta’sir etish mexanizmi. 
Reja: 
6.1. Fermentlar, ularning xossalari. 
6.2. Oddiy va murakkab fermentlar. Fermentlarning faol va allosterik
markazlari. 
6.3. Fermentlarning kofaktorlari. 
6.4. Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi va uning molekulyar 
asoslari. 
6.5. Fermentlar ta’sirining o`ziga xosligi.
 
6.1. Fermentlar, ularning xossalari.
Fermentlar oqsil tabiatli biologik 
katalizatorlardir. “Ferment” atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr boshlarida 
gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan bo`lib, u spirtli bijg`ish 
uchun qo`llanilgan edi. Dastlabki davrda ferment so`zi faqat achish jarayoni bilan 
bog`liq holda qabul qilinib, achitqilarning o`zi achish fermenti deb qaralgan hamda 
ularning ta’siri tirik organizm bilan bog`liq, degan xulosaga kelingan. Hujayradan 
tashqarida ta’sir etadigan biokatalizator, ya’ni tashkil topmagan fermentlar 1878 
yilda Kyune tomonidan fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzym – “achitqi ichida” 
degan ma’noni bildiradi) nomi bilan yuritila boshlandi. 1897 yili Byuxner 
tomonidan hujayradan glyukozani tirik achitqilar singari etil spirt va karbonat 
angidridga parchalaydigan erkin achitqi ekstrakti olindi hamda ferment va enzim 
nomlari orasidagi farq yo`qoldi. Hozirgi vaqtda ferment va enzim so`zlari to`la 
sinonim bo`lib, bir ma’noda qo`llaniladi hamda adabiyotlarda har ikkala atamadan 
deyarli teng foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda fermentologiya (enzimologiya) – bioximiyaning muhim 
sohasi bo`lib, uning yutuqlaridan amaliy tibbiyot, farmasiya, oziq-ovqat sanoati va 
xalq xo`jaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi. 
Ma’lumki, kimyoviy reaktsiyaning borishi boshlang`ich va oxirgi 
mahsulotlarning erkin energiyalari orasidagi farq bilan belgilanadi. Agar 
boshlang`ich moddada mahsulotga nisbatan erkin energiya yuqori bo`lsa, ya’ni
∆ G manfiy, bunda reaktsiya o`zi borishi mumkin (ekzergonik reaktsiya). Erkin 
energiyaning aksincha bo`lgan qiymatlarida reaktsiya endergonik reaktsiya bo`lib, 
reaktsiya borishi uchun energetik imkoniyat bo`lmaydi, u boshqa bir ekzergonik 
reaktsiya bilan bog`langan holda o`tadi va bunda reaktsiyaning umumiy energetik 
balansi musbat bo`ladi. Lekin ekzergonik reaktsiya borishining energetik 
imkoniyati bu reaktsiyaning tezligi haqida hech qanday ma’no bermaydi. Masalan, 
benzinning kislorod ishtirokida yonishi keskin ekzergonik reaktsiya hisoblanadi, 
ammo benzin uglevodorodlarining odatdagi haroratda kislorod ishtirokida 
oksidlanishi deyarli sezilmaydi. 
Fermentlar faollanish energiyasini pasaytirish bilan ximiyaviy reaktsiyalarni 
tezlatadilar. Kataliz haqidagi tushunchalarga binoan, molekulalar reaktsiyaga 
kirishish oldidan “faollashgan holat” deb ataluvchi konfigurasiya davrini o`tishi 
lozim. Bunday holatda molekulalar normal sharoitdagiga nisbatan ortiqroq 
energiyaga ega bo`ladi. Bu energiya faollanish energiyasi deb atalib, ximiyaviy 


45 
reaktsiya sur’atini aniqlovchi asosiy omildir. Reaktsiyaning faollanish energiyasi 
qancha yuksak bo`lsa, uning sur’ati ham shuncha sekin va aksincha, faollanish 
energiyasi qanchalik kam bo`lsa, reaktsiya ham shu qadar tez boradi. Faollanish 
energiyasi molekulalarning yaqinlashishi va reaktsiyaga kirisuviga to`sqinlik qilib 
turadigan kuchlar (energetik to`siq) ni engish uchun zarur. Demak, reaktsiyaga shu 
reaktsiyaning energetik to`sig`idan ortiqroq energiyaga ega bo`lgan molekulalar 
kirishadi. Faollangan molekulalalrning soni qancha ko`p bo`lsa, reaktsiya sur’ati 
ham shuncha tez bo`ladi. Molekulalarni faollantirish uchun energiya (issiqlik, 
yorug`lik) sarf etish kerak, masalan, benzinni yoqish. Katalizatorlarning vazifasi 
faollanish energiyasini pasaytirishdan iborat. Katalizator bunday reaktsiyani 
faollanish energiyasi past bo`lgan boshqa aylanma yo`nalish bilan bajaradi. 
Ferment ta’siri mexanizmining hozirgi zamon tushunchasiga muvofiq, katalitik 
reaktsiyada enzim (E) avvalo u ta’sir etadigan, fermentativ kinetikada substrat 
nomi bilan yuritiladigan modda – S bilan qaytalama parchalanadigan ferment 
substrat kompleksini hosil qiladi. So`ngra bu kompleks reaktsiya mahsulotlariga 
(M) parchalanib, ferment erkin holda ajralib chiqadi: 
E + S ↔ E + M 
Shuni ta’kidlab o`tish zarurki, bunday faollanish energiyasi qanday miqdorda 
kamaysa, reaktsiya ham shu darajada tezlashadi, deb xulosa chiqarish kerak emas. 
Faollanish reaktsiyasining bir qadar kamayishi reaktsiya sur’atini ancha oshirib 
yuborishi mumkin. Har bir ferment har bir katalizator singari reaktsiya tezlatishda 
ma’lum bir chegaraga ega. 
Demak, ferment boshlang`ich modda va reaktsiya mahsulotining erkin 
energiyasini o`zgartirishga ta’sir etmaydi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish