Jo`rayeva A


Fermentlarning ferment bo`lmagan katalizatorlarga o`xshashlik va



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

Fermentlarning ferment bo`lmagan katalizatorlarga o`xshashlik va 
farqlari. 
Fermentlar va ferment bo`lmagan katalizatorlar katalizning umumiy 
qonuniyatlariga bo`ysungan holda quyidagi o`xshashliklarga ega: 
1.
Fermentlar faqat energetik imkoniyati bor reaktsiyalarni katalizlaydi. 
2.
Ular hech qachon reaktsiya yo`nalishini o`zgartirmaydi. 
3.
Fermentlar qaytar reaktsiya muvozanat holatini o`zgartirmasdan reaktsiyani 
tezlatadi. 
4.
Ular reaktsiya jarayonida sarf bo`lmaydilar. Shu sababli hujayradagi ferment 
biror bir ta’sirga uchramaguncha ishlayveradi. 
Ammo ferment biologik bo`lmagan katalizatordan ba’zi jihatlari bilan farq 
qiladi. Bunday farqlar fermentlarning murakkab oqsil molekulasi ekanligi va 
tuzilishining o`ziga xosligiga bog`liq. 
1. Biologik bo`lmagan katalizatorlarga nisbatan fermentativ kataliz tezligi 
ancha yuqori. Bundan kelib chiqadiki, fermentlar oddiy katalizatorlarga nisbatan 
reaktsiyaning faollanish energiyasini yuqori darajada kamaytiradi. Masalan, 
vodorod peroksidning parchalanish reaktsiyasida faollanish energiyasi 75,3 kJ/mol 
bo`lib, uning ixtiyoriy parchalanishi juda sekin borishi natijasida pufakcha holatida 
ajralib chiqayotgan kislorod umuman sezilmaydi. Reaktsiyaga anorganik 
katalizator – temir yoki platina qo`shilsa, faollanish energiyasi 54,1 kJ/mol ga 
kamayadi, reaktsiya 1000 marta tezlashadi va pufakcha holida ajralib chiqayotgan 
kislorod ko`rinadi. Vodorod peroksidni parchalovchi katalaza fermenti esa 


46 
faollanish energiyasini 4 marta pasaytirgan holda peroksidning parchalanish 
reaktsiyasini milliard marta tezlashtiradi. Reaktsiya yuqori darajada jadallik bilan 
borishi natijasida ajralib chiqayotgan kislorod pufakchalari “qaynayotgan”ga
o`xshaydi. 
Fermentning bitta molekulasi odatdagi harorat (37°C) da bir daqiqada 
moddaning mingdan milliongacha molekulalarini katalizlashi mumkin. Bunday 
tezlikdagi kataliz anorganik katalizatorlar uchun imkoniyatsiz hisoblanadi. 
2. Fermentlar yuqori darajadagi spesifiklikka ega, ya’ni ularning katalitik 
ta’siri ma’lum turdagi ximiyaviy reaktsiya bilan chegaralanadi. Masalan, platina 
turli xil reaktsiyalarda katalizator sifatida ishlatiladi, ayrim fermentlar esa 
moddaning faqat bir stereoizomeriga ta’sir qiladi. Fermentlarning yuqori 
darajadagi spesifikligi moddalar almashinuvini qat’iy oqim bo`yicha yo`naltirishga 
imkon beradi. 
3. Fermentlar ximiyaviy reaktsiyalarni “yumshoq” sharoitda, ya’ni odatdagi 
bosim, yuqori bo`lmagan harorat (37°C atrofida) va muhit pH i neytralga yaqin 
bo`lgan sharoitda katalizlaydi. Ular bu xossalari bilan katta bosim, muhitning pH i 
va harorat yuqori bo`lgan sharoitlarda ta’sir qiladigan katalizatorlardan farq qiladi. 
Fermentlar oqsil tabiatli bo`lganligi sababli harorat va muhit pH ining o`zgarishiga 
nisbatan juda sezgir. 
4. Fermentlarning faolligi boshqarilish xususiyatiga ega bo`lib, bunday 
xususiyat biologik bo`lmagan katalizatorlar uchun xos emas. Fermentlarning 
bunday noyob xususiyati organizmdagi moddalar almashinuvi tezligini muhit 
sharoitiga qarab o`zgartirish, ya’ni turli xil omillar ta’siriga moslashishga imkon 
beradi. 
5. Fermentativ reaktsiya tezligi ferment miqdoriga to`g`ri proporsional, 
anorganik katalizatorlarda esa bunday qat’iy bog`liqlik yo`q. Shu sababli tirik 
organizmda ferment miqdorining kamayishi moddalar almashinuvi tezligining 
pasayishini bildiradi va aksincha, qo`shimcha miqdor ferment hosil qilish 
organizm hujayralarining moslashish usullaridan biri hisoblanadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish