Joʻraxon Sultonov



Download 358,98 Kb.
Sana17.07.2021
Hajmi358,98 Kb.
#121957
Bog'liq
Yetuk o


Yetuk o‘zbek xonandasi, sozanda va xalq hofizi, o‘zining yoqimli qo‘shiqlari bilan tinglovchilarni maftun etib, o‘zining mustahkam o‘rnini topgan, el nazariga tushgan usta hofizdir. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi.

Yetuk o‘zbek xonandasi, sozanda va xalq hofizi Jo‘raxon Sultonov 1903 yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan.

1920 yilda M.Qoriyoqubov birinchi etnografik ansambl tuzib, unga Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, To‘xtasin Jalilov, Ahmad Umrzoqov, Abduqodir Ismoilovlarni taklif etarkan, Jo‘raxon Sultonov ham shu ansambl bilan Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Astraxan va Boku shaharlarida ijodiy safarda bo‘lib, o‘zining yoqimli qo‘shiqlari bilan tinglovchilarni maftun etdi.



Bu ijodiy safardan muvaffaqiyat qozonib qaytgan hofiz 1928 yildan musiqali drama, 1932 yildan O‘zbek Davlat musiqali teatrida, 1936-1939 yillarda O‘zbek Davlat filarmoniyasida, 1940 yildan-1950 yillargacha Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida, 1950-1958 yillarda O‘zbek Davlat estradasida faoliyat ko‘rsatgan.

Joʻraxon Sultonov (1903.29.1 Margʻilon — 1965.19.10) — xonanda, bastakor, Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi. Xonandalik saboklarini ilk bor otasidan olgan, keyinchalik Madali xrfizdan yalla yoʻllarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorovlardan katta ashula, Sodirxon hofiz, Mulla Toʻychi hofizlardan maqom yoʻllarini oʻzlashtirgan. Dastlab xalq toʻysayillari, choyxonalarda xizmat qilgan. 1926 yildan M. Qoriyoqubov rahbarligidagi Oʻzbek davlat konsertetnofafik truppasiga katnashgan. Margʻilon (1928—32) va Toshkent (1932—36 va 1940—58) teatrlarida, Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1936—39), Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1950—58)da yakkaxon xonanda. Mukimiy teatrida Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Norqoʻzi ("Nurxon") kabi rollarni ham ijro etgan.

S xalq orasida "katta ashula piri" nomini olgan, shuningdek, yallalar ustasi, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi M. Uzoqov bilan 25 yildan optik, hamnafaslik qilib, oʻziga xos talqin yoʻlini yaratgan. Repertuaridan "Ushshoq" va "Sodirxon Ushshogʻi", "Dugoh Husayn", "Besh parda Suvora" va "Savti Suvora", "Hanuz", "Chor zarb", "Chaman yalla" kabi mumtoz ashula va yallalar, "Bogʻ aro", "Shafoat", "Xayrul bashar", "Otga mindim" va boshqa katta ashulalar urin olgan. U oʻzbek xalq kuy va usullari asosida bir qancha ashulalar ijod qilgan. "Naylayin", "Oʻlmasun" (Navoiy), "Keling , ey ahboblar" (Furqat), "Bir qadah" (Chustiy), "Mubtaloman" (S.Abdulla), "Ming qadam" (Habibiy), "Bir kelsin", "Ey dilbari jononim", "Ohkim" kabi katta ashulalarni cholgʻu joʻrligida ijro etib yangi uslub yaratgan. S. ijrolari Oʻzbekiston radiosi va Sanʼatshunoslik instituti fonojamgarmalarida saqlanmoqda, bir necha grammplastinka, audiokasseta va kompakt disklarga yozilgan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2000). 1997 yildan Margʻilonda S. va M. Uzoqovlar nomidagi Respublika xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda.
Download 358,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish