Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida belgilab beriladi. Unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillari- ni chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizi- mini liberallashtirish, turli byurokratik to‘siqlarni ka- maytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish g‘oyalari ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabat- larini mustahkamlash va natijada, O‘zbekiston Respubli- kasining Konstitutsiyasida ko‘rsatilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekanligi, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi zarurligi, ayni paytda, xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi insonparvar jamiyatni vujudga keltirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Ikkinchi yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’min- lash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustu- vor yo‘nalishlariga doir chora-tadbirlar majmui ilgari suriladi. Bunda sud hokimiyatining chinakam samaradorli- gini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi- ni ta’minlash chora-tadbirlariga jiddiy e’tibor berila- di. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, qozirgi kun talablari asosida yangi tizimini vujudga kel- tirish masalalari ilgari surildi. Jumladan, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillash- tirish orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlari- ni to‘la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‘z vaqtida xal qilib beradigan sud tizimini vujudga kelti- rish talab etiladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, unga qarshi kurashishdan oldin, sodir etilmaslik choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samara- dorligini oshirish, xar tomonlama xukukbuzarliklarning oldini olish mexanizmini takomillashtirishni taqozo eta- di. Sud-huquqtizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish talab eti- ladi.
Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillash- tirish orqali sud-huquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya kiladigan, ularning kun- dalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday muammo- larini qonun doirasida hal qilib beradigan xizmatlar organiga aylantirish» mexanizmining yuqori saviyada ish- lashini ta’minlash g‘oyalari ilgari suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |