Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!



Download 327,12 Kb.
bet2/2
Sana29.12.2021
Hajmi327,12 Kb.
#82040
1   2
Bog'liq
mustaqillik darsi ustozlar uchun 2

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radio,telefon orqa berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Darsning turi:o‘quvchilar bilimini mustahkamlovchi.

Darsda foydalaniladigan usullar:guruhlarda ishlash, “Kim topqir”, “Bahs-munozara”, “Musobaqa”.

Darsda foydalaniladigan jihozlar:Mustaqillik

va Vatanni madh etuvchi slaydlar, rasmlar, bukletlar,

tarqat malar, proyektor.

Darsning shiori:“ Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!

Darsning borishi:I. Tashkiliy qism.

Dars O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini jo‘rlikda

kuylash bilan boshlanadi. So‘ng o‘quvchilar bilan salomlashilib, davomat aniqlanadi va bugungi dars musobaqa usulida olib borilishi e’lon qilinadi.

O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi: “Mustaqillik”,“Vatanparvar”, “Istiqlol”.

II. Olingan bilimlarni takrorlash.

Dastlab har bir guruh o‘z guruhi nomini izohlaydi.

Shundan keyin har bir guruhga “Sanalarni to‘g‘ri toping”deb nomlangan tarqatma tarqatiladi. Tarqatmada

uchta ustuncha bo‘lib, uchinchi ustundagi sanalarning

tartib raqamlarini birinchi ustundagi muhim voqealar

r o‘parasiga to‘g‘ri joylashtirish kerak bo‘ladi. Qaysi guruh sanalarni tez va to‘g‘ri joylashtirsa, rag‘bat kartochkasini qo‘lga kiritadi.

Guruhlar topshiriqni bajarib bo‘lgach, to‘g‘ri javoblar

aks etgan slayd namoyish etiladi. Faol guruh rag‘batlantiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

O‘qituvchi:

O‘zbekoyim, mehribon onam,

Beshiklaring farzandga to‘lsin.

Jannatlardan go‘zal ey o‘lkam,

Istiqloling muborak bo‘lsin!(M.Yusuf)

Aziz o‘quvchilar, xalqimiz eng ulug‘, eng aziz bayram

– Mustaqillik kunini doimo shod-u xurramlikda, yuksak

zafarlar bilan kutib olishga odatlangan. Zero, istiqlol o‘z

erkimizga ega bo‘lib, baxtli-saodatli yashash, ezgu orzularimiz ro‘yobini ko‘rish, tariximiz naqadar buyuk, bugunimiz charog‘on, ertamiz yanada nurafshon ekanini

his qilish imkonini berdi. Shuning uchun bu ayyomning

o‘rni, qadri bo‘lakcha. Bayram tantanalari har yili o‘z

shiori, g‘oyasiga ega bo‘lib kelmoqda. Bu yilgi bayram

tantanalari “Jonajon O’zbekistonim,mangu bo’l omon!

shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Istiqlol tufayli xalqimizning ma’naviy va maishiy hayotida yangilanish, yasharish davri boshlandi. Yoshlar

har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yurtimiz qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon standartlariga mos inshootlar qad rostlamoqda. Sport sohasiga ham alohida

e’tibor qaratilib, bu borada ko‘plab faxrli yutuqlar qo‘lga

kiritilmoqda. Bugun siz-u biz buyuk bobokalonlarimiz,

shonli tariximiz, yurtimiz bilan faxrlanibgina qolmay, balki Vatanimiz rivojiga o‘z ulushimizni qo‘shmog‘imiz joiz.

Demak, bugungi darsimiz ham ana shu haqda.

Ona Vatanimiz – O‘zbekiston, uning mustaqilligi, istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar haqida gapirganda,

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom

Karimov nomini alohida tilga olamiz. Mamlakatimizning

mustaqillikka erishishi, dunyo hamjamiyatidan munosib

o‘rin egallashi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi,

O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “o‘zbek modeli” degan nom

bilan dunyoda tan olingan taraqqiyot yo‘limiz, barcha

sohalardagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Islom Karimovning xizmatlari beqiyos. Bu buyuk

inson sho‘ro tuzumi to‘la hukmron bo‘lib turgan o‘ta og‘ir

paytda istiqlolga erishish borasida harakatlarini boshladi,

sobiq Ittifoq respublikalari rahbarlari orasida birinchilardan bo‘lib yurtimizda prezidentlik boshqaruvini joriy etdi.

Birinchi Prezidentimizning milliy qadriyatlari mizni

tiklash borasidagi xizmatlari ham beqiyos: ular ning

tashab busi bilan tilimiz, dinimiz, milliy g‘ururi miz, Navro‘z,

Ramazon va Qurbon hayitlari kabi milliy bayramlarimiz qayta tiklandi; ilgari nomi asarlari-yu tarixiy ishlari ham bizdan sir tutilgan ne-ne buyuk ajdodlarimiz merosi yana o‘zimizga qaytdi; muqaddas qadamjolar obod qilindi; ko‘hna shaharlarimizning tari xiy sanalari xalqaro miqyosda keng nishonlanib, u yerdagi me’moriy obidalar, osori atiqalar ta’mirlandi; yangi maktablar, akademik

litsey va kollejlar qurilib, ishga tushirildi.O‘zbek sportining dovrug‘i butun dunyoga yoyildi.Bugungi kunda barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar tufayli mamlakatimizning jahon miqyosidagi nufuzi ortib bormoqda. Kundan-kun shahar va qishloqlarimiz chiroyiga chiroy qo‘shilmoqda.

Bularning barchasi Birinchi Prezidentimizning uzoqni ko‘zlab amalga oshirgan islohotlari natijasi.Birinchi Prezidentimizning milliy davlatchiligimizni

tiklash, xalqimiz hayotining barcha sohalarini isloh etish yo‘lidagi xizmatlari benihoya ulkan bo‘lib, ularning barchasini nomma-nom sanab o‘tishning imkoni

yo‘q, albatta. Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning nomi mustaqil davlatchiligimiz, ona-Vatanimiz timsoliga aylanib ketgan.

2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovida 88,61 foiz ovoz bilan prezidentlikka saylangan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov boshlab

bergan istiqbolli yo‘lni davom ettirib, xalqimiz hayotida ahamiyatli bo‘lgan qonun va farmonlar chiqarib, el-u yurt dardi bilan yashab, Vatanimizning bundan-da

gullab-yashnashi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni qo‘llamoqda.

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Harakatlar strategiyasida:

– davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

– qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

– iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

– ijtimoiy sohani rivojlantirish;

– xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik,innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili ”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi

kabi muhim jihatlar aniq belgilab olindi.

Aziz o‘quvchilar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu ko‘hna zaminga kimlar qilich ko‘tarib kelmadi, kimlar bu yurt egalarini qul qilish, uning boyliklariga ega bo‘lish va tashib ketish, Turonzamin yerlarini toptash niyatida keldilar. Shu o‘rinda ayting-chi, yovuz dushmanlarga qarshi Vatan mustaqilligi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?

O‘quvchilarning javoblari tinglangach, ular e’tiboriga quyidagi slaydlar namoyish etiladi:




IV. Mustahkamlash.

Darsning ushbu bosqichida “Kim topqir?”usulidan foydalanib o‘quvchilar bilan tezkor savol-javob o‘tkaziladi:

– O‘zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?

–1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston mustaqilligi

e’lon qilindi va 1-sentabr – Mustaqillik kuni deb belgilandi.

–Bu yil mustaqilligimizning necha yilligini nishonlaymiz?

–28 yilligini.

– Davlatimiz rahbari kim?

–Shavkat Mirziyoyev.

–Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan?

–1992-yil 8-dekabr

–Mustaqillik bizga nima berdi?

–Davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash; demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik

jamiyatini shakllantirish; o‘z taraqqiyot yo‘lini aniqlash, bozor islohotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib borish; kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi; jamiyatning ma’naviy yangilanishi; xalqaro miqyosda mamlakat

obro‘-e’tiborining oshishi; jahon xo‘jalik aloqalari ning

rivojlanishi; siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash;

o‘zligimizni, o‘zimizning asl tariximizni, dinimizni, tilimizni, bayramlarimizni, urf-odatlarimizni qaytarib berdi.

–Milliy g‘urur nima?

–Har bir millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida sodir

bo‘ladigan ichki ruhiy kayfi yati. Milliy g‘urur har bir kishida o‘z millatining moddiy, ma’naviy merosini o‘zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va tarixini mukammal bilish hamda uni o‘zga millatlar an’analari bilan

qiyoslash natijasida shakllanadi.

Faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Dars yakunida o‘quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat etiladi:

– Xo‘sh, bugungi darsimizdan kim qanday taassurot oldi?

1-o‘quvchi: Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘zining unutilmas tarixi va qadriyatlari, bitmas-tuganmas tabiiy boyliklari, “oq oltin”i, pillasi, shirindan shakar mevalari-yu

tilyorar qovun-tarvuzlari bilan dunyoga mashhur. Men

bunday so‘lim diyorning farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Chunki bunday diyorda tug‘ilib, uning musaffo havosidan to‘yib nafas olish hammaga ham nasib

etavermaydi.

2-o‘quvchi: Shiroqning o‘z Vatanini yovlar zulmidan ozod etish uchun jon fi do etgani, To‘maris jasorati, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur

kabi ajdodlarimiz ibrati bizni vatanparvarlikka, jasurlikka chorlasa, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Mirzo Ulug‘bek singari buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi bizni komillikka, ma’rifatga undaydi.

3-o‘quvchi: Bu xalqning To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Mahmud Torobiy, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro singari chinakam mard farzandlari,

Munavvar qori, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ma’rifatparvar o‘g‘lonlari millat erki, ozodligi va mustaqilligi yo‘lida aziz jonini tikkanlar. Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz.

4-o‘quvchi: Ma’rifatparvar ziyolilar – Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Avloniy kabi qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urgan vatanparvar

bobolarimiz o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari bilan bizlarga o‘rnakdirlar.

Mana shu tuproqda yashab, o‘zining boy merosini qoldirgan ana shunday buyuk insonlarga avlod bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Kelajakda har tomonlama barkamol ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishga intilamiz.

5-o‘quvchi:Biz yoshlar ham ruhan, ham jismonan sog‘lom, bo‘lib ulg‘ayishimiz uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud. Bizning vazifamiz bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib kelajakda mustaqil O‘zbekistonning buyuk davlatlar safi dan o‘rin olishida o‘z bilim, iqtidor, matonatimiz bilan hissa qo‘sha oladigan komil insonlar bo‘lib yetishishdan iborat.

O‘qituvchi:

Bu zotlarning avlodlarin qul qilib bo‘lmas,

Bu zotlarning avlodlari bosh egmas, yovqur,

Bu zotlarning avlodlari bilmagay qo‘rquv,

Bu zotlarning avlodlari kurashar mangu!

1991-yilning 31-avgust kuni Birinchi Prezidentimiz

Islom Karimov millionlarning qalbidagi ezgu maqsad,

orzusi, ajdodlar intilishi bo‘lgan yurtimiz mustaqilligini e’lon qildi. Bu sana xalqimiz tarixida abadiy muhrlanib qolajak. Bu sanani kelgusi avlodlar ham biz kabi

faxr va iftixor bilan tilga oladi. Chunki unda ajdodlarimizning asrlar osha kurashib intilgan ezgu orzusi – erk

mujassam. Bu ulug‘ niyatning amalga oshishi uchun

xalqimiz qanchalar zahmat chekdi, qanchadan qancha

fi doyi farzandlaridan ajraldi. Shunday ekan, har biri miz

Vatan istiqlolini qadrlamog‘imiz, barcha ezgu ishlarga

bosh qo‘shmog‘imiz zarur. Shundagina O‘zbekiston –

mening Vatanim, men o‘zbek xalqining farzandiman,

deb baralla ayta olishga haqli bo‘lamiz.

V. Baholash va rag‘batlantirish.

Rag‘bat kartochkalari hisoblanib, g‘olib guruh e’lon

qilinadi. O‘quvchilar ishtirokiga ko‘ra baholanadi.

VI. Uyga vazifa.

“Men tug‘ilib o‘sgan yurt” mavzusida insho yozib kelish.




@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga

Download 327,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish