Joʻjalar eksperimetal eymeriozida qoʻllanilgan kaksidiostatiklarni qonning morfologik koʻrsatkichlari hamda ayrim biokimyoviy koʻrsatkichlarga ta’siri ibragimov Davletbay



Download 51,91 Kb.
bet3/4
Sana20.07.2022
Hajmi51,91 Kb.
#828620
1   2   3   4
Bog'liq
JOʻJALAR EKSPERIMETAL

Olingan natijalar va muhokamalar. Qoʻllanilgan koksidiostatiklarning samaradorlik koʻrsatkichlari tajriba davomida kasalliklardan saqlanish foiziga, tajriba oxirida oʻrtacha 1 bosh joʻja tirik vaznining oʻsish foiziga va eymeriozga qarshi indeksiga (EQI) qarab baholanadi.
Olib borilgan tajriba davomida ma’lum boʻldiki, tajriba guruhidagi joʻjalar eymerioz va kolibakterioz qoʻzgʻatuvchilarining OʻD50-75 dozasi bilan zararlantirilib 8-10 kun davomida amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarini qoʻllanmasiga asosan olganlarida ularning saqlanuvchanlik darajalari 100 % larni, tajriba oxirida oʻrtacha 1 bosh joʻja tirik vaznining oʻsish foizlari 139,4. 139,0. 126,0 % larni tashkil etgan boʻlsa, eymeriozga qarshi indekslari 195,2. 194,0 va 186,0 ballarni tashkil qildi.
Ikkinchi qiyosiy yuqtirilib davolanmagan nazorat guruhidagi joʻjalar tajribaning beshinchi kundan boshlab esa eymeriozga xos klinik alomatlar nomoyon boʻlib saqlanuvchanlik darajasi 40% ni, tajriba oxirida o‘rtacha bir bosh joʻja tirik vaznining oʻsishi 17.0% ni EQI-52.0 ballni tashkil qildi (1-jadval).

Jo‘jalar eymerioziga amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarning spetsifik faolligi.


1-jadval


T/r

Guruhlar nomi

Preparat-
lar nomi

Miqdori
(mg/kg oziqa bilan)

Guruhlr-dagi jo‘jalar
bosh soni

Tajriba boshida
o‘rtacha bir
bosh jo‘ja
tirik vazni
(gr)

Saqla-nuv-
chanlik
(% hisobida )

Tajriba
oxirida
o‘rtacha
1 bosh jo‘ja tirik vazni (gr)

Tirik vazni-
ning o‘sish foizi
(%)

EQI
(200 ball)

1

Zararlanmagan qiyosiy guruh

-




20

125

100

308.0

146.4

200

2

Zararlantirilib davolanmagan
qiyosiy nazorat

-





20

120

40

140.0

17.0

52.0

3

Tajriba

amprovet2,5% li

500

20

119

100

285.0

139.4

195.2

4

Tajriba

toltroks2,5%li

1ml/l suv bilan

20

121

100

289.0

139.0

194.0

5

Tajriba

Ximkaksid-7

500

20

122

100

276.0

126.0

186.0

Laboratoriya tajribasida qoʻllanilayotgan amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarning organizmda eymerioz kasalligiga qarshi hosil bo‘ladigan immunitetiga ta’sir qilish va qilmaslikni aniqlash maqsadida tajribaning 21- kuni 5 ta guruhdagi barcha joʻjalar 2 O‘D100 foizli sporalangan oosistalar bilan shprits zond orqali qayta zararlantirildi va olingan natijalar quyidagicha bo‘ldi. 2-3-4 guruhdagi joʻjalarning saqlanuvchanlik darajalari 100%larni 5 guruhdagi joʻjalarning saqlanuvchanigi 65%ni tashkil qildi. 1 va 5 guruhlardagi joʻjalarda eymerioz kasalligining klinik alomatlari kuzatilib kasallikdan saqlanuvchanliklari 80-65% % larni tashkil qildi. (2-jadval).


Joʻjalar eymerioziga amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarning organizmda kasallikga qarshi immunitet hosil boʻlishiga ta’siri.
2-jadval.


T/r

Guruhlar nomi

Preparat-
lar nomi

Miqdori
(mg/kg oziqa bilan)

Qayta zararlantiril-gandagi jo‘jalar
bosh soni

Eymeriozdan o‘lgan jo‘jalar bosh soni

Saqlanuv-
chanlik
(% hisobida)

1

Zararlanmagan qiyosiy nazorat

-




40

32

20

2

Zararlangan
qiyosiy nazorat

-





14

-

100

3

Tajriba

amprovet2,5% li

500

40

-

100

4

Tajriba

toltroks2,5%li

1ml/l suv bilan

40

-

100

5

Tajriba

Ximkaksid-7

500

40

18

65

Tajribada ishlatilayotgan amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarning invaziya intensivligiga ta’sir doiralarini oʻrganish maqsadida tajribaning 5-7-10-15 va 20- kunlari o‘rtacha 1 gr axlatdagi oosistalar soni Goryayev sanoq toʻrida sanalib aniqlandi. Olingann natijalar 3- jadvalda keltirilgan.


Tajriba va kuzatishlar shuni koʻrsatdiki, 3, 4, 5 guruhlarga amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarini qoʻllanmasiga asosan belgilangan miqdorda oziqa bilan berilganda tajribaning 5- kuni 1 gr axlat bilan 310, 213, va 300 ming dona oosistalar ajratdi. Zararlantirilib davolanmagan qiyosiy nazorat guruhidagi jo'jalar 1 gr axlat bilan 710 ming dona oosistalar ajratdi ( 2-guruh).
Tajribaning 7- kuni 3,4 va5 tajriba guruhi jo’jalari 1 gr axlat bilan 401-239-352ming dona oosistalar ajratgan boʻlsalar, davolanmagan qiyosiy nazorat guruhi joʻjalari(2- guruh) 1.348 ming dona ajratdi.
Tajribaning 10-chi kuniga kelib 3, 4 va 5 - tajriba guruhlaridagi joʻjalar 1 gramm axlat bilan oʻrtacha 42, 33 va 37 ming dona, ikkinchi guruhdagilar esa 192 ming dona oosistalar ajratdi.
Tajribaning 15 va 20- chi kunlari amprovet 2,5% li, olgan 3-chi tajriba guruhidagi joʻjalar 1gramm axlat bilan oʻrtacha 8-2 ming 4-chi guruhdagi joʻjalar ya’ni toltroks 2,5%li qoʻllanmasiga asosan olganlarida 4- 1 ming dona, Ximkaksid-7 olgan joʻjalar 3-1 ming dona 1 gramm axlat bilan 6- 2 ming dona oosistalarni axlat bilan tashqi muhitga ajratdi (3-jadval).

Joʻjalar eymerioziga amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarning invaziya intensivligiga ta’siri.


3-jadval.


T/r

Guruhlar
nomi

Preparat-
lar nomi

Miqdori
(mg/kg oziqa bilan)

Guruhlr-dagi jo’jalar
bosh soni

Saqla-nuv-
chanlik
(% hisobida)

Invaziya intensivligi
(1 gr axlatda mingta oosista)

Tekshiruv kunlari

5

7

10

15

20

1

Zararlanmagan qiyosiy nazorat

-




20

100

-

-

-

-

-

2

Zararlangan
qiyosiy nazorat

-




20

40

710

1.348

192

6

2

3

Tajriba

amprovet2,5% li

500

20

100

310

401

42

8

2

4

Tajriba

toltroks2,5%li

1ml/l suv bilan

20

100

213

239

33

4

1

5

Tajriba

Ximkaksid-7

500

20

100

300

352

37

3

1

Jo‘jalarning eymerioz kasalligi va unga qarshi qo‘llaniladigan kaksidiostatiklar qon tarkibidagi eritrositlarning gemoglobin miqdoriga, leykositlarning va trombositlarning soniga ta’sirini o‘rganish maqsadida tajribaning 5-7-10-15 va 20 kunlari qanot osti venasidan qon olinib tekshirildi. Qonning morfologik ko‘rsatgichlari tajribaning 5-7-10 -15 va 20 kunlari eymerioz qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangandan keyin aniqlandi. Qonni tekshirish uchun jo‘jalarni qanot osti venasidan qon olindi. Qondagi gemoglobinni miqdori FEK-56M asbobida atsetonsiangidrin bilan (I.P.Kondraxin va boshqalar) usulida aniqlandi. 1 mm3 qondagi eritrositlar, leykositlar, trombositlar soni Goryaev sanoq to‘rida Romanov Gimza va metil vialet bo‘yog‘i bilan bo‘yalib, I.A. Balotnikov, Yu. V Salavev (1980) usulida aniqlandi.


Tajriba kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki eymerioz qo‘zg‘atuvchilari bilan yuqtirilib amprovet 2,5% li , toltroks 2,5 %li va ximkaksid-7 koksidiostatiklari bilan davolangan tajriba guruhidagi jo‘jalar qonining morfologik ko‘rsatgichlari tajriba oxirigacha qiyosiy toza nazorat guruhidagi jo‘jalarni qon ko‘rsatgichlaridan farq qilmadi. P ≤ 0.05. Olingan natijalar 4,5,6 va 7 jadvalda keltirilgan.
Kaksidiostatiklarning jo‘jalar qonidagi eritrositlar soniga ta’siri (M±m)
Jadval № 4



Guruhlar nomi

Preparat nomi

Tekshiruv kunlarida eritrositlarning soin (1012/l)

5

7

10

15

20

1

Yuqtirilmagan qiyosiy nazorat guruhi

-

2,71 0,12

2,64 0,12

2,73 0,09

2,76 0,08

2,75 0,07

2

Yuqtirib davolanmanag nazorat guruhi

-

2,11 0,11x

1,45 0,06xxx

2,58 0,11

2,72 0,16

2,81 0,14

3

Tajriba

amprovet2,5% li

2,71 0,09

2,73 0,06

2,75 0,09

2,71 0,10

2,68 0,07

4

Tajriba

toltroks2,5%li

2,68 0,12

2,67 0,09

2,65 0,09

2,71 0,15

2,70 0,13

5

Tajriba

Ximkaksid-7

2,63 0,11

2,69 0,05

2,70 0,07

2,73 0,09

2,69 0,15

Jo‘jalarning qonidagi gemoglobin miqdoriga kaksidiostatiklarning ta’siri (M±m)
Jadval № 5



Guruhlar nomi

Preparat nomi

Tekshiruv kunlarida gemmoglobin miqdori soni (g/l)

5

7

10

15

20

1

Yuqtirilmagan qiyosiy nazorat guruhi

-

94,0 0,6

95,0 0,9

93,0 5,8

94,0 ±0,6

93,0 0,9

2

Yuqtirib davolanmanag nazorat guruhi

-

73,0 2,5xxx

65,0 1,7xxxx

80,0 2,3

 91,0±2,4

96,0 1,1

3

Tajriba

amprovet2,5% li

93,0 ± 1,2

94,0 0,9

97,0 1,4

95,0 ±0,3

94,0±1,1

4

Tajriba

toltroks2,5%li

93,0 ±1,1

94,0 ±1,2

92,0 0,9

96,0 ±1,1

94,0 ±1,2

5

Tajriba

Ximkaksid-7

92,0 ±1,5

93,0 ±1,7

90,0 0,7

94,0 ±1,2

93,0 ±1,7

Jo‘jalar qonidagi leykositlar soniga kaksidiostatiklarning ta’siri (M±m)


Jadval № 6



Guruhlar nomi

Preparat nomi

Tekshiruv kunlarida leykositlarning soni (109/l)

5

7

10

15

20

1

Yuqtirilmagan qiyosiy nazorat guruhi

-

25,0 1,45

26,3 1,11

27,5 1,16

27,2 0,56

27,5 2,19

2

Yuqtirib davolanmanag nazorat guruhi

-

27,1 2,00

32,6 1,5x

40,2 2,29xxx

33,2 2,45

29,0 1,2

3

Tajriba

amprovet2,5% li

25,8 1,18

25,5 1,27

28,3 1,24

27,1 1,63

27,3 2,11

4

Tajriba

toltroks2,5%li

25,2 1,14

26,5 1,29

28,6 1,13

27,0 1,40

26,5 1,69

5

Tajriba

Ximkaksid-7

26,5 1,15

27,6 1,17

28,7 1,10

27,3 1,15

27,0 1,55

Jo‘jalar qonidagi trombositlar soniga kaksidiostatiklarning ta’siri (M±m)


Jadval № 7



Guruhlar nomi

Preparat nomi

Tekshiruv kunlarida trombositlar soni (109/l)

5

7

10

15

20

1

Yuqtirilmagan qiyosiy nazorat guruhi

-

26,0 1,35

26,3 1,01

27,3 1,56

27,0 0,98

27,5 2,11

2

Yuqtirib davolanmanag nazorat guruhi

-

27,8 2,00

32,5 1,68x

41,6 7,79xxx

34,1 2,24x

29,2 1,34

3

Tajriba

amprovet2,5% li

25,6 1,58

25,4 1,37

28,6 1,44

27,8 1,93

27,3 2,11

4

Tajriba

toltroks2,5%li

25,7 1,44

26,2 1,19

28,9 1,03

27,0 0,40

26,7 1,89

5

Tajriba

Ximkaksid-7

26,4 1,16

26,8 1,20

28,0 1,12

27,5 1,56

27,5 1,59

Qonning morfologik ko‘rsatgichlaridagi asosiy o‘zgarishlar ikkinchi qiyosiy yuqtirilib davolanmagan guruhdagi jo‘jalar qonining morfologik ko‘rsatgichlarida o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan tajribaning beshinchi kunida eritrositlar soni 18,3 % ga, gemoglobin 23,4 % larga pasaygan bo‘lsa birinchi guruhdagi jo‘jalarning qon ko‘rsatgichlariga nisbatan kamaydi. Leykositlar soni esa 7 % ga ko‘paygan.


Tajribaning 7 kuniga kelib ikkinchi guruh jo‘jalarning qonidagi eritrositlar 43 % ga, gemmoglobin miqdori 31,5 % ga kamaygan bo‘lsa, leykositlar soni esa birinchi guruh jo‘jalarning qon ko‘rsatgichlariga nisbatan 22,7 % ga, trombositlar 24,3 % larga ko‘paygan. Tajribaning o‘ninchi kuniga kelib eritrotsitlar 11,2 % ga, gemoglobin 14 % ga kamaygan bo‘lsa, leykosit va trobositlar 53,3 % - 54,5 % larga birinchi guruhdagi jo‘jalarning qon ko‘rsatgichlariga nisbatan ko‘paygan. Olib borilayotgan tajribalarni o‘n beshinchi kuniga kelib, eritrositlar soni birinchi guruh jo‘jalarinikidan farq qilmadi, lekin gemoglobin miqdori 13 % ga ozaygan bo‘lsa leykosit va trombositlar soni 25,3 – 25 % larga ko‘paygan. Tajribaning 20 kuniga kelib ikkinchi guruh jo‘jalarining qonidagi leykopsitlar va trombositlar soni birinchi guruh jo‘jalarning qon ko‘rsatgichlaridan farq qilmadi.
Jigar tarkibida retinol miqdori ham tajribani 5,7,15,20 kunlari tekshirlgan olingan natijalar quyidagicha amprovet 2,5% li , toltroks 2,5 %li va ximkaksid-7 kaksidiostatiklarni olgan guruhdagi jo‘jalar jigari tarkibidagi retinol miqdori yuqtirilmagan qiyosiy nazorat guruhudagi jo‘jalar jigaridagi retinol miqdoridan farq etmadi. Asosiy ozgarishlarni ya’ni yuqtirib davolanmagan nazorat guruhidagi jo‘jalarning jigaridagi retinol miqdorida kuzatildi. Tajribaning 5, 7 , 10, 15 kunlari 45%, 60,2%, 29,6%, 14,4% larga qiyosiy toza nazorat guruhi jo‘jalar jigaridagi retinol miqdoriga nisbatan kamaygan bo‘lib tajribaning 20 - kuning kelib 1 - guruh jo‘jalari jigaridagi retinol miqdoridan farq etmadi. Olingan natijalar 8- jadvalda keltirilgan.
Jo‘jalarning jigaridagi A vitamin miqdoriga kaksidiostatiklarning ta’siri.
Jadval № 8



Guruhlar nomi

Preparat nomi

Tekshiruv kunlarida vitamin A (mk mol / l) miqdori



5

7

10

15

20

1

Yuqtirilmagan qiyosiy nazorat guruhi

-

91,16 1,29

100,76 1,50

110,42 1,95

123,75 1,95

140,05 2,55

2

Yuqtirib davolanmanag nazorat guruhi

-

60,03 2,58XXX

45,19 2,65XXXX

77,79 1,29XXXX

105,99 3,91XX

134,12 1,95

3

Tajriba

amprovet2,5% li

94,72 3,21

102,26, 1,29

109,65 1,95

131,92 1,95

144,40 2,58

4

Tajriba

toltroks2,5%li

88,19 2,65

94,09 2,65

108,92 1,29

125,99 1,95

127,5 1,59

5

Tajriba

Ximkaksid-7

87,20 1,17

90,05 2,55

107,88 1,50

120,70 1,88

125,3 1,44

Eslatma: xx- P< 0,02; xxx- P< 0,01; xxxx- P< 0,001;



Download 51,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish