Javob: Xuanxe daryosi.
290-savol: Qadimgi Xitoyda istilochilik urushlari va b. harakatlari uchun juda katta mablag‘ talab
etilgan Xan podsholigi bo‘lgan.Aynan o‘sha hokimiyat davrida qashshoq oilalarda yosh bolalar,
keksa ota, ona, buvi va buvalarni o‘ldirish hollari ko‘payib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgan?
Javob: Saltanatda soliq haddan tashqari oshirilib, jon boshi solig‘i yosh go‘daklar va keksalardan
ham olinar edi. Kamroq soliq to‘lash maqsadida shunday qilishga majbur bo‘lishgan.
291-savol: O’tmishda ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida u buyum eng qimmat, hatto muqaddas
hisoblanardi. Birov agar ko‘chmanchining o‘zini haqorat qilsa,u buni ko‘pincha esdan chiqarib
yuborar, ammo o‘sha narsasini haqorat qilsa, bunga asli chiday olmas, urishib-janjallashar, hatto
«to‘p»ga solib to‘qqiz ayb jarima soldirtirar edi. Ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida bunchalik
e’zozlangan buyum nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |