Javob: Mehnat.
279-savol: Bu ro‘yxatda it birinchi o‘rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardan
birida turadi. Bu qanday ro‘yxat bo‘lishi mumkin?
Javob: Xonakilashtirilgan hayvonlar ro‘yxati (Inson tomonidan it birinchi bo‘lib
xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi).
280-savol: Sherning ilonga aylanishi aql bovar qilmaydigan holat. Lekin bir asarda sherni ilon
deb, o‘qilon deb atashadi. U qaysi asar?
Javob: «Shaytanat» (Asad-arabchada sher degani).
281-savol: Bu qiymat suvda 225000, olmosda 124000, Kanada balzamida 198000, oltingugurt
uglerodida 184000 ga teng. Bu qiymat havoda nechaga teng?
Javob: 300000 km/s (Gap yorug‘lik tezligining turli muhitlardagi qiymati haqida ketmoqda).
Do'stlaringiz bilan baham: |