Javob: Timsoh.
Izoh: Gap bu yerda ko‘z yoshi to‘g‘risida ketmokda.
371-savol: Ushbu ikki raqsning kuylari bir-biriga juda o‘xshab ketadi. Hattoki bu ikkala raqs
musiqasini chalishda bir hil musiqa asbobidan foydalanilgan. Bu bilan ularning o‘xshash
tomonlari tugamaydi. Ularnig birinchisi ya’ni bizga yaqinrog‘ining nomiga uchta harf qo‘shilsa
va ikkinchi unlini boshqasi bilan almashtirilsa ikkinchisining nomi kelib chiqadi. Menga har
ikkala raqs nomini yozib bering.
Javob: Lazgi va lezginka.
372-savol: "Kirill va Mefodiyning katta entsiklopediyasi" ning 2006 yilda chiqarilgan sonida
Xitoy haqidagi maqolada bu davlatning 13 davlat bilan chegaradosh ekanligi haqida yozilgan va
shu davlatlarning ro‘yhati keltirilgan. Lekin bu ro‘yxatdagi bir davlat bilan Xitoy hech qachon
chegaradosh bo‘lmagan. Siz menga shu davlatning poytahtini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |