Javob: Nuh payg‘ambar kemasidagi.
Izoh: Baribir uni xudo yaratgan demoqchi.
325-savol: Etnograf G.P.Snesarev Xorazm vohasining o‘tmishi haqida yozarkan, bu hususda
shunday deydi: «Hamma informatorlar bu kasb egalarini «gunohkor» ekanliklarini tushuntiradilar.
Qachonlardir ularni el-yurtdan ajratib,yakkalab qo‘yish,ular o‘lganda esa umumiy mozordan
chekka joyga qo‘yish odati mavjud bo‘lganligini ma’lum qiluvchi dalillar ko‘p…».Bunchalik
xalq nafratiga duchor bo‘lgan kasb vaillarini ayting.
Javob: Zargarlar.
Izoh: Ular berilgan buyurtmadan urib qolishadi deb hisoblab ularni o‘g‘rilar bilan
tenglashtirishgan.
2006 yil.
326-savol: Ular ja’mi 4 ta. Shundan birinchisida 20 ta bo‘lsa ham u bosiq, ikkinchisida bor
yo‘g‘i 9 ta, lekin u osmonni boshiga ko‘taradi, uchinchisida bor-yo‘g‘i 5 ta va u sharqona
kamtarinlikni namoyon qiladi, to‘rtinchisida 10 ta va u eng yuqorida turadi. Siz menga ushbu
to‘rtlikni emas, ularda nima shunchadan ekanligini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |