Javob: Qasam ichish.
346-savol: Blits savol.
Mavzu: Namoz.
1.Fors tilida namoz, arab tilida-chi?
2.O’zbekistonda namoz asosan shu mazhabga muvofiq o‘qiladi.
3.Joynamozning bosh tomoniga aynan uning shakli tikilgan bo‘ladi.
Javob: 1.Salot.
2.Hanafiylik.
3.Burchak (mehrob).
347-savol: Bir zolim podsho xalqqa: “Mening bo‘yimga loyiq ko‘rpa tikib kelinglar” deb
buyuribdi. Ertasiga podsho ko‘rpalarni birma-bir ustiga yopib ko‘ra boshlabdi. Ko‘rpa agar
uzunroq bo‘lsa, uni ataylab bosh tomonga tortib, oyoqlarini cho‘zib: “Ie bu kalta-ku!” deb, agar
kaltaroq bo‘lsa jo‘rtaga oyoqlarini yig‘ib olib: “Ie bu uzun-ku” deb baqiraveribdi. Shunda navbat
bir cholga kelibdi. Podsho u keltirgan ko‘rpani ustiga yopibdi-da, bosh tomonga tortib oyoqlarini
tizzasigacha ochib: “Ie bu kalta-ku!” deb baqirgan ekan, sabr kosasi to‘lib turgan chol qo‘lidagi
hassasi bilan podshohning oyoqlariga bir tushirib, bir gap aytibdi. U podshoga nima degan?
Do'stlaringiz bilan baham: |