Javob: Odat.
168-savol: Moskvaning «Progress» nashriyotida 1966 yilda chiqqan kitobda 3 ta Rim imperatori,
10 ta AQSh prezidenti va ko‘plab boshqa mashxur insonlarning ism-shariflarini ko‘rish mumkin.
Ushbu kitobning siyosat va davlat boshqaruviga xech qanday aloqasi yo‘q, bu entsiklopedik
ma’lumotlar kitobi xam emas, o‘ylab ko‘ringchi, bu qanday kitob bo‘lishi mumkin?
Javob: Aforizmlar to‘plami.
169-savol: 1952 yilda O’zFA Til va adabiyot instituti hamda Yozuvchilar uyushmasining
birgalikda o‘tkazgan kengashi uni «Qonli urushlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtovchi, xon va
beklarning talonchiligi va ularning kambag‘al xalqqa o‘tkazgan zulmini dabdaba bilan kuylovchi,
millatchilikni targ‘ib qiluvchi, xalqqa qarshi asar», -deb baxoladi. U qaysi asar?
Do'stlaringiz bilan baham: |