423-savol: U shoti, tegarchik va o‘q kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Uning ot, tuya, ho‘kiz,
eshakka mo‘ljallangan turlari bor. Uning odamga mo‘ljallangan turi qanday atalishini ayting.
Javob: Riksha.
Izoh: Gap bu yerda arava haqida ketmoqda.
424-savol: Miloddan avvalgi 5 asrda Gerodot skiflar turmushini tasvirlaganda ularning eng
yaxshi ko‘radigan ichimligi oldindan tayyorlab qo‘yiladigan bir shifobahsh ichimlik ekanligini
qayd etgan. Skiflar hayotini ko‘z oldingizga keltiringda, bu qanday ichimlik ekanligini ayting.
Javob: Qimiz.
425-savol: Olloyor boyning yagona qizi Guloyim o‘z dugonalari va o‘z oshig‘i Arslon bilan Eron
shohi Nodirshoh va qalmoq xoni Surtaysha hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Siz
menga Guloyimning nechta dugonasi u bilan birga vatan himoyasiga otlanganini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |