Hisobot tuzilmasi
Xuddi forma kabi hisobot ham boshqarish elementlariga ega qismlardan tashkil topgan, ammo bunda qismlar ko’p-u, boshqarish elementlari formaniqidan kamrok. Hisobot tuzilmasi asosan 5 qismdan iborat bo’ladi (15-rasm.):
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot tashkil qilib uni «konstruktor» tartibida ochish qulay. Bunda hisobot sarlavxasi umumiy sarlavxani chop etishni ta‘minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa sarlavxaga tegishli kichik-kichik sarlavxachalarni ifodalaydi. Ma‘lumotlar maydonida esa boshqaruv elementlari joylashtirilib, ular asosan ma‘lumotlar bazasi maydonlari mazmunini bildiradi. Quyi kolontitul qismi xuddi yuqori kolontitul kabi boshqarish elementlariga ega, Now funktsiyasi bilan vaqtni va Page() funktsiyasi bilan hisobot varaqlari belgilanadi.
15-rasm
Hisobot eslatmasida esa yordamchi axborotlar kiritiladi.
Tuzilgan jadval, surov, forma va hisobotlarni foydalanuvchiga kerakli holatda printerga chiqarish mumkin. Buning uchun kerakli ob‘ektni tanlab olish, sungra asosiy menyuning fayl punktidan «Печать» buyrugiga kirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |