MS ACCESS va uning ishchi oynasi
MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini urganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chikamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashgulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya kilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning oynasi va ish yurituvchi asosiy ob‘ektlari bilan yaqindan tanishishga utamiz.
Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasi 2 marta bossak, ekranda Access oynasi paydo bo’ladi (1-rasm):
Oynaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, 2-nchi satrda esa menyu punktlari:
1-rasm.
Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Oynaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi mulokot oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yordamida biz yangi MBni tashkil qilishimiz yoki mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
Access 9x (umumlashgan versiyasi) oynasi 6 ta ob‘ektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (surov), Форма (forma), Отчет (hisobot), Макрос (makro komanda) va Модул.
Do'stlaringiz bilan baham: |