Jizzax viloyati



Download 4,85 Mb.
bet44/57
Sana25.08.2021
Hajmi4,85 Mb.
#155419
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
5-sinf tayyor tarbiya

7.2.1

"Ta'sir oralig'i" Ogohlantiruvchi, buyuruvchi, axborot-ishora belgilarining ta'sir oralig'ini ko'rsatadi.


























































"Ta'sir oralig'i" Bu belgilar faqat taqiqlovchi 3.27-3.30 belgilari bilan qo'llaniladi.





7.2.2


7.2.3


7.2.4


7.2.5


7.2.6




Belgining ta'siri saqlangan oraliqni ko'rsatadi.

Belgi ta'sir oralig'i oxirini ko'rsatadi.

Haydovchilarga belgi ta'sirida ekanliklari haqida ma'lumot beradi.

Maydon, binolar oldi va shunga o'xshash joylar chetida to'xtash va to'xtab turish taqiqlanganda belgining ta'sir oralig'i va yo'nalishni ko'rsatadi.





7.3.1

"Ta'sir yo'nalishlari"Chorraha oldida o'rnatilgan belgilarning ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.





7.3.2





7.3.3





7.4.1

"Transport vositasining turi"Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini ko'rsatadi.





7.4.2





7.4.3





7.4.4





7.4.5





7.4.6





7.4.7




7.4.1 qo'shimcha belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga, 7.4.3 qoshimcha belgisi esa engil avtomobillarga, shuningdek, to'la vazni 3.5 tonnagacha bo'lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.





7.5.1

"Shanba, yakshanba va bayram kunlari"





7.5.2

"Ish kunlari"





7.5.3

"Hafta kunlari" Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilishi ko'rsatilgan.





7.5.4

"Amal qilish vaqti" Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko'rsatadi.





7.5.5

"Amal qilish vaqti" Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko'rsatadi.





7.5.6





7.5.7




"Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli".





7.6.1






Barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turish uchun yo'lning qatnov qismida, piyodalar yo'lkasi yoniga qo'yish usuli.

Piyodalar yo'lkasi yonidagi to'xtab turish joyiga engil avtomobillar va mototsikllarni qanday qo'yish usuli ko'rsatilgan.


7.7

"Yurgizgichni ishlatmasdan to'xtab turish joyi" 5.15 belgisi bilan birgalikda qo'llanganda, to'xtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalariga to'xtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi.





7.8

"Pullik xizmat ko'rsatish joyi" Naqd pulga xizmat ko'rsatilishini bildiradi.





7.9

"To'xtab turish muddati cheklangan" 5.15 belgisi o'rnatilgan to'xtab turish joyida transport vositalari to'xtab turishining eng ko'p muddatini ko'rsatadi.





7.10

"Avtomobillarni ko'rikdan o'tkazish joyi" 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko'rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko'zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.





7.11

"To'la vazni cheklangan" To'la vazni qo'shimcha belgida ko'rsatilgan miqdordan ortiq bo'lgan transport vositalariga taaluqli.





7.12

"Xavfli yo'l yoqasi" Yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yo'l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogoxlantiradi, 1.23 belgisi bilan qo'llaniladi.





7.13

"Asosiy yo'lning yo'nalishi" Chorrahada asosiy yo'lning yo'nalishini ko'rsatadi.





7.14

"Harakatlanish bo'lagi" Belgi yoki svetofor ta'siridagi harakatlanish bo'lagini ko'rsatadi.





7.15

"Ko'zi ojiz piyodalar" 1.205.16.15.16.2 belgilari hamda svetofor bilan qo'llaniladi, piyodalar o'tish joyidan ko'zi ojiz kishilar foydalanishi haqida ogohlantiradi.





7.16

"Nam qoplama" Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo'lgan vaqtda ta'sir etishini ko'rsatadi.





7.17

Nogironlar 5.15 belgisi bilan qo'llaniladi. To'xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq Nogiron taniqliq belgisi o'rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko'rsatadi.





7.18

"Nogironlar mustasno" Belgilarning ta'siri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq "Nogiron" taniqliq belgisi o'rnatilgan transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi.






















MMIBDO’:_____________________





































































Sana _________ 23-mavzu: Eng baxtli odam kim?
Kun shiori: “Dunyodagi asl boylik – o`z halol mehnating samarasi”

Maqsad: O`quvchilarda fan oyliklarida faol bo`lishga, mehnat qilishga o`rgatish, san’atni va musiqani tushunishni singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon Amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Yoz oftobi – qishga dori.

Mehnat salomatlik garovi.

Miskin

O’qituvchi:

Har bir xalq mehnarsiz, san’atsiz va musiqasiz hech qachon yashay olmaydi. Lekin, o`sha mehnat, tasviriy san’at va musiqa ham milliy va jahon talablariga javob bersagina.

Mehnat, asosan, ikki turli bo`ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo`llari yordamida jismoniy kuch sarflab amalga oshiriladigan ishlar jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan holda tushunish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor bo`ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor haydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa, uning ishi yaxshi natija beradi. Aql aralashmagan ishning mahsuli bo`lmaydi.

Aqliy mehnat egalari – o`qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar bo`lib, ular ma’naiyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan ta’min etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladilar.

O`quvchi aqliy mehnat egasi bo`lib, hamisha o`qiydi, yozadi va o`z ma’naviy olamini boyitish yo`lida mehnat qiladi. Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug`illanishga to`g`ri keladi, maktabda esa o`z sog`lig`ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi. O`quvchining o`z odabini namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa mehnatida faol ishtirok etishidir.

Topshiriq: O`quvchilarning I-guruhiga: “Maktabda hashar” mavzusida rasm chizadilar, II-guruhiga: “Musiqa” asboblarini tezlik bilan aytish.


MMIBDO’:_____________________



Sana_________ 24-mavzu: Har doim bo`lsin onam!

(8 mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)



Kun shiori: “Jannat onalar oyo`i ostidadur”

Hadisdan


Maqsad: O`quvchilarda aziz onalarga hurmat,munosib farzand bo`lishlik, farzandlari bilan faxrlanib yurishdek tuyg`ini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, onalarni madh etgan shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:



Bir umr axtardim samimiyatni

Va uni onalar ko`zida ko’rdim.

Zaminday kimgadir topinmoqchiydim,

Uni ham onaning o`zida ko’rdim.

Abdulla Oripov

O`qituvchi:

Ona aziz, ona mo`tabar, ona do`st, ona jismu-jonimiz, o`z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so`rab duo qilguvchi zot. Kasal bo`lsang, yoki biror –bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning. To`qqiz oy seni vujudida asragan, hattoki o`sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so`ragan, uni o`zicha katta bo`lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo`ladi deb, orzu qiladi. Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg`uradi. Ollohim shunday mehribonki, bandalariga ular uchun o`zidan keyin Onani berdi.

Kimga yaxshilik qilishim kerak, Rasululloh?

Avval onangga, keyin yana onangga, keyin yana onangga,

So’ngra otangga, ulardan keyin boshqa yaqinlaringga.
ONA DUOSI. (rivoyat)

Qadim zamonda buyuk kushoniylar davlati sarkardasi Pahlavon Shukrilloh o’tgan ekan. Uning pahlovonligi, dovyurakligi el og’zida doston bo’lib, jangga sobut-dubulg’asiz, qalqonsiz qo’lida qilich bilan kirar va doim g’alaba qilar ekan. Davrlar o’tib Pahlavonning yoshi ellikka boribdi.

Bir kuni temirchining oldiga borib, o’ziga qalqon, sovut buyurtiribdi. Navbatdagi jangda pahlavon sovut-qalqon va qilich bilan paydo bo’libdi. Shunda atrofdagilar hayron bo’lib so’rashibdi:

Ey, sarkarda, bu holda hech janggakirmas edingiz-ku…

Sarkarda bir xo’rsinib debdi:

Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdi. Bu duo menga qolqon, sovut edi, o’q o’tkazmas dubulg’a edi.

Endi u kishi yo’q.

Qisqa savol-javoblar


1. Onaga atab yozilgan kitob va uning muallifi kim?

  1. Odil Yoqubov “Ko’hna dunyo”.

  2. Said Ahmad “Ufq”.

  3. O’tkirov Hoshimov “Dunyoning ishlari”.

  4. Xudoyberdi To’xtaboyev “Sariq devni minib”.

2. Qaysi allomaning onasi Ollohdan iltijo qilib farzandining ko’zini ochishini so’rab iltijo qiladi?



  1. Abu Ali Ibn Sinoning.

  2. Imom al-Buxoriyning.

  3. Imom at-Termiziyning.

  4. Abu Rayhon Beruniyning.

3. …….-gul bilan lola. Maqolni davom ettiring.

4. Biz Vatanni kimga qiyoslaymiz va nima uchun?

5. Ona Vatan so’zi rus tilida qanday ataladi?

6. Ona Vatan so’zi ingliz tilida qanday ataladi?

7. 2001 yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb nomlandi?


Topshiriq: Sinkveyn” usuli

1.Ot. Ayol.

2. Sifat. (ikki so’zdan iborat bo’ladi) Latofatli, nozik xilqat.

3. Fe’l. (uchta so’zdan iborat bo’ladi).Ayol go’zallikni yaratadi.

4. Gap. (ta’rif bering) Eng yaxshi ayollar farzandi ko’p, har bir ishda tadbirkor bo’lgan, samimiy va mehribon qalb egalaridir.

5. Ot. (o’zini yoki sinonimini yozasiz) Ayol –yaratuvchi.


1. Ot. Mening onam.

2. Sifat. (ikki so’zdan iborat bo’ladi)

3. Fe’l. (uchta so’zdan iborat bo’ladi)

4. Gap. (ta’rif bering)

5. Ot. (o’zini yoki sinonimini yozasiz).
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

MMIBDO’:_____________________




Sana:_______ 25-Mavzu:“Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz

Kun shiori: “Ilm yo`lida izlanishdan tolmang”.

Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o`rgatish.

Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lur chiroylik”.

O`qituvchi:

Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo`ladigan ko`p narsalarga guvoh bo`lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko`rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo`l qovushtirib” turgani yo`q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o`tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo`llariga g`ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog`imiz lozim.

Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:

Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi,

Qurt jondin kechib ipak bo`ldi.

Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu,

Pilla qurticha himmating yo`qmu?

Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o`zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar.Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir. Go`zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro`shnoliklarga inson faqat o`z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi.Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko`ydagi obro`si, ularga nisbatan o`zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o`tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so`zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o`rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo`lib qoladi.

Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o`zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.

Masalan: Yurti boyning o`zi boy, Mehnat qilganning qo`li moy… davom ettiring.


MMIBDO’:________________________

Sana __________ 26-mavzu: Navro’z – mehr-oqibatni ulug’lovchi qadriyat

(21mart – Navro`z bayrami munosabati)


Kun shiori: “Har tuning qadr o`libon, Har kuning o`lsun Navro`z”

Alisher Navoiy

Maqsad: O`quvchilarda milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat,milliyligini yo`qotmaslik, boy,qimmatli asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolishni singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Navro`zni madh etgan shoirlar ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:

Yuraklarga solib hayojon,

Eshik qoqar biz kutgan mehmon.

Yelkasida bayram libosi,

Qo`llarida ochil dasturxon.

Dala dashtga bag`ishlab chiroy,

Yurtga keldi yana ko`klamoy.

Komil Sindarov

O`qituvchi:

Aslida, har qanday an’ana, urf – odat hamda rasm – rusumlar muayyan hayotiy zarurat tufayli paydo bo`lgan. Ular muayyan xalqning turmush tarzi, ruhiyat, ma’naviy dunyosi orzu – istaklarining ifodasi bo`lib, ketma – ket kelguvchi avlodlar ma’naviy – axloqiy qiyofasining shakllanishiga ham hal qiluvchi ta’sir o`tkazadi. Aksariyat an’analar mazmun – mohiyatida xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikk, yaxshilikka chorlashdek o`lmas g`oyalar yotadi. Ular davrlar talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib, shunday an’analar borki ular o`zining ijobiy ta’siri, ko`pchilikni ruhiy ehtiyojlariga mos tushishiga ko`ra umrboqiylik kasb etib, xalqning ma’naviy qadriyati darajasiga ko`tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday ma’naviy boyliklaridan biri Navro`zdir.

Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.

“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:

Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,

Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.

Navro`z juda qadimiy bayramdir. Bu faktni o`tmish allomalarimiz o`z asarlaridan asoslab berganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikka “ Umar Hayyomning “ Navro`znoma “ , Abulqosim Firdavsiyning


Topshiriq:

“Navro`z ” bayrami bilan bog`liq bo`lgan an’ana va udumlarimizni

“Diolog” usulida ochib beradilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


MMIBDO’:________________________

Sana __________ 27-mavzu: Sohibqiron Amir Temur

(Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)


Kun shiori: “Amir Temur faxrimiz-g`ururimiz”

Maqsad: O`quvchilarda Sohibqiron Amir Temur bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish, Amir Temur bobomiz faxrrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo`ygan:

1. Alloh.

2. Tafakkur.

3. Qilich.

4. Imon.


5. Kitob.


O`qituvchi:

Amir Temur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko`ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo`ja Ilg`or qishlog`ida, barlos Tarag`ay xonadonida tavallud topgan.

Temur o`smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O`n ikki yoshga to`lganida u: “ bolalarcha o`yinlardan orlanadigan bo`ldim va vaqtimni o`zimga tengqur o`spirinlar bilan o`tkazishga harakat qildim ”, deydi.

Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o`z odiga maqsad qilib qo`yadi. O`zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o`zining tug`ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo`lgan ishonchu e’tiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og`ir va qiyin sharoitlarda ham to`g`ri tadbir belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo`lsa, avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.

Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.

Ikkinchi davr 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Shu narsa alohida e’tiborga loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat’i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan.

Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.

Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o`quvchilar Amir Temur bobomizga o`zlarining mustaqil ta’riflarini beradilar. Bunda avvalo o`quvchilarning so`z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.

MMIBDO’:________________________

Sana _________ 28-mavzu: Qalbida shoirlik bo`lmagan odam matematik bo`la olmaydi

(Matematika, informatika fan oyligi doirasida)



Kun shiori: “O`zbekiston zamini matematik daholarni dunyoga keltirgan zamin”

Maqsad: O`quvchilarda matematika, informatika fan oyligida faol bo`lishga, matematika va informatiuka faniga qiziqishini ortirishni, fan oyik doirasida tengdoshlariga mehr –oqibatni, insoniylik tuyg`ularini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat yulduzlari, sharq allomalarining matematika haqidagi fikrlari, ular ijodidan namunalar, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:


Beruniy aqlidan Amriqo ma’lum

Hakim kimligini Sinomiz aytar!

“Al-jabr”dan bugun kim berar ta’lim,

Ko`hna Xorazmdan nidomiz aytar!



O`qituvchi:

Matematika fan oyligida biz asosan, sizga matematika faniga tamal toshini qo`ygan va o`z hissasini qo`shgan matematik ajdodlarimiz haqida qisqacha siz bilan o`rtoqlashamiz.

Bulardan biri, hammamizga ma’lumki, Xorazmiy bobomiz bo`lib, u kishi Xorazm o`lkasida tug`ilib, o`sdi. U dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o`z yurtida, Markaziy Osiyo shaharlarida ko`pgina ustozlardan olgan.

Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” – algebraic asar, “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qo`shish va ayirish haqida kitob”- arifmetik asar, “Kitob surat-ul-arz”-geografiyaga oid asar. “Zij”, “Asturlob bilan ishlash haqida kitob”, “Asturlob yasash haqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-ta’rix”, “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”. Bu asarlarning to`rttasi arab tilida, bittasi Farg`oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.

Xorazmiy hind raqamlari asosida o`nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o`tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, ya’ni razryadlarini e’tiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.

Xorazmiy shunday deydi: “… Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o`z ichiga oluvchi “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shungdek, yer o`lchash, kanallar o`tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o`xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir.”

Topshiriq: O`quvchilarga informatika fanidan savollar beriladi:

* Informatika fani nimani o`rgatar ekan?

* Informatika fanining bugungi kundagi ahamiyati?

* Komputerning qanday turlarini bilasiz?

* Printer qanday vazifani bajaradi?

MMIBDO’:__________

Sana _________ 29-mavzu: Jamoat transportiga chiqish maydonchasini belgilovchi chiziqlar (Yo’l harakati qoidalari).
Kun shiori: Yetti o’lchab bir kes

Maqsad: O`quvchilarga jamoat transporiga chiqish maydonchasini belgilovchi chiziqlar haqida tushuncha berish

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.


Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish