Mustaqil ish
Dinshunoslik fani
Bajardi : Sindarov Jo’rabek
Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat
Reja:
Bashariyat tarixida jaholat mezoni.
Komillik sari yo’l – tarbiya o’chog’ida.
Ma’rifat – qalb quyoshi.
Xulosa
Inson yer yuzida paydo bo’lgandan to hozirgi kungacha o’z umri mobaynida ezgulik va jaholat o’rtasida ko’rinmas arqon to’qiydi. Bu umrboqiy hayot qonuni o’z o’rnida hayot tarozisining ikki pallasidir. Moziyning minglab zarvaraqlarda bular xususida minglab misollar ko’rishimiz mumkin. Jaholat… Bu so’zni eshitishimiz bilanoq har birimiz ongimizda chuqur o’y, qalbimizda esa ovchi qo’ygan tuzoqqa tushgan ohunikidek titroq uyg’onadi. Bilasizmi, bular qo’rquvdan emas, bular jaholat so’zining zamirida yotuvchi inson farzandining o’z xalqiga o’z ota onasiga boringki, o’z vijdoniga qilgan xiyonati, yuztubanliklari, jirkanch amallariga bo’lgan munosabatlar ta’siridir. Mana shunday jaholat qurbonlari, taassufki, bizning ertangi kun egalarimiz yosh avlod ildiziga bolta urmoqchi bo’layotgan manqurt kimsalardir.
1 har shamol yaprog’ida o’tmishing yashirin, ona xalqing nigohida kelajaging namoyon. Axir uni asrab avaylamoq, kamoli uchun yelib yugirmoq uning korida bo’lmoq, azizim, o’ylab ko’ring, bundan ortiq baxt bormi? Biroq, taasuflar bo’lsinki, hozirgidek globallashuv zamonida bular xususida o’ylash tugul, xattoki, Vatanini sotuvchi, ota – onasi yuziga oyoq qo’yuvchi vatanfurushlarning oramizda bor ekanligi achinarli…
Xo’sh, nimaga bu vatanfurushlar ongli inson bo’la turib, bu kechirib bo’lmas xato ekanligini bilib turib, yana shu jaholat botqog’iga botishadi? Nima uchun kindik qoni to’kilgan zaminda, beshikdan ona allasini eshitib, shu zamin , shu xalq ichida unib-ulg’ayadiyu yana shu Vatanga, xalqiga xiyonat qiladi? Bunga sababchi kim? Ularni shunday insonga aylanishida aybdor ularni oq yuvib oq taragan mushtipar ota-onami? Yoki uning kamoli uchun yaxshi yashashi uchun yelib yugurgan sodda xalqimi?
Hamma chaqaloqlar bir xil farishtadek ma’suma bo’lishadi. Chaqaloq dunyoga keldimi, u uchun hayotda oppoq, yangi sahifa yaratiladi. Uning bu sahifasiga uning umri mobaynida bajargan amallari yozib boriladi. Ulg’ayib unib o’sishi natijasida unda fe’l-atvor shakllanadi. Bunda tarbiyaning o’rni beqiyosdir. Xalqimiz “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishi bejiz emas. Farzand ota-ona uchun bamisli ko’zgudagi aksidir. Agar farzand noqobil bo’lsa, demak, uning tarbiyasida nuqson bor. Bu esa ota-onaning farzandning aytgan narsasini muhayyo qilishi, yoki uning tarbiyasiga beparvolik qilishidandir. Bu orqali, ota-ona farzandni noto’g’ri yo’lga kirib borayotganini payqamay qoladi, payqaganida esa kech bo’lgan bo’ladi. Zero, zabardast ijodkor Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun hayot yoki mamot , yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan teran so’zlari fikrimizning yaqqol isbotidir.
Bilasizmi, xalqimiz orasida bir gap bor: ”Kasalni davolashning eng ma’qul usuli uning oldini olishdir”. Ko’z tegmasin, hozirgi zamonamiz mustaqillik, tinchlik nafasi ufurib turgan davr. Ayrim yoshlarimizda shu narsani ko’ramizki, ular bu ne’matni bardavom deb bilishadi, go’yoki, o’zlarini bunga dahlsizdek his qilishadi. Har amalida faqat o’z manfaatlarini, o’zlarini hoy-u xavaslarini o’ylab ish ko’rishadi. Mana asl manqurtlikning bosh debochasi. Jaholat botqog’ining jirkanch qirg’og’i. Xalqning yana “Eng xavfli odam bu har ishga befarq odam” degan jumlasini misol keltirmoqchimiz. Har insondan qandaydir insonni kashf etish mumkin qachonki, unda qalb bo’lsa. Qachonki unda tarbiyalangan ong, bilim, saviya bo’lsa.
Shu yerda fikrlarimizni umumlashtiramiz. Insoni manqurtga aylanishidagi sababni izlashdan ko’ra, uning jaholat botqog’iga eltuvchi yo’liga to’siq qo’ymoq lozim. Bunga erishishimiz yechimini birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan quyidagi jumlalardan topamiz: “Hozirgi vaqtda ko’z o’gimizda dunyoning geopolotik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan,turli mafkura tortishuvlari keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidanda muhim ahamiyat kesb etmoqda.”
Jaholatga qarshi ma’rifat... O’ylanib qolasan kishi… nahotki jammiyki yovuzliklarning daxshatli ko’rinishi jaholatga ma’rifat bilan qarshi chiqmoq mumkin bo’lsa? Shundayin qudroatli kuchni nahotki, biz kitob, bilim, o’qib-o’rganish orqali paydo qilolsak? Ha, ma’rifat barcha yovuzliklarni yengishdagi eng kuchli atom qurollaridan-da qudratliroq kuchdir. U har bir shaxs ongida mafkuraviy immunitetni hosil qiladi. Darhaqiqat, mafkuraviy imunitetga ega bo’lgan shaxs hayotga teranroq qaray oladi, oqni qoradan ajrata oladigan manaviyatli inson bo’lib yetishadi. Ma’rifatli inson haqiqaqtni ko’ra bilguvchidir. Haqiqatni ko’ra oladigan inson har xil aldovlar qurboniga aylanmaydi. Bugun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar zamirida, ma’rifatni sevuvchi, uni tuganmas bulog’idan qonib ichish baxtini tuya oluvchi insonni tarbiyalash maqsadi yotishi bu fikrimizning yaqqol isbotidir.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov 1998- yili “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri bergan savollariga, tarixchi olimlar bilan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan e’tibor berib, quyidagi “G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat” shiorini o’rtaga tashladilar. Bu esa, berayotgan fikrlarimizning davlat siyosatida ham amaliy tamal toshi mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Ma’rifat – xalqni komillikka yetaklovchi porloq quyoshdir. Uning nuri orqali har bir kishi o’z qalbini zulmatdan xalos etadi. U bilan kelajagini, qilayotgan ezgu amallari nihoyasini teran oldindan ko’ra biladi, his eta oladi. Jamiyatda yetuk, kerakli inson sifatida obro’-e’tibor qozonadi.
Darhaqiqat, ma’rifatparvar kishilar o’zligini anglay oladi. Tarixini, ming yillik an’analarini, ota-bobolarini, qolaversa, kelajakda farzandi unib o’sadigan muqaddas tuprog’ini qadrlay olishadi. Ular vatanfurushlik, sotqinlik, tubanlik illatlaridan hazar qilishadi. Vatani obodligi, tichligi-yu osudaligi yo’lida bor kuch qudratlarini safarbar etishadi. Hech qanday sabablarsiz Vatanini seva olishadi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi tom ma’noda tarixiy ahamiyatga daxldor bo‘ldi. Ushbu nutq Toshkent vaqti bilan yarim tunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilganiga qaramasdan biz ko‘plab hamkasblarimiz bilan birga tinglab, donishmand, jasoratli davlatimiz rahbaridan cheksiz faxr-iftixor his etdik. Darhaqiqat, ushbu tarixiy nutqda ilgari surilgan fikr-mulohazalar, aniq va muhim hayotiy takliflar nafaqat mintaqamiz, balki butun dunyo ahli uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining chiqishi jahon jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Prezidentimiz so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishini qayd etib, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki boshqa omillar bilan kurashish va ildizini qirqishga, birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida islom dinining asl mohiyatini nihoyatda teran talqin etib bergani ham alohida e’tiborga sazovordir. BMTning yuksak minbaridan turib birinchi marotaba aytilgan islom dinining ezgulikka va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadigan buyuk din ekanligi haqidagi fikrlar tahsinga loyiq. Shu munosabat bilan bundan ming yillar oldin Markaziy Osiyoda yuz bergan Uyg‘onish davrida yurtimizdan yetishib chiqqan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlarning islom dini rivoji va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqidagi fikrlar ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘sha davrda faoliyat ko‘rsatgan yuzlab, ehtimol minglab ulug‘ allomalar safida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning olamshumul ahamiyatga ega ilmiy-ma’naviy merosi haqida aytilgan fikrlar esa, shaxsan men uchun, ya’ni allomaning hayoti va ijodiy faoliyatini ko‘p yillardan buyon o‘rgangan bir tadqiqotchi sifatida g‘oyatda hayajonli bo‘ldi. “Imom ad-dunyo” (Butun dunyoning imomi) degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan Imom Buxoriy hazratlari haqidagi muhtaram Prezidentimiz fikrlari dunyo ahli tomonidan alohida hurmat-e’tibor bilan qarshi olindi. Haqiqatan ham islom ta’limotida Qur’oni karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan manba – “Sahihi Buxoriy”ga tartib bergan buyuk alloma Imom Buxoriy hazratlarining buyuk xizmatlari Prezidentimiz tomonidan dunyo hamjamiyati e’tiboriga haqli ravishda yana bir bor havola etildi.
Haqqoniy savol tug‘iladi: yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar qanday qilib o‘rta asrlar sharoitida ilmu ma’rifat va ma’naviyatda shu qadar beqiyos yutuqlarga erishganlar? Buning sabablari ko‘p bo‘lsa-da, ulardan eng muhimi, u zotlar Islom dinining asosiy manbalari bo‘lgan Qur’oni karim va janobi Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadisi shariflarida keltirilgan ilmu irfon xususidagi ulug‘ g‘oyalarga ixlos bilan qat’iy amal qilganlar. Ular islom diniga ilmiy nuqtai nazardan yondoshib, chinakam ma’rifiy islomni o‘rganib, uni targ‘ib qilganlar, bu dinning sofligi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatganlar, har qanday bid’at-xurofot va zalolatga boshlovchi toifalarga qarshi shafqatsiz kurashganlar. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri ma’rifat. Bu xususda Payg‘ambarimiz alayhissalomning “Afzalukum iymonan, afzalukum ma’rifatan” (Sizlarning iymon-e’tiqodda afzallaringiz, ma’rifatda ham afzallaringizdir) yoki “Al-ma’rifatu – nurul qalbi” (Ma’rifat qalbning nuridir) kabi hadislariga buyuk allomalarimiz og‘ishmay amal qilib, ilmda ham, ma’rifatda ham olamshumul yutuqlarga erishganlar.
Hozir Vatanimizda muborak islom dinining ilmiy-ma’rifiy ta’limotini asrab-avaylash va ilmiy asosda chuqur o‘rganish, dunyo bo‘ylab keng ko‘lamda targ‘ib qilish maqsadida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotir. Bu ishlar dunyo hamjamiyati uchun ham bir ibrat va namuna desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu maqsadda mamlakatimizda ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilayotir. Bu borada Yurtboshimiz nutqida tilga olingan fikrlar dunyo jamoatchiligi va ko‘plab davlatlar rahbarlari tomonidan yuksak mamnuniyat hissi bilan baholanayotgani ham yurtimizdagi ulug‘ va savob ishlarning amaliy e’tiroflari deyish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi mustaqil O‘zbekistonning jahon miqyosidagi o‘rni va nufuzi oshishiga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘lganligi bilan ham tarixiy ahamiyatga daxldordir.
Xulosa o’rnida shuni aytishim joizki biz hozirgi musoffo osmonimiz go’zal va tinch yurtimizni borligiga shukr qilishimiz kerak.Zero shunday mamlakatlar borki bir kun ham tinchlik bo’lmaydi odam kechkurun uxlashga qo’rqishadi hozir uxlasam ertalab tirik uyg’ona olamanmi deyishadi.Shuning uchun biz turli xil keraksiz oqimlarga qo’shilmay uning o’rniga o’z ilmimiz va manaviyatimizni oshirishimiz kerak.Hech qachon ilm olishdan to’xtamay faqat oldinga harakat qilish kerak.Biz bunday jaholatga faqat o’z bilim va ma’rifatimiz bilangina javob berishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |