Jizzax viloyati Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati



Download 296 Kb.
bet2/9
Sana07.07.2022
Hajmi296 Kb.
#755661
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari

Jizzax viloyati
Jizzax viloyati Uzbekiston Respublikasi tarkibida dastlab 29 dekabr 1973-yilda tashkil etilgan va u 6 sentabr, 1988-yilda qo‘shni viloyatlar tarkibiga kiritilgan. Hozirgi xolatda esa Jizzax viloyati 1990-yil 16 fevralda kayta tiklangan. Viloyat o‘zining maydoniga kura, mamlakatimizda o‘rta mavkeni egallaydi (respublikada 13 ta ma’muriy mintaqalarning har biriga o‘rtacha 34,5 ming kv km yer to‘g‘ri keladi). Uning xududi 21,2 ming kv km bo‘lib, bu jixatdan Surxondaryo viloyati bilan deyarli tengdir. O‘zbekistonga nisbatan viloyat maydoni 4,7 foizga barobar bo‘lgan xolda, bu yerda, 2014-yil ma’lumotlariga Karaganda, 1226,8 ming yoki mamlakatimiz axolisining 4,0 foizi yashaydi. Bu ikki nisbiy rakamlarning qiyosiy tahlili Jizzax viloyatida aholi joylashuvi respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan biroz pastligidan guvoxlik beradi. Darxaqiqat, viloyat aholisining zichligi 1 kv. km ga - 58 kishi, mamlakatimizda esa - 68 kishini tashkil etadi.
Ma’muriy jixatdan Jizzax viloyati 12 ta kishlok tumanidan iborat. Ularning eng kattasi Forish tumani - 9,8 ming kv. km yoki viloyat xududining 46,2 %, eng kichik maydon esa Zafarobod tumani - 0,33 ming kv. km. Shunday qilib, viloyat xududining geografiylik koeffitsienti, ya’ni eng katta maydonga ega bo‘lgan tumanning eng kichigiga nisbati 29,7 ga barobar.
Viloyat kishlok tumanlarnning dastlabkisi Jizzax va Zomin, eng so‘nggisi Yangiobod tumani bo‘lib, u 1999 yilda qo‘shni Sirdaryo viloyatining tutash xududi hisobidan tashkil etilgan. Jizzax viloyati mamlakat xududiy mexnat taqsimotida paxta, poliz, galla va bog‘dorchilik mahsulotlarini xamda jun va go‘sht yetishtirish bilan ajralib turadi. Sanoatining tog‘-kon, yengil va oziq-ovkat tarmoqlari respublika ahamiyatiga ega.
Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati. Jizzax viloyati Uzbekiston Respublikasining markaziy kismida joylashganligi, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ta’sir kursatadi. Shu bilan birga, mintaqaning geosiyosiy o‘rni ham o‘ziga xos: viloyat shimolda Qozog‘iston, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Ko‘rynib turibdiki, Jizzax viloyati geografik o‘rnining "markaziyligi" va transchegaraviyligi uning tarixiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Jizzax shaxrining O‘rta Osiyoning kadimiy markazlari - Samarkand, Toshkent, Xo‘jand va O‘ratepa oralig‘ida, Buyuk Ipak yo‘lida o‘rnashganligi ham xozirgi viloyat markazi shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi.
Hududining shimoliy, shimoli-g‘arb va janubiy qismlari tog‘liklardan, o‘rta kismi pasttekisliklardan iborat. Bu yerda Nurota,
Pistalitog‘, Turkiston, G‘o‘bdintov tog‘lari bor; eng baland cho‘qqilari Bozorxonim (3401 m, Bax mal tumanida) va Shavkartov (4029 m, Zomin tumanining chekka janubida). Tog‘ va tog‘oldi hududlarda Nurota tog‘ -yong‘ok, Zomin tog‘ - archa davlat qo‘riqxonalari tashkil etilgan.
Viloyatning xar xil landshaft turlariga boyligi (u Sirdaryo viloyatidan ayni shu jihatlari bilan farqpanadi) tabiiy holda xududiy ms’hiat taksimotining rivojlanishida asosiy omil bo‘lgan va shunta moe ravishda tabiiy - xo‘jalik tarmoqlari shakllangan. Tog‘ va tog‘-oldi hududlarida chorvachilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, lalmikor dehqonchilik, rekreatsiya va turizm rivojlangan, tekislik qismi esa eski va yangi o‘zlashtirilgan, ko‘proq paxta ekiladigan hududlardan iborat.
Mintaqada turli xil qazilma boyliklar xam bor. Ular jumlasiga oltin, volfram, qo‘rgoshin, rux, molibden, ohak, granit, marmar kabi ma’danlar kiradi. Qo‘itoshning volfram, Marjonbuloqning oltin, Uchkulochning polimetal konlari sanoat ishlab chiqarishida katta ahamiyatga ega. Viloyatda temir rudasi (Temirkon), sement va g‘isht xom ashyosi (G‘allaorol, Qo‘shkent), bazalt (Osmonsoy) kabi boshqa kazilma resurelari xam bor.
Iqlimi kontinental, asosiy gidrografik shaxobchasi Sangzor daryosi bo‘lib, u sug‘orma dexkonchilikda foydalaniladi. Shimolda joylashgan Aydarko‘l va Arnasoy ko‘llarida balikchilik yo‘lge qo‘yilgan. Turkiston, Nurota, Pistalitog‘, G‘o‘bdin tog‘ tizmalari o‘ziga xos landshaft turlarini shakllantirgan.
1976 yilda Zomin tumanida yaqin 50 ming gektarni egallagan Milliy bog (park) tashkil etilgan. Umuman olganda, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida rekreatsiya resurelari ko‘p va bu yerda ekoturizm uchun ham sharoitlar qulay. Ushbu xududlarning yozi nisbatan salqinrok, namgarchilik esa tabiiy holda lalmikor dexkonchilik, xususan bug‘doy yetishtirish uchun qulaydir.

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish