2-§. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va
ularning tuzilishi
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalami jismoniy mashqlarga muntazam
o‘rgatishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulotlaming
ahamiyati
harakatlar
madaniyatining
mujassam
shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalami muntazam amalga
oshirishdan iboratdir. Bu vazifalaming bajarilishi jismoniy kamoloti, organizmning
funksional takomillashuvi, bola sog‘lig‘ining mustahkam- lanishi, ular tomonidan
to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy
tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsni har tomonlama
yaxshi rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshi rishga
bolalaming har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular
organizmdagi barcha fuksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi
sharoitlarda hayotiy faoli- yatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy
sifatlarini shakllantirish, fizkultura va sport sohasiga oid ba’zi turlar bilimlar va
atamalami ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlami
tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan,
belgilangan vazifaga muvofiq tez va 1 shonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda
faoliyat ko‘rsata oladigan shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta
oladigan kishilami tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq
havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan
tashqari) ochiq havoda, sport maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi
mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’limiy-tarbiyaviy
vazifalaming kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni
o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda
sog^lomlashtirish- gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (deraza
fortochkalari ochiq, yengil kiyim va poyabzal) mashg‘ulotlar harakatlaming to‘g‘ri,
go‘zal va aniq boiishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi.
Ularturli predmetlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.
Ochiq havodagi mashg‘ulotlar yuqori sogMomlashtirish samarasiga ega, ular
harakatlami keng joy da bajarishga im- kon beradi, jismoniy yuklamani
kuchaytiradi, sport o‘yinlari, estafetalami o‘tkazishga keng imkoniyat yaratadi.
Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarining aniq, ifodali, chiroyli bo‘lishiga
xalaqit beradi.
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlaming bolalar tomonidan izchil
bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola
organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning ruhiyati
(psixologiyasi)ni nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim
va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.
Harakat faoliyatijarayonida yurakqisqarishi chastotasiko‘r- satkichlarini o‘rganish
mashg‘ulot boshlanishida uning asta- sekin osha borishini, so‘ng kuchaya borib,
mashg‘ulotlaming asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngi-
da asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir to- mondan, qon aylanish
tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan
diqqat-e’tibomi qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlaming kechishi va shu
bilan bog‘liq ravishda harakatlaming juda aniqligi bilan belgilanadi.
Sport mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish- tayyorgarlik, asosiy va
yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy- tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari
mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur
vazifalami bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |