Guruhni baholash jadvali.
Guruhlar Javoblarning
aniq, ravshanligi
(0,1)
Axborotning
ishonchliligi
(0,5)
Guruh
a’zosining
faolligi 0,5
Umumiy
ballar
Baho
1
2
3
Guruh rahbarlarining chiqib tushuntirib berishi:
1,5-2 ball - a’lo
Mustahkamlash uchun savollar
1.Bolalar bilan yakka tartibda ish olib borish kunning qaysi vaqtida
amalga oshiriladi?
2.Mustaqil harakat faoliyati deganda nimani tushunasiz?
1,0-1,4 ball - yaxshi
0,5-0,9 ball - o‘rta
7-(ilova)
Guruhlarda ishni bajarish yo‘riqnomasi bilan tanishtirish
O‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni qo‘yilgan muammoga ijodiy
yondashishga imkon berish, o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etishga undash,
boshqalar fikrini tan olish (hatto noto‘g‘ri bo‘lsa ham), guruh manfaati uchun o‘z
fikridan voz kechish, o‘z fikrini asoslay olish kabi sifatlarni egallashga o‘rgatish
maqsadida o‘qitishda keng qo‘llanilayotgan usullardan biri guruhda ishlash usulidir.
Guruhlar tashkil etish. Guruhlar faoliyatini boshqarishning o‘ziga xos qoidalari
mavjud:
1. Guruhlarni bo‘lish;
2. Muammoni taqsimlash (har bir guruhga alohida yoki hamma guruhlarga
umumiy muammo);
3. Bajariladigan ish va uning taqdimoti uchun vaqt belgilash;
4. Guruh ishlarini nazorat qilish. Ularning ishlarini kuzatib borish (turli
mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik);
5. Guruh a’zolarining har birini muammoni hal etishga jalb qilish;
6. Har bir guruh ishini qog‘ozga tushirtirish va ish yakunlangandan so‘ng
taqdimotini o‘tkazish.
Guruhlarga qanday ajratish kerak ?
- har bir guruhda 4-6 tagacha o‘quvchi bo‘lishi kerak.
Sinf o‘quvchilarini mashlarni bajarish har birida 4-6 tadan o‘quvchi bo‘lgan 4-6
ta guruhga bo‘lish kerak. Bunda guruh ko‘p bo‘lsa, vaqt ko‘p ketadi, guruhdagi
o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lsa, ularning faol ishtirok etishi chegaralanib qoladi.
- guruh tarkibini o‘qituvchi aniqlaydi.
O‘quvchilarni taqsimlashni oldindan rejalashtirish kerak. Natija ularning
tarkibiga to‘liq bo‘lsa, albatta shunga ko‘ra ish tutish lozim.
- guruh tarkibi iloji boricha har xil bo‘lgani maqsadga muvofiqdir, ya’ni yaxshi
biladiganlarni va yaxshi bilmaydiganlarni aralashtirgan holda guruh tuzish lozim.
- guruh tarkibini tez-tez yangilab turish kerak.
- bunda guruhlarga ajratishning qiziqarli yo‘llarini topish kerak.
8-(ilova)
Uyga vazifa
1.Mavzuni o‘rganish va tahlil qilish
2.Mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni umumiylashtirish
3.Mavzu bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash,mustaqil ta’lim
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |