Jizzax shahar xalq ta’limi bo`limiga qarashli e



Download 49,5 Kb.
Sana14.05.2022
Hajmi49,5 Kb.
#603715
Bog'liq
21 - mart Navro`z bayrami


XUSH KELIBSAN O`LKAMGA BAHOR !


Bahor chinakam uyg'onish faslidir. Bu faslda barcha daraxtlar gullab, gullar qiyg'os ochiladi. Uning o'zgacha tarovati bor.
An'analar, urf – odatlar, rasm – rusumlar insoniyat taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Ular hayotiy zarurat tufayli paydo bo'lgan va xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ma'naviy dunyosi, orzu – istaklarini ifoda etib, jamiyatning ma'naviy – axloqiy rivojlanishiga katta ta'sir qilgan. An'analar mazmunan har bin millatni, xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikka, yaxshilikka chorlaydi. Ular davr talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib boradi.
Ba'zi bir ananalar o'zining ijobiy ta'siriga, umrboqiy – ligiga ko'ra ma'naviy qadriyat darajasiga ko'tariladi. Sharq xalqfarining ana shunday umrboqiy ma'naviy qadriyat – laridan biri – Navro'zdir. Bu bayram bir necha ming yillik tarixga ega.
Ota – bobolarimiz, buvi – momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli – tuman, rang – barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Dalalarda bahorgi ekin – tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo'sh solishgan. Jamoa – jamoa bo'lib, hasharlar uyushtirishgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Om – maviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o'tqazilgan. Dalalarda, betakror sayllar o'tkazilgan.
Ajdodlarimiz Navro'z bayramiga atab maxsus klyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navro'z taomlari ham o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayramida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar.
Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq, tosho'yin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan.
Bu jarayonlarda turli – tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli o'yinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Ko'pkari – uloq, kurash o'yin­lari, hayvon va parrandalar (xo'roz, it, qo'chqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, turli xil xalq tomoshalari o'tkazilgan.
Navro'z — mehnat, mehr – oqibat, insonparvarlik bay – ramidir. Bu kun marhumlar – ning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolg'iz qariyalar, ota – onalar yo'qlanadi. Kishilar bir – birlariga sovg'a – salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi.
Navro'z — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro'z munosabati bilan nikoh to'ylari o'tkazilgan. Yigit – qizlar bir – birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qo'lidan choy ichish maqsadida "kelin ko'rdi"ga borilgan.
Navro'zda milliy taomlar, shirinliklar tayyorlanib, bayram dasturxoni bezatiladi. Sumalak, halim, ko'k somsa, ko'k chuchvara, do'lma, bo'g'irsoq Navro'z dasturxoni uchun asosiy taomlar hisoblangan. Dasturxonga bug'doy, arpa, yashil barg maxsus idishlarga o'stirib qo'yiladi. Bayram kunlari yetti xil don – bug'doy, arpa, no'xat, jo'xori, mosh, guruch, loviyadan go'ja tayyorlanib, qo'ni – qo'shnilarga, qarin – doshlarga tarqatiladi.
Shunisi quvonchliki, bugunga kelib, dunyoning 50 dan ortiq mamlakati xalqaro telekanal orqali Navro'z tantanalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Navro'z tantanalarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ortiq millat vakillari, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan turli mamlakatlar elchixonalari vakillari, jurnalistlar va mehmonlar qatnashadilar. Demak, Navro'zimiz butun dunyoni lol qoldirmoqda. Shuning uchun ham bu bayram erkinlik, xalqlar do'stligi, baynalmilalchilik, demokratiya va insonparvarlikni targ'ib etuvchi marosim ruhini oldi.


NAVRO`Z UMUMXALQ BAYRAMI
Navro`z bayrami azaldan pokizalik, orastalik, mеhr – oqibat, xayru saxovat timsoli bo`lib kеlgan. Ota – bobolarimiz bunday kunlarda xonadonlar, ko`cha va mahallalarni orasta qilganlar, yеtim – yеsir, bеva – bеchoralar, xastayu muxtojlarga mеxribonlik, saxovat va muruvvat ko`rsatishga shoshilganlar, gina – kuduratlar unutilgan.
Xalqimiz bu yil ham boqiy bayramimizni alohida taraddud bilan kutib oldi. Bahorning dastlabki kun – laridan yurtimizda obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Umumxalq hashari tashkil etilib, mahallalar, ko`chalar, aholi turar – joylari obodonlashtirildi, ariq – zovurlar tozalandi, ziyoratgoh, .qabriston hamda muqaddas qadamjolar tartibga kеltirildi, mеvali, manzarali daraxtlar, gul ko`chatlari o`tqazildi. Tabarruk qariyalarimiz, ota – onalarimizni e'zozlash, o`zaro mеhr – oqibatli bo`lish, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko`rsatish, jamiyatimizda hеch kimni e'tiborsiz va qarovsiz qoldirmaslik kabi azaliy fazilatlarimiz rivoj topmoqda.
Buyuk ajdodlarimizning ilm – fan va madaniyatning ko`plab sohalari rivojiga ko`shgan bеbaho hissasini dunyo ahli kеng e'tirof etgan. Yurtimizda madaniy va ma'naviy mеrosimizni, milliy qadriyatlarimizni yanada boyitish va ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uygun holda rivojlantirishga alohida e'tibor karatilmoqda. O`tgan yilda azim poytaxtimiz Toshkеnt shahrining 2200 yillik yubilеyi xalqaro miqyosda kеng nishonlandi.
Xalqimiz Navro`zni hamisha ezgu niyatlar, xursandchilik, o`yin – kulgi, yaxshi tilak va istaklar bilan qarshi olgan. Xalq tеrmalari, baxshilar aytishuvi, hazil – mutoyiba, qo`shiqlar, laparlar yangragan. Uloq – ko`pkari, xalq o`yinlari, poyga, kurash, mеrganlik, qo`chqor, xo`roz urishtirish kabi tomoshalar o`tkazilgan. Dorbozlar, masxarabozlar, qo`g`irchoqbozlar, polvonlar o`z san'atini namoyish etgan. Sumalak, halim kabi xilma – xil bahoriy taomlar pishirilgan.
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish