DYHXX o‘z faoliyatini quyidagi qonunlarga asoslangan holda tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 7 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2013 yil 23 martda ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningt 2013 yil 10 apreldagi O‘RQ-348-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati maxsus vakolatli Davlat organi hisoblanadi, 10-moddasiga binoan esa uning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |