4.6. Oliy ta’lim tizimida harakatli о’yinlar
Jismoniy madaniyat yо’nalishi bо’yicha bо’lajak mutaxassislarni tayyorlash ularni harakatli о’yinlarini tashkil etish va о’tkazishda pedagogik mahoratini shakllantirish katta ahmiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida, kun tartibida jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish tadbirlari, sinfdan tashari mashg’ulotlar, sport mashg’ulotlarida harakatli о’yinlarni о’ynash kо’nikma va malakalarini shakllantirish kasbiy tayyorgarlik asoslaridan birini tashkil etadi.
Oliy о’quv yurtlarida talabalarga mashg’ulotlarda harakatli о’yinlarni tashkil qilish va о’tkazishni rejalashtirish bо’yicha kо’nikma va malakalarini shakllantirishda о’ituvchi reja asosida harakatli о’yinlarni metodikasini о’rgatadi va mustaqil ishlash uchun adabiyotlarni tavsiya qiladi.
Talabalar berilgan vazifaga muvofiq harakatli о’yinlarning mazmuni hamda mohiyatini о’rganib kegingi faoliyatida, ya’ni malakaviy pedagogik amaliyotlar davrida va boshqa jarayonlarda belgilangan tartibda foydalana olish mahorati shakllantiriladi.
Talabalarga harakatli о’yinlarini tashkil etish va о’tkazishda pedagogik mahoratini shakllantirish uchun quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor beriladi.
Harakatli о’yinlarni о’tkazishning metodik asoslari yuzasidan bilim kо’nikma va malakalar bilan qurollantiriladi. Tо’g’ri tashkil etilgan о’yinlar bolalarning sog’ligini mustakamlashi, ochiq havolarda tashkil etish chiniqishni ta’minlashi borasidagi ma’lumotlarga ega bо’ladilar.
Shuningdek, Oliy о’quv yurtlarida nomutaxasislik yо’nalishlarida jismoniy madaniyat va sport fani tarkibida harakatli о’yinlar tashkil etiladi va uning mazmunida asosan katta yoshdagilar uchun beriladigan harakatli о’yinlar talabalar sog’ligini mustahkamlash hamda ularning jismoniy sifatlarini oshirishga, shug’ullanuvchilar harakat qobiliyatini takomillashtirishga va jismoniy rivojlanish dinamikasiga ijobiy ta’sir kо’rsatadi.
Harakatli о’yinlarni ularning mazmunini chuqur о’zlashtirgan xoldagina samarali foydalanish mumkin. Harakatli о’yinlar jismoniy madaniyat bakalvrlarini tarbiyalashda quyidagi vazifalarni hal qiladi.
sog’lom turmush tarzini;
jismoniy takomillashuv va о’z-о’zini tarbiyalash orqali jismoniy madaniyat mazmunidagi ma’naviy qadryatlarni shakllantrish;
shaxsni shakllantirish va uni kasbiy faoliyatga tayyorlashda harakatli о’yinlarni ijtimoiy ahamiyatini tushintirish;
har-xil toifadagi axoli jismoniy tarbiyasida umummadaniy va kasbiy tizimlarni hisobga olgan xolda harakatli о’yinlardan foydalanish;
harakatli о’yinlarni amalda qо’llashni о’rganish va ularni boshqa sport turlarida qо’llash maqsadida yangi metodologiyalarni ishlab chiqish;
hayotiy va kasbiy maqsadalrga erishish uchun harakatli о’yinlarni qо’llash yuzasidan ijobiy tajribalar orttirish;
bakalavrlarning bо’lajak kasbiy faoliyatida umumiy va kasbiy jismoniy tayyorgarligini ta’minlash;
ushbu fanni mazmunini о’zlashatirish bо’yicha bakalavrlarning mustaqil faoliyatini jadallashtirish.
Modomiki, jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarida harakatli о’yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari bilan birga qо’shib olib borish, mashg’ulotda boshqa mashqlar orasidagi о’yinning о’rnini tо’g’ri aniqlash о’ta muhim ahamiyatga ega. Harakatli о’yinlarni о’tkazishda joy va jihozlarni tayyorlashda gigiyenik xolatiga, kerakli jihozlarni turli tumanligi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |