“Doiraga tushir” o’yini
Bolalar davra qurib turadilar. О’rtaga katta chambarak qо’yiladi yoki doira chiziladi. Arqonchadan yasalgan yoki polga chizilgan doiraning diametri 1-1,5 m bо’ladi. Doiradan 2-3 qadam masofada davra qurib turgan bolalar qо’lida ichiga qum tо’ldirilgan xaltachalar bо’ladi. Tarbiyachining «Tashla!» degan buyrug’i berilishi bilan barcha bolalar xaltachalarni doiraga tashlaydilar. Sо’ngra tarbiyachi: «Xaltachalarini kо’tarib oling», deydi. Bolalar xaltachalarni olib, о’z joylariga kelib turadilar. О’yin 4-6marta takrorlanadi. Xaltachalarni ikki qо’llab tashlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |