О’yinning qoidalari. 1. Xar bir о’yinchi tо’pni, tо’g’ri qabul qilib olishi va tо’g’ri uzatishi lozim. 2. Tо’pni oyoqning ichki yoni bilan tepish kerak (oyoq uchi bilan tepilsa, tо’p uzoqqa ketib qoladi). 3. Tо’pni oyoklar orasidan dumalatmay, qо’lma-qо’l uzatiladi. 4. Agar finishdan tepilgan tо’p start chizig’iga yetmasa yoki yon tomonga tushsa, qatorlar boshida turgan о’yinchilar yugurib borib olishlari va о’z joylariga qaytib kelib, navbat kutib turgan о’yinchilarga uzatishlari lozim. 5. Tо’pni finishdan tepgan о’yinchilar о’z qatorlarining oldiga kelib turishlari kerak. 6. Tо’p oyoqlar tagidan uzatilganda qо’lma-qо’l qilib emas, balki dumalatib yuborilsa, tо’pni tepib-tepib yugurishda oyoq uchi bilan tepilsa, hato qilingan xisoblanadi.
Metodik kо’rsatmalar. Agar о’ynovchilar ikki qatorga bо’linib о’ynasalar, tо’pni chap tomonda bordi-yu uch qatorga bо’linib о’ynasalar, qatorlar oralig’i kengaytirilib, tо’pni о’ng tomondan olib ketiladi.
Bu о’yin, ayniqsa о’g’il bolalar uchun juda qiziqarli о’tadi, chunki unda futbolning ba’zi elementlari (tо’pni olib yurish, finishdan tepib yuborish) bor. О’yin umumiy harakatchanlikni, hushyorlikni о’stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |