Aylanma fondlar hisobga olish va rejalashtirish maqsadida uch guruhga bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarish jarayonlari uchun tayyorlangan mehnat buyumlari bo’lib, bular tarkibiga :
- xomashyo va asosiy materiallar;
- yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar;
- yordamchi materiallar;
- yoqilg’i;
- tara va o’rov materiallari;
- asosiy fondlarni joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
- ishlab chiqarish va xo’jalik inventari.
2. Tugallanmagan ishlab chiqarish - ma’lum sexda mahsulotga to’la aylanmagan, ishlab chiqarish jarayonidagi yoki texnik nazoratdagi mahsulot.
Ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish ishlab chiqarish fondlarining moddiy asosini tashkil etadi.
3. Kelgusi davr xarajatlari - aylanma fondlarning elementi bo’lib, nomoddiy shaklga ega bo’lgan ishlab chiqarishni tayyorlash, yangi mahsulotni o’zlashtirish xarajatlari bo’lishi mumkin.
Aylanma fondlar natural va qiymat ko’rinishida hisobga olinadi.
Aylanma fondlarning moddiy buyum elementlarini tejash mahsulotning material sig’imini tejab, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
korxonalarida moddiy resurslarning tejashning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
1. Ishlab chiqarish-texnikaviy yo’nalish natijasida ma’lum mahsulotning material sig’imini kamaytirish.
- yaratilyotgan mashina va mexanizmlarning texnologik sifatini saqlab qolgan holda material sig’imini kamaytirish;
- tejamkor texnologiya va uskunalarni qo’llash;
- kam chiqimli va chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish; (quyma va metallni bosim bilan ishlash va boshqa samarali metodlarni qo’llash);
- metalllarning maqsadga muvofiq turlaridan foydalanish;
- an’anaviy konstruksion materiallar o’rniga yangi o’rindosh materiallardan foydalanish.
Hozirgi vaqtda sanoatida polimer materiallar va kukun metallurgiya buyumlari keng qo’llanilmoqda. Plastik materallarni ishlatish mashina va mexanizmlar og’irligini kamaytirib o’z navbatida ularni ishlatish jarayonida yoqilg’i va energiya resurslarini tejashga imkon beradi.
Bundan tashqari polimer materialar va metall kukunlari mahsulot mehnat sig’imini kamaytiradi va ishlab chiqarishda ma’lum miqdorda metall qirquvchi uskunalarni ozod qiladi.
Aylanma mablag’lar
Muomala fondlari
Aylanma fondlar
Iste’molchiga jo’natilgan va to’lanmagan mahsulotlar
Ishlab chiqarish jamg’armalari
Kelgusi davr harajatlari
Qimmatli qog’ozlar
Hisob qilinmagan pul mablag’lari
Tugallanmagan ishlab chiqarish
Bankda hisob varag’idagi pul mablag’lari
Skladdagi tayyor mahsulot
Me’yorlashtirilmagan tayyor mahsulot
Me’yorlashtirilgan aylanma mablag’lar
Do'stlaringiz bilan baham: |