Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Kremnozemli  va  alyumosilikatli  chiqindilar  asosidagi  materiallar



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Kremnozemli  va  alyumosilikatli  chiqindilar  asosidagi  materiallar.  Bir 
qator  kimyo-texnologiyasi  ishlab  chiqarishida  kremnozemli  va  alyumosilikatli 
chiqindilar  hosil  bo‘ladi.  Masalan,  kremnoftoristo-  vodorodli  kislotalarni  ftoristli 
brikmalarga  birinchi  bosqichda  qayta  ishlashda  kremniyli  kislotaning  amorfli 
cho‘kindisi kremnogel hosil bo‘ladi (SiO
2
*nH
2
O). 
Tarkibida  90  %  gacha  SiO
2
  bo‘lgan  quritilgan  kremnogel  tabiiy  kremnozem 
tarkibli  materiallar  o‘rniga  ishlatilishi  mumkin.  Shuningdek,  quyma  betonlar 
texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda kremnogel samarali suv tutib qoluvchi 
qo‘shilma sifatida xizmat qiladi. 
Kremnozemli  chiqindilardan  turli  hil  qayta  ishlangan  katalizatorlar  orqali 
dekorativ  shishakristalli  material  sigran  sintez  qilingan  bo‘lib,  u  tabiiy  toshlar 


(granit  va  marmar)  ko‘rinishini  eslatadi.  Katalizatorlar  tarkibidagi  rangli  metallar 
(rux, mis, nikel va x. k) sigranni turli hil ranglarga bo‘yaydi. 
Sigran dastlabki  eritmani  presslash  usulida  plitka  ko‘rinishida  tayyorlanadi. 
Plitkalarning  tashqi  yuzasiga  ishlov  beriladi  (silliqlanadi),  ichki  qismi  esa  g‘adir-
budirli  qilinadi.  Plitkalarning  o‘lchami  48x48  mm  dan  300x300  mm  gacha, 
qalinligi  4...22  mm  bo‘ladi.  Bunday  plitkalar  maishiy  xizmat  ko‘rsatish  bino  va 
inshootlarning  tashqi  va  ichki  devorlarini  pardozlashda,  interer  va  zallarni 
bezashda,  shuningdek,  bino  poydevorlarini  himoyalash  va  manzarali  bezashda 
samarali qo‘llaniladi. 
Kremnozemli mahsulotlarga superfosfat ishlab chiqarish chiqindilari kiradi. 
Ular  namligi  40...50  %  li  bo‘tqa  bo‘lib,  quritilgach  yupqa  dispersli  oq  rangli 
kukunga aylanadi. Ushbu kukunning solishtirma yuzasi 10000 sm
2
/g. 
Ushbu  chiqindilardan  manzarali  pardozbop  material-buyumlar  ishlab 
chiqariladi.  Xom  ashyo  aralashmasi  quyidagi  komponentlardan  iborat  bo‘ladi 
(massasiga  nisbatan,  %  da):  marmar  uni-60...65;  oq  portlandsement-5...12; 
superfosfat  chiqindilari-6...10;  kalsiy  steorati-0,5...3;  suyuq  shisha-6...15.  Xom 
ashyolardan  10...15  MPa  bosim  ostida  presslash  usulida  buyumlar  tayyorlanadi 
(bunda  xom  ashyoga  150...170 
O
S  haroratda  termik  ishlov  beriladi).  Bunday 
materiallarning  siqilishdagi  chegaraviy  mustahkamligi  50...60  MPa,  egilishdagi 
15...18  MPa,  o‘rtacha  zichligi  2000...2200  kg/m
3
,  48  s.dagi  suv  shimuvchanligi 
2...4 %. Ular pardozbop sopol materiallarga nisbatan 30...50 % arzon hisoblanadi. 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish