3-Modul.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilari
11-ma’ruza.
Tog‘–kon materiallari sanoati chiqindilaridan olinadigan materiallar
Reja:
1. Chiqindilarning umumiy tavsiflari.
2. Temirli kvarsitlar asosidagi noruda materiallar.
3.Noruda material chiqindilaridan olinadigan qurilishbop materiallar.
Chiqindilarining umumiy tavsiflari.
Tog‘-kon sanoatida temirli va rangli metallar, shuningdek, noruda materiallar
kon zaxiralarini qazish va qayta ishlash jarayonida ikki hil tipdagi ikkilamchi
mahsulotlar hosil bo‘ladi: tog‘-kon ishlarini bajarishda hosil bo‘ladigan (g‘ovak va
zich) jinslar va tog‘-boyitish kombinatlarining chiqindilari.
Qazilma tog‘-kon sanoati ikkilamchi mahsulotlarining eng samarali
qo‘llanilish sohasi bu noruda qurilish materiallari sanoatidir. Noruda qurilish
materiallarini ishlab chiqarishda ikkilamchi qaziladigan jinslar qora va rangli
metall konlarini qazish va qayta ishlashda hosil bo‘ladigan quruq va ho‘l
boyitilgan chiqindilar, qurilish shag‘ali ishlab chiqarishdagi qoldiqlar, asbest,
bazalt va boshqa materiallarni ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladigan boyitilgan
chiqindilar samarali qo‘llaniladi.
Temirli konlarni qayta ishlashda ikkilamchi mahsulot sifatida “kvar- sitli”
yoki unga yaqin bo‘lgan jinslar hosil bo‘ladi. Ularning tarkibidagi qayta ishlanishi
mumkin bo‘lgan foydali qazilmalar 50 % gacha yetadi.
Temirli kvarsitlar asosan temir va kremnozem oksidlaridan iborat bo‘ladi.
Boyitilishga yaroqsiz temirli kvarsitlar va boshqa yemirilgan jinslar uyumlarga
chiqariladi. Ulardan alohida og‘ir betonlar olish uchun yirik to‘ldiruvchilar
tayyorlash mumkin. Bunday materiallarning haqiqiy zichligi 2,8...4,6 g/sm
3
,
o‘rtacha zichligi 2600...4100 kg/m
3
.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha tog‘-boyitish kombinatlarining chiqindilarini uch
guruhga bo‘lish mumkin: kvarsli (SiO
2
>65%), silikatli (SiO
2
<65, Fe<15 %) va
temirli (Fe>15 %). Dispersligi va zichligining yuqoriligi sababli ularni beton uchun
to‘ldiruvchi sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Boyitilgan “kvarsli” qoldiqlar
1550...1950 kg/m
3
zichlikka ega bo‘ladi, yiriklik moduli 1,5...2 teng.
Qayta ishlangan tog‘ jinslarining ma’lum bir qismi “kvars-temirli bo‘tqa”
holatida uyumlarga chiqariladi. Ushbu chiqindilar yupqa dispersli kukunlardan
iborat bo‘lib, tarkibi 10...30 % gacha 0,16 mm dan katta fraksiya - lardan tashkil
topgan bo‘ladi. Bunday chiqindilarni beton uchun ishlatilganda gidravlik
klassifikatorlar yordamida fraksiyalash samarali hisoblanadi.
Pardozbop toshlarni tayyorlashda, shuningdek, tog‘ jinslaridan chaqiq tosh
olishda va ohak ishlab chiqarishda tosh unisifat cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi.
15>Do'stlaringiz bilan baham: |