Kirish
Ushbu o‘quv uslubiy majmuada “Sanoat chiqindilari asosida qurilish
materiallari ishlab chiqarish” fanining mazmuni, predmeti va metodi, mohiyati,
uning maqsadi va vazifalari, ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari,
sanoat chiqindilarining atrof muxitga ta’siri, kimyo sanoati chiqindilarini qurilish
materiallari ishlab chiqarishdagi nazariy asoslari, energetika sanoati chiqindilari
asosidagi bog‘lovchi materiallar va sanoat chiqindilari asosida beton va temir-
beton buyumlar ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi, O‘zbekiston
Respublikasida sanoat chiqindilari asosida yengil betonlar ishlab chiqarishni va
shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-
ketlikda o‘z aksini topgan. “Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab
chiqarish” fanini chuqur o‘rganish tegishli sohalar muammolarini hal qilishda
muhim rol o‘ynaydi.
“Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish” fanining
asosiy maqsadi – talabalarda
qurilish materiallarini ishlab chiqarishda sanoat
chiqindilarining nazariy asoslari, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda
foydalanishi mumkin bo‘lgan sanoat chiqindilarini tanlay olishi, sanoat
chiqindilari asosidagi zamonaviy qurilish materiallarini yaratish, qurilish
materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanishdagi texnik
iqtisodiy samarani aniqlay olishi, tabiiy resurslarni maksimal tejash bo‘yicha
nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:
g‘ovak to‘ldirgichlar va ular asosida yengil betonlar olish;
sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish;
kasbga malakaviy talablar;
yog‘ochni qayta ishlash sanoati chiqindisiz va boshqa o‘simlik xom
ashyolardan qurilish materiallari olish;
metallurgiya sanoati chiqindilaridan qurilish materiallari ishlab
chiqarishning nazariy asoslari;
yoqilg‘i va energetika sanoati chiqindilari materiallari;
betonlarda aktiv qo‘shimcha sifatida kullarni ishlatish va ularni tarkibi
bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Ushbu fanni 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini
ishlab chiqarish, 5341800 – Devorbop va pardozbop qurilish materiallari
texnologiyasi, 5341900 – Yig’ma temir beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab
chiqarish texnologiyasi, 5320100 – Materialshunoslik va yangi materiallar
texnologiyasi (qurilish) ta’lim yo‘nalishlarining 2 kurs talabalari 4 semestrida
o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |