Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

 
5-Modul. 
Shahar xo‘jaligi chiqindilari. 
18-ma’ruza 
Polimer chiqindilaridan qurilish materiallari ishlab chiqarish 
Reja: 
1.  Polimerlar haqida ma’lumot. 
2.   Polimer chiqindilaridan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan qurilish materiallari.  
3.   Materiallar ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi.  
     
Rezina-kauchuk chiqindilaridan olinadigan materiallar. Katta miqdordagi 
bunday chiqindilarga ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan rezina buyumlar (konveyer 
tasmalari, transport vositalarining shinalari, rezina gilamlar, poyafzal va x. k kiradi 
GOST  25621-83,  GOST  15836-79).Ushbu  chiqindilar  tarkibida  kuchuk  ham 
bo‘lib, ayrim chiqindilar tarkibida uning miqdori 50 % gacha etadi. 
Ishlatilishga  yaroqsiz  bo‘lib  qolgan  shinalar  tarkibida,  masalan  1  t 
chiqindilardan 700...750 kg rezina, 130...150 kg kimyoviy tola va 30...40 kg po‘lat 
olish  mumkin.  Rezina  mahsulotlarni  qayta  ishlashning  asosiy  usuli  ularni 
regeneratlashdir. YA’ni, mahsulotga maxsus ishlov berilgach, ularga yumshatuvchi 


plastik  qo‘shilma  qo‘shilib  regeneratga  aylantiriladi.  Eskirgan  rezinalar 
maydalanib,  o‘lchamlari  1,5  mm  gacha  bo‘lgan  kukun  shakliga  keltiriladi. 
Kauchuk  ishlab  chiqarishda  1  t  regeneratni  qo‘llash  orqali  500  kg  gacha  sun’iy 
kuchukni tejash mumkin. 
Rezina  kroshkasi  va  mayda  tuyilgan  rezina  kukunlari  rezinali  qorishmalar 
uchun ingibator sifatida qo‘shilishi mumkin. Natijada yuqori texnik xossalarga ega 
bo‘lgan rezinalar olinadi. 
Rezinokordli  chiqindilar  asosida  o‘rama  va  plitkali  materiallar  olish 
texnologiyasi  ishlab  chiqilgan.  O‘rama  materiallar  eni  1,2  m  gacha,  qalinligi  10 
mm  va  uzunligi  10  m  dan  ortiq  to‘shama  ko‘rinishida,  plitkalar  esa  o‘lchami 
600x600  mm  va  qalinligi  8  mm  kvdrat  shaklida  ishlab  chiqariladi.  Ushbu 
materiallar  issiq  saqlovchi,  tovush  yutuvchi  va  dekorativ  qoplamalar  sifatida 
qo‘llaniladi. 
Qayta  ishlangan  rezina  chiqindilari  gidroizolyasiyalovchi  qurilish  mate- 
riallari,  polbop  materiallar,  yelimlar,  mastika  va  germetiklovchi  tarkiblar  ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi. 
Rezina-kauchuk  uvoqlaridan  optimal  texnologik  qo‘rsatkichlari  bo‘yicha 
bo‘tqasimon “bitum-rezinali” va “bitum-qatronli” bog‘lovchi materiallar olinadi. 
Bitum-rezinali  himoyalovchi  bo‘tqa  tom  bitumlari,  maydalangan  rezina 
qipiqlari,  plastiklovchi  va  antiseptik  qo‘shilmalarning  bir  jinsli  aralashmasidan 
iborat  bo‘ladi.  Ular  MBR-65,  MBR-75,  MBR-90  va  MBR-100  markalarda  ishlab 
chiqariladi.  Bunday  bo‘tqalar  boshqa  mastikalarga  nisbatan  yuqori  elastiklikka, 
egiluvchanlikka va sovuqbardoshlik xossalariga ega. Bitum-rezinali bo‘tqalar ko‘p 
qatlamli o‘rama tom yopmalarni yopishtirish va yelimlab ulash uchun ishlatiladi. 
Qatron-rezinali  bo‘tqa  qatronli  bog‘lovchi  va  rezinali  to‘ldiruvchilardan 
tayyorlanadi.  Bunday  tom  bo‘tqalarning  MDK-G-50,  MDK-G-60  va  MDK-G-70 
kabi  markalari  ishlab  chiqariladi.  Qatronli  bo‘tqalar  bino  tomlarining 
gidroizolyasiyasini  ta’minlashda,  shuningdek,  qatronli  o‘rama  materiallarni 
yopishtirish va yelimlab ulash uchun ishlatiladi. 
Mastika  (GOST  2889-80)  bitum-rezinali  bo‘tqaga  maxsus  plastiklovchi 
qushilmalarni (poliolefin, butilkauchuk) qo‘shish orqali olinadi. Bitumli mastikalar 
arzon  va  materialga  yaxshi  yopishadi.  Ular  sovuq  (ishlatishga  tayyor)  va  issiq 
(ishlatishdan oldin 160...180 
0
C da isitilib suyuq holatga keltirilgan) hillarda ishlab 
chiqariladi. 
Mastikalar  -40 
0
C  gacha  sovuq  muhitda  ham  xossalarini  yo‘qotmaydi.  Ular 
asosan  beton  qoplama  choklarini  to‘ldirishda,  sementbetonli  yo‘l  qoplamalarini 
ta’mirlashda,  shuningdek,  zararli  muhit  ta’sirida  ishlatiladigan  konstruksiyalarni 
zanglashdan himoyalash uchun ham qo‘llaniladi. 


Bitum-rezinali  bog‘lovchilar  asosida  olinadigan  samarali  o‘rama  gidro- 
izolyasiyalovchi materiallarga izol, brizol, folgoizol, gidrobutil, poroizol va relinlar 
kiradi. 
Izol  (GOST  10296-79)    asossiz    o‘rama    tombop    gidroizolyasiyalovchi  
material 
bo‘lib,  suvga  va  chirishga  yuqori  chidamli,  shuningdek, 
deformatsiyalanish  xususiyatiga  egadir.  Izol  tayyorlash  uchun  yaroqsiz  rezina 
chiqindilari  bolg‘ali  maydalagichlarda  1mm  o‘lchamgacha  maydalanadi,  so‘ngra 
regeneratlashtiriladi va bitum aralashmasi bilan qorig‘ichda 170...180 
0
C haroratda 
bir jinsli massa hosil bo‘lguncha qoriladi. 
Izol  varaqlardan  tom  plitalari  qirqib  olinadi.  Izol  tarkibidagi  qo‘shilmalar 
konsentratsiyasi  miqdorining  yuqoriligi  plitalarga  yuqori  mustahkamlik  va 
qattiqlik beradi. 
Brizol  o‘zining  tarkibi  va  xossalariga  ko‘ra  izolga  yaqin  material  hisoblanadi. 
Brizol neft bitumi,  rezina  kukuni,  asbest tolasi  va  plastiklovchilar  aralashmasidan 
iborat  massani  prokatlash  usulida  olinadi.  Brizol  40  %  konsentratsiyali  sulfat 
kislotasiga va 20 % xlorid kislotasiga 60 
0
S haroratgacha bardoshli bo‘ladi. Brizol 
ikki markaga bo‘linadi: o‘rtacha (Br-S) va yuqori mustahkam (Br-P ). 
Izol va brizol bino yerto‘lalarini gidroizolyasiyalashda, yer osti quvurlar va 
kommunikatsiyalarni,  suv  havzalari  konstruksiyalarini  zanglashdan  himoyalashda 
va tom yopmalarida ishlatiladi. 
Folgoizol  (GOST  20479-84)  yupqa  alyuminiy  folgasi  va  unga  qoplangan 
bitum-rezinali himoya qatlamidan iborat o‘rama material. Uning eni 1 va uzunligi 
10 m bo‘ladi (7.5-rasm). 
Folgoizol  quvurlarni  gidroizolyasiyalashda,  bino  tomlarini  qoplashda, 
poydevor  va  ko‘prik  qismlarini,  shuningdek  basseynlar  tubini  gidroizol- 
yasiyalashda  va  choklarni  berkitishda  ishlatiladi.  Folgoizol  qurilishda  avval  keng 
hajmda  ishlatilib  kelingan  tol  ya’ni,  qora  qog‘ozdan  bir  muncha  pishiqligi  bilan 
farqlanadi. 
Folgoizol  biroz  eritilib  to‘shash  orqali  qoplanadi.  Ma’lumki,  keyingi 
vaqtlarda folgoizoldan yurtimizning, ayniqsa cho‘l xududlarida, jumladan, Buxoro, 
Xorazm  viloyatlarida  bino  va  inshootlarning  sho‘rlab  va  zaxlab  ketishi  oldini 
oluvchi qurilish materiali sifatida keng foydalanilmoqda. 
Gidrobutil  (GOST  30547-97)  butil  kauchuk  asosida  rezina  kukuni 
aralashmasidan  olinadigan  gidroizolyasiyalovchi  o‘rama  materialdir.  Ushbu 
material  “Gidrobutil-1”  va  “Gidrobutil-2”  kabi  markalarda  ishlab  chiqariladi. 
Gidrobutil  ishlatiladigan  haroratlar  chegarasi  -45 
0
S  dan  +150 
0
C  gacha.  Ular 
mikroorganizmlardan  shikastlanishga  turg‘un.  Gidrobutilni  yopishtirish  uchun 
sovuq va qaynoq bitum-rezinali bo‘tqalar ishlatiladi. 


Poroizol  (TSh  7-149:2001)  elastik  g‘ovakli  bog‘lam  bo‘lib,  asosan  eskirgan 
rezinalardan  tayyorlanadi.  Rezina  qayta  ishlanib  uvoqlanadi  va  neft  distilati  bilan 
birgalikda 
devulkanizatsiyalanadi, 
so‘ngra 
massaga 
antiseptikli 
vulkanizatsiyalovchi (g‘ovak hosi qiluvchi) qo‘shilma kiriiladi. 
Poroizol to‘g‘ri burchak kesimli, o‘lchamlari 30x40, 40x40 mm va eshilgan, 
diametri  10...60  mm  ko‘rinishda  ishlab  chiqariladi.  Poroizol  tashqi  devor 
panellarining  tik  va  gorizontal  choklarini  germetiklash,  shuningdek,  deraza 
bloklarining  tashqi  devor  panellari  bilan  tutashgan  joylarini  berkitish  va  zichlash 
uchun ishlatiladi. 
Relin (rezinali linoleum) ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, pastki qatlami 
oldin  ishlatilgan  rezina  kukuni  va  neft  bitumi,  asbest  va  ip  gazlamali  dispers 
armaturalardan  ozroq  miqdorda  qo‘shilgan,  vulkanizatsiyalangan  aralashma 
qotishmasidan iborat (GOST 16914-71). 
Relin  yupqa  va  mustahkam,  ustki  qatlami  sun’iy  kauchuk  asosida  kukun 
to‘ldiruvchi  qo‘shib  tayyorlangan  rangli  rezinadan  tashkil  topgan.  Relin  uzunligi 
12  m  gacha,  eni  1...1,60  m  va  qalinligi  3  va  5  mm  bo‘lgan  o‘ram  holda  ishlab 
chiqariladi.  Relin  issiq  saqlash  va  tovush  himoyalash  xususiyatiga  ega  bo‘lishi 
uchun qalinligi 4...6 mm li yacheykali g‘ovakli asosda ham tayyorlanadi. 
Relinning  sirti  silliq,  rangi  bir  hil  tusli  yoki  turli-tuman  tomirli  marmarga 
o‘xshash  bo‘ladi.  U  elastik  bo‘lib,  suv,  kislota  va  ishqorlar  ta’siriga  barqoror  va 
chidamli. Relin jamoat va sanoat binolari, yordamchi xonalar hamda zararli muhit 
ta’sirida bo‘ladigan xonalarning pollariga qoplanadi. 
Rezina  plitkalar  relin  olinadigan  komponentlarning  o‘zidan  olinadi. 
O‘lchamlari  300x300,  500x500  mm,  qalinligi  3,5  va  10  mm  qilib  ishlab 
chiqariladi.  Ular  suvga,  kislotalarga,  issiq  va  ishqorli  muhitga  chidamli  bo‘ladi. 
Issiq va tovush o‘tkazuvchanligi kam, edirilishga chidaml, egiluvchan va elastik. 
Rezina plitkalar sanoat va jamoat binolarida, namlik yuqori bo‘lgan joylarda 
ishlatiladi.  Plitkalarni  yopishtirish  uchun  bitum-rezinali  yoki  kumaron-kauchukli 
mastikalar ishlatiladi. 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish