Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Fosfogips asosidagi gipsli bog‘lovchilar (GOST 125-79)



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Fosfogips asosidagi gipsli bog‘lovchilar (GOST 125-79). Fosfogipsni qayta 
ishlash  orqali  gipsli  bog‘lovchi  materiallar  ishlab  chiqarish  samarali 
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Fosfogips tarkibida 80...90 % gips mavjud bo‘lib, 
u gipsli xom ashyoga kiradi. Fosfogipsning yuqori dispersligi (3500...3800 sm
2
/g) 
tufayli uni maydalash va tuyish jarayonlari talab etilmaydi. 
Fosfogips 
tarkibidagi 
suvda 
eriydigan 
fosfor 
va 
fosfor 
tarkibli 
qo‘shilmalarning  mavjudligi  fosforli  chiqindilarni  qayta  ishlash  jarayonini 
qiyinlashtiradi. Fosfogips asosida olinadigan bunday gipsli bog‘lovchilarning sifati 
nisbatan  pastroq  bo‘ladi.  Chunki  fosfogips  tuzilishida  g‘ovaklar  ko‘p  bo‘lganligi 
sababli  uning  suv  talabchanligi  yuqoridir.  Masalan,  oddiy  qurilish  gipsining  suv 
talabchanligi 50...70 %  bo‘lsa,  me’yoriy  fosfogips xamirini olish  uchun 120...130 
% suv sarflash talab qilinadi. 
Hozirgi  paytda  fosfogipsdan  gipsli  bog‘lovchilar  ishlab  chiqarishning  bir 
qator texnologiyalari ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan. 
Yuqori  mustahkam  fosfogipsli  bog‘lovchi  olish  usullaridan  biri  fos- 
foyarimgidrat  asosidagi  texnologiyadir  (fosfoyarimgidrat-ekstraksionli  fosfor 
kislotasini yarimgidratli sxemada ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindi). Bu 
quyidagi  qayta  ishlash  bosqichlaridan  iborat:  fosfoyarim-  gidratni  tuyish  va 
faollashtirish;  maxsus  qo‘shilma  yordamida  suyuqlantirish  va  keyingi  bosqichda 
lentasimon  vakuum  filtrda  eritmani  filtrlash;  qattiq  fazalarni  yuvish  va 
gigroskoplik namligi qolmaguncha quritish. 


Fosfoyarimgidratdan  gipsli  bog‘lovchilar  olish  ishlari  uchta  asosiy  yo‘nalish 
bo‘yicha amalga oshiriladi: 
yuqori  mustahkam  va  oddiy  qurilish  gipsini  ishlab  chiqarish  uchun  xom 
ashyoni ikki molekula suvli gipsgacha gidratatsiyalash; 
quritish orqali faollashtirish; 
qotirish  faollashtiruvchilarini  kiritish  orqali  angidrid  hosil  bo‘lguncha 
kuydirish. 
Qotishni  faollashtiruvchi  qo‘shilmalar  sifatida  turli  hil  ftorli  birikmalar 
qo‘llaniladi.  Fosfoyarimgidratdan  olinadigan  fosfogipsli  bog‘lovchilarning  fizik-
mexanik xossalari quyidagicha (O‘zRSt 768-97): 
uyma  zichligi  1190...1270kg/m
3
;  suv  talabchanligi  32...38  %;  qotishining 
boshlanishi  8...10  min.  tugashi  11...14  min.  Mustahkamligi  1,5  soatdan  keyin: 
siqilishdagi  6...9  MPa,  egilishdagi  3...4  MPa;  1  kunlikdagi:  siqilishdagi  10...16 
MPa,  egilishdagi  5...7  MPa;  doimiy  massagacha  quritilgach  siqilishdagi  30...40 
MPa, egilishdagi 7...9 MPa. 
Fosfogips  asosidagi  suvga  chidamli  bog‘lovchilar  sement  va  putssolanli 
qo‘shilmalarni  aralashtirish,  shuningdek,  fosfogips  eritmasini  turli  hil  gidravlik 
komponentlarni  (masalan,  nefelinli  shlam,  metallurgiya  Shlaklari  va  x.  k.lar) 
birgalikda issiqliq bilan qayta ishlash orqali olinadi. 
Odatda  1  t  bog‘lovchi  olish  uchun  1,5  t  nam  fosfogips  va  0,1  t  qo‘shilma 
sarflanadi.  Bog‘lovchining  solishtirma  yuzasi  3000...4500  sm
2
/g  bo‘lganda  uning 
suv  talabchanligi  35...40  %    buladi.  Qotishining  boshlanishi  30...60  min.dan, 
tugashi  80...120  min.  keyin  sodir  bo‘ladi.  Siqilishdagi  mustahkamligi  3  soatdan 
keyin 6...7 MPa, doimiy massagacha quritilgach 20...40 MPa bo‘ladi. 
Qurilish  gipsi  fosfogipsni  ohak  bilan  suyuq  holatda  neytrallashtirib,  so‘ngra 
quritilgach maxsus barabanda degidratlash orqali olinadi. Ushbu texnologiya orqali 
olingan qurilish gipsining suv talabchanligi (me’yoriy quyuqlikka erishishi uchun) 
60...70  %,  qotishining  boshlanishi  6...12  min,  tugashi  10...20  min,  2  soatdagi 
siqilish bo‘yicha mustahkamligi 5...6, egilish- dagi 2,4...3 MPa. 
Angidridli  bog‘lovchilar  fosfogipsni  600...700 
0
C  haroratgacha  qizdirish 
orqali olinadi. Bunday bog‘lovchilar tarkibiga 1,2...2 % tuyilgan ohak qo‘shilganda 
tez  qotish  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Qotishini  tezlatuvchi  katalizator  sifatida 
kuydirilgan dolomit (3...8%), natriy sulfat (0,5...1 %) va boshqa qo‘shilmalar ham 
ishlatilishi 
mumkin. 
Bunday 
qo‘shilmalarni  kiritish  orqali  angidridli 
bog‘lovchilarning  28  kundagi  siqilish  bo‘yicha  mustahkamligini  20  MPa  gacha 
yetkazish mumkin. 
Suvga  chidamli  fosfogipsotsement-putssolanli  bog‘lovchilar  asosida  sinfi 
V3,5...V7,5  bo‘lgan  yengil  keramzitbetonlar  tarkibi  ishlab  chiqilgan.  Bunday 


betonlar  3  soatda  30...35  %,  bir  kunda  40...45  %  va  7  kunda  100  %  loyihaviy 
mustahkamlikka erishadi. 
Gipskeramzitbeton  mustahkamligining  dastlabki  vaqtda  tez  oshishi 
buyumlarni issiqliq bilan qotirishni talab qilmaydi, qoliplarni esa 30...40 min keyin 
ochish mumkin va x. k. Natijadatexnologik jarayonlar tezlashadi va buyumlarning 
tannarxi 10...15 % kamayadi. 
Fosfogipsli  chiqindilardan  olinadigan  gipsli  bog‘lovchilar  gips  sanoatida 
samarali  qo‘llaniladi(GOST  6266-89).  Hozirgi  paytda  ulardan  oradevor  plita  va 
bloklari,  manzarali va  akustik plitalar,  yengil betonlar, turli hil gipskartonli listlar 
ishlab chiqariladi (4.3...4.5 rasmlar). 
 
 
 
 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish