V3,5...V10 bo‘lgan keramzitbetonlarning sovuqbardoshligi 35 sikldan, sinfi V15...V25 niki esa
50 sikldan yuqori bo‘ladi.
Fosforli shlaklarning kimyoviy tarkibi portlandsement klinkerini ishlab chiqarishda
ishlatiladigan gilli komponentlarni qisman yoki to‘liq almashtirish imkonini beradi. Odatda
fosforli Shlak 5...10 % miqdorgacha qo‘shiladi, natijada klinker bo‘tqasi qoniqorli
oquvchanlikka ega bo‘ladi.
Tarkibida 3 % gacha R2O5, 1...2 % ftor va 1...1,5 % margenets oksidlari mavjud bo‘lgan
fosforli shlaklar portlandsement klinkerining faolligiga ijobiy ta’sir qiluvchi va kuyishini
tezlatuvchi kompleksli mineralizator va legirlaydigan faol qo‘shilmalar hisoblanadi. Fosfor
oksidi 0,3 % gacha bo‘lganda klinker faolligining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Klinker
tarkibida 0,2...0,3 % gacha R2O5 bo‘lishi uchun xom ashyodagi fosforli Shlaklar miqdori 8...10
% tashkil qilishi kerak. Fosforli Shlaklarning ushbu miqdorida xom ashyo aralashmasining
dekarbonizatsiyalanishi ancha past haroratda boshlanadi va bir hil davom etadi. Kuydirish
harorati 100...150 0S gacha kamayadi. Bu esa solishtirma yoqilg‘i sarfining kamayishini va
xumdon-o‘choqlar unumdorligining 5...6 % oshishini ta’minlaydi. Shuningdek, portlandsement
klinkerining gidravlik faolligi 5...10 MPa gacha ortadi (28 kunlikda).
Fosforli shlaklar tarkibidagi kremnozem miqdori yuqori bo‘lganligi sababli ular sulfatga
chidamli portlandsement ishlab chiqarishda kremnozemli qo‘shilmalar o‘rniga to‘liq qo‘llaniladi.
Bunday sementning sulfatga chidamlilik koeffitsienti va mustahkamlik ko‘rsatkichlari sulfatli
eritma- larda qotirilganda 10...15 % ortadi.
Fosfor-Shlakli sementning tutib qolish muddati (tishlashishi) shlak miqdori ortganda
sekinlashadi. Ushbu hildagi sementning mustahkamligi dastlabki vaqtda (28 kungacha) odatdagi
sementlarnikiga nisbatan kam bo‘ladi (ayniqsa fosforli shlaklar miqdori yuqori bo‘lganda).
Ammo 4...5 oydan keyin uning mustahkamligi xumdon o‘choqlari shlaklari asosidagi sement
mustahkamligidan yuqori bo‘ladi. Fosfor-Shlakli sementlar issiq-nam bilan ishlov berilganda bir
hil qotadi.
Fosfor-shlakli eritmalardan olinadigan materiallar. Fosfor-Shlakli eritmalardan shlakli
pemza, shlakli paxta va quyma buyumlar olinadi (GOST 4640-93, GOST 21880-94).
Shlakli pemza fosforli Shlaklar tarkibini o‘zgartirmasdan odatdagi texnologiya bo‘yicha
ishlab chiqariladi. Shlakli pemza shishasimon mayda g‘ovakli tuzilishga ega bo‘lib, uyma
zichligi 600...800 kg/m3 teng.
Fosfor-shlakli paxta o‘rtacha zichligi 80...200 kg/m3 bo‘lgan mayda ingichka tolali
dispersli materialdir
Do'stlaringiz bilan baham: