JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ENERGETIKA va Radioelektronika fakulteti
“Radioelektronika” kafedrasi bitiruvchisi 318-17 E va A guruhi talabasi Nurmamatov Dilshod Ilhom o’g’lining bitiruv malakaviy ishiga rahbarning
XULOSASI
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi:
LC va RC sinusoidal generatorlar zanjirini EWB dasturida modellashtirish
Mavzuning dolzarbligi
Past va yuqori chastotali radiosignallarni hosil qiluvchi radioelektron qurilmalarni ishlab chiqarish, ulardan radioaloqa va telekommunikatsiya texnologiyalarda foydalanishni takomillashtirish hozirgi davr talabidir. Bitiruv malakaviy ishi elektr energiyasini past chastotali radiosignallarni hosil qiluvchi signal generatorlarini tuzilishi, ishlash prinsipini o’rganish, generator sxemalarini tahlil qilishga bag’ishlangan. Radioaloqa qurilmalarida elektron mikrosxemalarni ishlab chiqarish hozirgi davrning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Radio va teleeshittirishning zaruriy qismlar bo’lmish sinusoidal generatorlar zanjirini modellash va ularning virtual tajribalarini yaratish hozirgi davrda telekommunikatsiya sohasida o’qitishning muhim bo’g’ini hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining yutuq va kamchiliklari
Bitiruv malakaviy ishi “Electron Workbenche” dasturini o’rganish va dasturlash ko’nikmasini hosil qilish, radiotexnik zanjirlarni tahlil qilish, prinsipial sxemalarini qurish, berilgan radiotexnik zanjirlar prinsipial sxemasi asosida ularni Elektron Workbench va Multisim kompyuter dasturida modellashtirish kabi ishlarni o’z ichiga olgan. Xususan, sinusoidal generatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan, ularni rostlash sxemalari tahlil qilingan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi kirish, iqtisodiy qism, hayot faoliyati xavfsizligi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi kabi qismlardan iborat.
Loyihaga qo‘yilgan baho
Bitiruv malakaviy ishi unga qo’yilgan talab bajarilgan bo‘lib, yaxshi bahoga himoya qilish imkoniyati mavjud.
BMI rahbari: Mustofoqulov Jabbor Axmatqulovich __________
2021 yil “___”____________
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ENERGETIKA va Radioelektronika fakulteti
“Radioelektronika” kafedrasi bitiruvchisi 318-17 E va A guruhi talabasi Nurmamatov Dilshod Ilhom o’g’lining bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi:
LC va RC sinusoidal generatorlar zanjirini EWB dasturida modellashtirish.
BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishi belgilangan mavzu asosida berilgan topshiriqqa mos ravishda aniq hisob-kitoblar bilan bajarilgan. Adabiyotlar tahlili asosida “Electron Workbenche” dasturida radiotexnik sxemalarni tuzish va uni hisoblash dasturlarini o’rganish bo’yicha ko’nikma va malakalar shakllantirilgan.
Radioelektron zanjirlarni prinsipial sxemalarini tahlil qilingan. LC va RC sinusoidal generator qurilmalarini rostlash sxemalari aniq misollar bilan tahlil qilingan.
Uchinchi bobda yuqori chastotalar generatori va 88-108 MGs diapazonli “FM” radiouzatkich sxemasi “Multisim”da loyihalangan va ushbu ish bo’yicha virtual laboratoriya ishi yaratilgan.
Ushbu Bitiruv malakaviy ishini radioelektron zanjir sxemalarini o’rganishda va ularga oid laboratoriya ishlarini virtual shaklda bajarish uchun foydali deb hisoblayman.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING KAMCHILIKLARI
Bitiruv malakaviy ishida ayrim imlo xatolarga yo‘l qo‘yilgan.
Taqrizchining loyihaga qo‘ygan bahosi “____________”
Taqrizchi:___________________________________________________________________________________________________________________________
(Taqrizchining ish joyi, lavozimi, F.I.SH.)
“____” __________ 2021 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |