Jizzax politexnika instituti arxitektura va qurilish fakulteti


VI. Ishlarni bajarishning taqvimiy rejasi



Download 1,98 Mb.
bet6/8
Sana28.06.2022
Hajmi1,98 Mb.
#715831
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
курслойиха лотинча Sharif

VI. Ishlarni bajarishning taqvimiy rejasi

YUqorida hisobdan o‘tkazilgan oltita asosiy ishlarni taqvimiy rejaga, ishlar chiziqlarini gorizontal proeksiyasi ko‘rinishda o‘tkazamiz. Qorishmalarni tayyorlash, ashyolarni kran bilan ko‘tarish va boshqa shu kabi yordamchi ishlarning chiziqlarini taqvimiy rejada ko‘rsatamiz. SHu erda ishchi kuchlarining harakatlanish grafigini chizamiz.


Qorishma tayyorlovchi shaxobchada 1md yordamchi ishchi qorishma aralashtirgichga ashyolarni to‘ldiradi. 10 smena davomida 3,3 (23-b) kishi-kunga teng mehnattalablik bajarilishi lozim. Agar bitta ishchi qabul qilinsa, u ishni bajarishga ulgurmaydi, ikkita ishchi qabul qilinsa, ular smena davomida ish bilan to‘liq ta’minlanmaydi. 2 kishi qabul qilish, quyidagi shart bilan bo‘ladi, ularning bittasi devorlarni tiklashga kran bilan ashyolarni ko‘tarishda ishlayotgan takelajchiga yordam berib turadi. Bu ishlarning birgalikdagi mehnattalabligi 1,8 + 3,66 + 1,27 = 6,73 (7-25-26-band) kishi- kun.
Ishni 10 smenada bajarish uchun 2 md li 3-nchi ishchini qabul qilamiz.
50 % g‘ishtni taglikka taxlashni mehnattalabligi – 6,62 (27-b) kishi-kunni tashkil etadi. Ishni bajarish uchun 1md li ikkita yordamchi ishchini qabul qilamiz, bulardan bittasi faqat shu ishni bajaradi, ikkinchisi yarim smena 2-kran bilan ishlaydi, ya’ni devorga ishlatilmaydigan ashyolar (eshik, deraza bloklari, zina, plita, armatura, beton va boshqalar)ni kranda ko‘taradi.


Brigada tarkibi 10 – jadval


tartib soni

KASBI

Malaka darajasi
(razryad)

Brigada tarkibidagi ishchilar soni

Smenadagi ishchilar soni

1 smena

2 smena

1

2

3

4

5

6

1

G‘isht teruvchilar

4

14

7

7

2

G‘isht teruvchilar

2

14

7

7

3

Montajchi –
betonchi –
armaturachilar

4

1

1

-

3

2

1

1

2

1

1

-

4

Duradgor

4

1

1

-

2

1

1

-

5

Elektrpayvandchi

5

2

1

1

6

YOrdamchi ishchi

2

4

2

2

7.

YOrdamchi ishchi

1

2

1

1

8.

Qorishma aralash-tirgich mashinisti

3

2

1

1




Ja’mi

-

44

24

20



VII. Ishlarni bajarish uchun mexanizmlarni tanlash

1. Qorishma aralashtirgichlarni tanlash


4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha bitta qamrov uchun sement-ohakli qorishmalardan M-50 markali – 45,63 m3 talab etiladi. Hammasi – 45,63m3 . Qamrovda g‘isht terish ishlari 10 smena davomida olib boriladi.


Demak 1 smena uchun 45,6m3 : 10sm = 4,56 m3,
bir soat uchun 4,01 m3 : 8 soat = 0,57 m3 qorishma kerak bo‘ladi.
Qorishma tayyorlash uchun 12-13 – jadvallardan kichik o‘lchamli ko‘chma SO-23B markali qorishma aralashtirgich va qumni elash uchun SO-34 markali elakni tanlash mumkin.

Qorishma aralashtirgichlarning texnologik tavsifi


12 – jadval

T/r


Ko‘rsatkichlar



SO-23B


SO-46A


SO-26B (SO-26A)

1

Ishlab chiqarish quvvati, m3/ soat

1,2 – 1,5

2

2

2

Tayyor qorishmaning hajmi, litr

65

65

65

3

Elektr yuritkichning quvvati, kVt

1,5

1,5

1,5

Tebratgich elaklarning texnikaviy tavsifi
13 – jadval.

T/r

Ko‘rsatkichlar

SO – 18

SO – 34

1

Qorishma bo‘yicha unumdorligi, m3/soat

4

2

2

Elektr yuritkichning quvvati, kVt

0,4

0,27

2. Montaj qiluvchi kranlarni tanlash


Konstruksiyalarni va ashyolarni ko‘tarish uchun minorali krandan foydalanish mumkin. Kran taglikka terilgan g‘ishtlarni, qorishmani, orayopma plitalarni va boshqa ashyo va konstruksiyalarni ko‘tarishi mumkin.


a). Eng og‘ir temirbeton elementni og‘irligi – orayopma plita – 1,8 tonna;
b). 200 tadan g‘isht terilgan ikkitasi birga ko‘tariladigan taglikning og‘irligi – 1,5tonna;
v). Qorishma hajmi – 0,75 m3 bo‘lgan badyalarda ko‘tariladi. Bo‘sh badyaning og‘irligi – 0,4 t, beton qorishmasi bilan og‘irligi – 2,2 t.
Minorali kran 4 ta o‘lcham bo‘yicha tanlanadi:
1. Konstruksiyaning montaj og‘irligi Qm = Q + Σq
bunda: Q – ko‘tariladigan yukning eng katta og‘irligi;
Σq - montaj moslamalarining og‘irligi.
2. Kran ilmog‘ini ko‘tarilish balandligi
Hk = ho + hz + he + hs

bunda: ho – konstruksiya o‘rnatiladigan tayanchini balandligi, m;


hz – 0,5-1m, balandlik bo‘yicha zahira, m;
he – elementning montaj holatidagi balandligi, m;
hs - konstruksiya yuqorisidagi ilmoq(strop)ning balandligi, m.
3. Kran qulochini uzatish uzunligi L – kranni o‘qidan ko‘tariladigan yukni o‘qigacha bo‘lgan masofa, m.
4. YUklanish momenti Myuk = Qm . L, t.m
YUqoridagi to‘rtta parametrlarni namunaviy misol bo‘yicha aniqlaymiz:
1. Bizning loyihamizda orayopma plitalar og‘irligi 120-200 kg bo‘lgan ilmoq(strop)larda konstruksiyadan 3-5 m balandlikda ko‘tariladi.
a) Orayopma plitani montaj og‘irligi
Qyopm = 1,8 + 0,2 = 2 tn
b) 0,3 tn og‘irlikdagi traversa bilan ko‘tariladigan g‘isht taxlangan ikkita taglikning montaj og‘irligi Qg‘m = 1,5 + 0,3 = 1,8 tn.
v) Bad’yani beton bilan montaj vazni Qbm = 2,2 tn
2. Kran ilmog‘ini ko‘tarilish balandligi:
a) YOpma plitalarni montaj qilish chog‘ida
Nyopk = 10,2 + 0,5 + 0,22 + 5 = 15,92 m
b) To‘rtinchi qavatdagi zilzilabardosh kamarni qolipidan yuqoriga badyani beton bilan ko‘tarishda Nbk = 10,2 + 0,5 + 3,83 = 14,53 m
bu erda: 3,83 – bad’yani traversa bilan o‘lchami (he + hs )
3. Kran qulochini ko‘tarish uzunligi
L = c + b + 0,8 + b/2 + a/2 = 10,9 + 0,32 + 0,8 +2,7/2 + 6/2 = 16,37 ≈ 16,0 m
4. YUklanish momenti
Myuk = 10,9 x 2,2 tn = 23,98 tn.m
Berilgan Qm = 2,2 tn, Nk = 15,92 m (18,3), L = 16,0 m, Myuk = 23,98 tn parametrlar yuk ko‘tarish qobilyati 3-5 tn bo‘lgan bir nechta, misol uchun BKSM-5-10, MSK-3-5/20, MSK=5/20 va boshqa kranlar mos keladi .



Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish