O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI
“BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI” KAFEDRASI
“BINO VA INSHOOTLARNI TA’MIRLASH VA QAYTA QURISH” fanidan
KURS LOYIHASI
Mavzu: “ Ma’naviy eskirgan mayda va yirik o’lchamli elementlardan iborat
Turar-joy va jamoat binolarini qayta qurish, ta’mirlash loyixalari”
Qabul qildi: Asatov N.
Guruh: 201M-21 B va IQ
Bajardi: Djavlanova Sh.
Jizzax-2022 y.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “O‘zLiDeP” partiyasidan nomzod SHavkat Mirziyoevning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasida Respublikaning barcha hududlari qatori Jizzax viloyatini ham kelgusi besh yilda yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarish bo‘yicha aniq rejalar belgilanganini ta’kidladi. Kelgusi ikki yilda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish bo‘yicha 1 trillion 600 million so‘m qiymatidagi 700 tadan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Xususan, oziq-ovqat sanoatida 230 ta, engil sanoat, charm-poyabzal tarmoqlarida 134 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi. Jumladan, Jizzax shahri, G‘allaorol, Jizzax, Arnasoy, Mirzacho‘l, Do‘stlik tumanlarida yuqori texnologiyalarga asoslangan tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil qilish hisobidan viloyatda paxta tolasini qayta ishlash darajasi bugungi 38 foizdan 2021 yilda 87 foizga etkaziladi.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq viloyatda umumiy qiymati 72 million dollardan ziyod bo‘lgan 9 ta investitsiya loyihasi joriy etiladi. Jumladan, Jizzax shahridagi “Jizzax plasteks” korxonasida 9 million dollarlik 2 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada yiliga 7 ming 300 tonna bo‘yalgan ip-kalava, 5 million tonna gazlama va 3 million 500 ming dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 255 ta loyiha amalga oshiriladi. Masalan, 2017 yilda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “Mingyuan silu industriy” chet el korxonasi tomonidan 110 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichini yakunlash va yiliga 24 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. SHuningdek, yaqin ikki yilda viloyatda 14 ta g‘isht zavodida qurilish va modernizitsiya ishlari olib borilib, hududda unga bo‘lgan talab to‘liq qondiriladi.
Kimyo, elektr texnikasi va boshqa tarmoqlarda 117 ta loyiha joriy etiladi.
Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Joriy yilda bu borada 7 ta yangi loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lsa, 2021 yilga borib, ularning soni 17 taga etkaziladi. Jumladan, bu masalada chetda qolayotgan Forish, Paxtakor, G‘allaorol, Mirzacho‘l tumanlarida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusi besh yilda hududiy eksport hajmini kamida 2 barobar, eksportchi korxonalar sonini 2,7 marta ko‘paytirish, ekspertda ulushi past bo‘lgan tumanlarning bu boradagi natijalarini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va modernizatsiya qilish biz uchun eng muhim va ustivor masaladir.
Viloyatda ko‘p tarmoqlari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, tumanlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, muqobil yoqilg‘i asosidagi issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha 2 ming 44 ta loyiha amalga oshiriladi.
Kelgusi besh yilda viloyatda 828 kilometr ochiq kollektor, yopiq drenaj tarmoqlari va 21 ta suv inshooti quriladi, qariyb 5 ming kilometr tozalanadi, yopiq drenaj tarmoqlari ta’mirlanadi. SHuningdek, 690 kilometr kanallar, 8 kilometr suv quvurlari, 423 kilometr lotok tarmoqlari, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 7 ta nasos stansiyasi rekonstruksiya qilinadi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida 148 ming gektar erning meliorativ holati yaxshilanadi, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 38 ming gektar maydon kafolatli suv bilan ta’minlanadi. YAqin besh yilda go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kamida 1,2 marta, kartoshkani - 4 barobar, sabzavotni – 2 karra, meva va uzum etishtirishni – 1,6 barobarga ko‘paytirish, shuningdek, ularni qayta ishlashni kengaytirish rejalashtirilmokda.
Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ulardan keng foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Qurilish mamlakatimiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u asosiy fondlarning yangilarini va qayta tiklashni ta’minlaydi. Kapital qurilishning ishlab chiqarishni barcha tarmoqlarining rivojlanishidagi, aholining yashash sharoitlari va moddiy farovonligini ko‘tarishdagi ahamiyati o‘ta muhimdir.
Hozirgi vaqtda qurilish sohasidagi kapital quyilmalarning samaradorligini oshirish vazifasi turibdi. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirish tarmoqda ilg‘or energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni olib kirish, qurilish ishlab chiqarish mehnat unumdorligini oshirish qurilish ishlarini bajarishning zamonaviy yangi ilg‘or va maqbul usul va uslublarini joriy qilishga bevosita bog‘liqdir.
“Bino va inshootlarni ta’mirlash va qayta qurish” fani “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlashda etakchi maxsus fan sifatida bilim beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |