G‘isht devorli ko‘p qavatli binoni qurish texnologik xaritasi
Vazifa. 3 - qavatli fuqaro binosining devorlarini g‘ishtdan tiklash va yig‘ma konstruksiyalarini montaj qilish uchun quyidagi shartlarni hisobga olgan holda majmuali jarayonlarni ishlab chiqish va texnologik xarita tuzish:
1. Hamma qurilish ashyolarini ko‘tarish va yig‘ma elementlarni montaj qilish minorali kran yordamida bajariladi;
2. Ishlar uzluksiz oqim usulida g‘isht teruvchilar, montajchilar, duradgorlar va yordamchi ishchilardan tashkil topgan majmuali brigada tomonidan bajariladi;
3. Binoning qurilishini brigada “yopiq qavatlar”, ya’ni har bir qavatni hamma elementlari, duradgorlik bloklari o‘rnatilgan, polni ostki tayyorlov qoplamasi quyilgandan keyin qavatlararo yopma plitalar bilan yopiladi;
4. Bino zilzilani kuchi 8-9 ball bo‘lgan tumanlarda tiklanadi;
5. G‘isht terish uchun qorishmalar qurilish maydonida tayyorlanishi mumkin (variant), qavatlar orasidagi orayopma plitalarni choklarini to‘ldirish uchun qorishmalar va zilzilaga bardoshlik kamarlariga beton qorishmasi tayyor holda keltiriladi.
Loyihaning echimi:
G‘isht terishdan tashqari, g‘ishtdan tiklashdagi majmuali jarayon o‘z ichiga qavatlararo yig‘ma yopmalari va zinalarni montajini, zilzilaga bardosh beruvchi quyma kamarni va eshik bloklarini o‘rnatilishini, qorishmalarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Ishni bajarishni qulaylashtirish uchun binoni rejada sermehnatligi teng bo‘lgan ikkita qamrovga, tikligi (balandligi) bo‘yicha binoni balandligi 2,8 metrga teng bo‘lgan 3 ta yarusga bo‘lamiz. Hamma hisoblarni bitta qamrov uchun bajarish mumkin, so‘ngra qamrovlar va qavatlar soniga ko‘paytirib umumiy hajmi olinadi.
1. Ishlarning hajmini hisoblash
Bino rejada 60 x 15 m(H=2,8m) o‘lchamga ega bo‘lib, ko‘p sonli ko‘ndalang va uzunasiga joylashgan yuk ko‘taruvchi tashqi va ichki devorlarga ega. Qamrovlarning uzunligini bino uzunligining yarmiga teng deb qabul qilamiz.
30m 30m
1 – rasm. Bino tarhining qamrovlarga ajratilgan o‘lchamlari
1. G‘isht terish ishlari hajmini hisoblashda devorni qalinliligini
1 - jadval tavsiyasiga binoan qabul qilinadi. 1m2 devorga g‘isht terish hajmi, m3 (bo‘shliqlar hisobidan chiqarilgan)
1-jadval
G‘isht terish
|
Devor qalinligi, (g‘isht sonida)
|
0,5
|
1
|
1,5
|
2
|
Oddiy, m3
|
0,12
|
0,25
|
0,38
|
0,51
|
O‘rtacha murakkablik-ka ega, m3
|
-
|
-
|
0,415
|
0,545
|
Murakkab, m3
|
-
|
-
|
0,45
|
0,58
|
2. Ishlarning hajmini YAM va N (ENiR)larning mos paragraflarida ko‘rsatilgan o‘lchamlarda, so‘ng ulardan ishlarning sermehnatligini aniqlaymiz, shuningdek YAM va N paragraflariga keltirilgan eslatmalarni hisobga olamiz, misol uchun, E Z-12 da keltirilishi bo‘yicha eshik bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan yupqa devorlarni tiklashda va yupqa devorlarga tepadorlarni o‘rnatishda vaqt me’yori va narxlarni mos ravishda k = 1,2 va k = 1,1 ga ko‘paytiriladi. SHuning uchun eshik bo‘shlig‘i bo‘lgan va bo‘lmagan yupqa devorlarda ishlarni hajmini ayrim-ayrim hisoblash kerak bo‘ladi.
3. Tashqi uzunasiga joylashgan devorlardagi zilzilabardosh kamarlar, qavatlararo yopma plitalar (bizning loyihada) yondashmaydi, yani 0, 38 m kenglikda o‘rnatiladi. YOn tomonlaridagi ko‘ndalang tashqi devorlarga orayopma plitalar 12 sm ga o‘tib joylashishni hisobga olganda, 0,38 - 0,12 = 0, 26 m kenglikda o‘rnatiladi. Kengligi 0, 38 m bo‘lgan ichki ko‘ndalang devorlarga plitalar 12 sm ga o‘tib joylashishni hisobga olganda, 0,38 - 0,12*2 = 0, 14 m kenglikda o‘rnatiladi.Zilzilabardosh kamarni balandligi orayopma plitalarning balandligi(qalinligi)ga, ya’ni ko‘pincha 0,22 m ga teng.
4. Eshik va oyna bo‘shliqlarini to‘ldirilishi YAM va N (ENiR) larda kesishish perimetrlari bo‘yicha metrda me’yorlangan, ammo bo‘lajak hisoblarda deraza va eshiklarning sonini donalarda bilish biz uchun zarurdir. Hamma ishlar va konstruksiyalarning sarflanadigan miqdorini mazkur binoning 1 ta qamrovi uchun hisoblaymiz (2 -jadval). Bitta qamrovda 16 ta deraza o‘rni – 1,3 x 1,7 m o‘lchamlarga ega. Eshiklar qamrovda 21 ta o‘lchamlari bir xil olingan – 0.9 x 2,1 m. Tashqi eshiklarning o‘lchamlari bir xil olingan – 1.6 x 2,1 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |