Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin: Mazmuniga ко'ra: shaxsiy va ijtimoiy; Maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita;
Ко ’lamiga qaraganda: keng va tor; Q iziqishlar darajasi bo’yicha: barqaror va beqaror va boshqalar. Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi uyidagilarda mujassamlashadi: bilish ehtiyoj larining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati kabilar. Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan qiziqishlaming voqelik, jismlar va hodisalaming emosional jozibaliligi, histuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta’sirlarga beri-uvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma'nosi bilan uning shaxs faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’iishi mumkin. Psixologiyadabevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni (hodisalar mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab etish uchun iziarli tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta’lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub'ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Mehnat faoliyati va ta’lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va ustuvor rol o’ynaydigan bilvosita qiziqishlami tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’lyo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Odamlarning qiziqish]ari o'zining ko’Iami bilan bir-biridan farq qiladi.
Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga
qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator
sohalarga, fanlarga, ob'ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli
sohaga nisbatan qiziqishlaming biri, agarda ulami oqilona boshqarish imkoniyatiga
bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta’sir etishi mumkin emas, qiziqishning torligi ko’pincha saibiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi hamnuqson tariq&sida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib kamoltopishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo etadi.Qiziqishlar о 'zlarming darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi.
Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga, ob’ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi, Motiv - ma’lum ehtiyojlarni
qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon
bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyoj lari motivlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma'naviy ehtiyojlaming qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’iishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo’iishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasawur ila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sababdir. Xattiharakatlaming muhim motivi e’tiqoddir. E'tiqod - shaxsning o’z arashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan masala ko’rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N.Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko’rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Talabalar o’qituvchilar beradigan topshiriqlami bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning malaka va odatlari Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlami egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’iishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalami mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’mashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlaming nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalaming kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o ’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda qiynalmaydi.
Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa malakalar
interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa
sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzaliladi. Bu malakalaming diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalaming hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tiiga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalaming mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malakatez, melanxoliklarda sekin
hosil bo’ladi. Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi fikrlami keltirib o ’tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", L.I.Bojovich esa "odam o’zini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb ta'kidlaydilar. A.N.Leontevning "Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida qoladi". Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlaming sub'ekti, o ’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.
XULOSA
Ijtimoiy psixologik tasirlar ularni oz-zini idrok qilishi va oqishga munosabat motivlarini shakllantirishga asos bolar ekan;
Osmirlik davri oquv faoliyati va bilish faoligini rivojlantirishda psixologik omillar bilan birga ijtimoiy omillar tasiri asosiy ekanligi tasdiqlandi;
Bilish faolligi orqali ichki motivatsiyani shakllantirish osmirlar qizikishlari va ehtiyojlarining yoshga xos psixologik xususiyatlariga bogliq holda shakllanadi.Bunga ularning oquv motivlari va ularning rivojlantirish uchun tasir etuvchi omillar asosiy rol oynar ekan;
Osmirlar faoliyatida ularning munosabat va xulq-atvor motivlarini chuqur va mukammal organmasdan turib, pedagogik tasir otkazish chora va tadbirlarini qollash mumkin emas, chunki motivni tortki sifatida namoyon qiluvchi ichki va tashqi tasirni aniqlamasdan, unga ilmiy yondashib bolmaydi;
Oquv faoliyati motivlarini shakllantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni oquv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulgaygan sari uning oquv faoliyati motivlari ham ozgarib boradi.
Tavsiyalar
-Mustaqil bilim osmirlarga alohida bir kuvonch bagishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
- Oqish osmirlar hayotida katta orinni egallaydi. Ularning oqishdagi asosiy motivi kattaliklarini xis ettiradigan anglatadigan oqish turlariga tayyorlanishlaridir.Ularga mashgulotlarning asosan mustaqillik beriladigan shakillari koproq yoqadi va maqulligini xisobga olish maqsadga muvofiq. Osmirlik davrida oqishning chin motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar asosan osmirning hayotiy rejalarini, kelajakda erishadigan kasbi va ideali bilan bogliq boladi. Aynan shu davrdan boshlab bolalarda hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida extiyoj sezila boshlaydi va bola shunga qarata harakatlar qiladi.
- Oquvchilarga beriladigan oquv materiallarining xajmi katta bolgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marotaba takrorlash yoli bilan ozlashtirishi qiyin. Shuning uchun, albatta oquvchi oquv maiyeriallarini mazmunini taxlil qilishi undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muxim. Turli yoshdagi oquvchilarning psixologik xususiyatlarini bilish, ularga individual yondoshish, har bir bolada shaxsni kora bilish, uni xurmat qilish hamda tan olish orqali oquv tarbiya ishlarini rejalashtirish va olib borish bugungi kun oqituvchisining asosiy ish mazmunini va mohiyatini tashkik etishi maqsadga muvofiq.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.
1.Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T.: Sharq, 1999. 241 b.
2.Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosaoasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: Ozbekiston
3.Goziyev E., Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T.. 2001. 130 b.
4.Xayitov O.YE., Lutfullayeva N.X. Psixodiognostika va amaliy psixologiY. Marozalar matni. T.: TDIU, 2005. 338 b.
5.Xayitov O.YE., Lutfullayeva N.X., Xaydarova X.R. Psixodiognostika va amaliy psixologiya kursi boyicha ijtimoiy-psixologik treninglar, psixologik masalalar, topshiriqlar va testlar toplami. T., TDIU. 2005.
6.Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika insitutlari uchun oquv qollanma. T.: Universitet, 1999. 96 b.
7.Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: 1994
8.E.Goziev. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. "Oqituvchi". 1990.
21..Umumiy psixologiY. A.V.Petrovskiy tahriri ostida. "Oqituvchi", T., 1992.
22.V.M.Karimova, F.A.Akramova. PsixologaY. T., 2SHY.
23.V.M. Karimova va b.qlar. Mustaqil fikrlash. T., 2000.
24.V.Karimova, R.Sunnatova. Mustaqil fikrlash boyicha mashgulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy qollanma - T., 2000.
25. E.Goziyev «Psixologiya» T., 1994 y.
26.E.Goziyev «Oliy maktab psixologiyasi» T.. 1997
27. G Davletshin. Talimning psixologik asoslari. Tosh. 1990 y
Do'stlaringiz bilan baham: |