Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. 1-Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar. 1929-1933 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |