O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOKIKA INSTITUTI
Sirtqi bo’lim Tarix yo’nalishi 1-kurs S0601_20-guruh talabasi
Mirzarahimov Abdulbasirning Arxeologiya va etnologiya fanidan oraliq
nazorat Farg’ona vodiysi hunarmanchilik va uy-ro’zg’or buyumlari
mavzusida yozgan mustaqil ishi
R E F E R A T
JIZZAX-2021
Mavzu: Farg’ona vodiysi hunarmandchilik va uy-ro’zg’or buyumlari
Ma’lumki, milliy hunarmandchilik O’zbekistonda qadimdan rivojlangan va
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish ajdodlardan avlodlarga an’anaviy
tarzida o’rgatib kelingan. Boburning “Boburnoma” asarida ham bu haqida qimmatli
ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, o’tgan asrdagi siyosiy jarayonlar va mustabid tuzum
davrida milliy hunarmandchilik butunlay izdan chiqdi. Faqatgina mustaqillik
arafasida bu qadriyatlar qayta tiklana boshladi. T.A. Faxrutdinova o’z asarlarida
O’zbekistonning milliy amaliy san’ati namunalari, bu san’atning ajdodlardan
avlodlarga o’tishi jarayonlari haqida san’atshunos olim sifatida mulohaza yuritgan.
T. Abdullaev XIX–XX asrlarda O’zbekiston hunarmandchiligining rivojlanish
bosqichlari va tendentsiyalarini ochib berishga harakat qilgan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tadqiqotchilarning
milliy hunarmandchilik va hunarmandlar tayyorlash masalasini bo’lgan qiziqishlari
yanada faollashdi. Jumladan, SH.G’oyibnazarov, I.Jabborov asarlari, A.To’qsonov,
I.Sulaymonov, A.Qurahmedov, M.Hamidovaning ilmiy maqolalari e’lon qilingan.
O’zbekistondagi hunarmandchilik tarixini bir qator xorijlik tadqiqotchilar ham
o’rganishga harakat qilishgan. Nemis olimlari Judit Peltz va Klaus Panderlar
tomonidan yaratilgan asarlarda o’zbek xalqining turmush tarzi, an’anaviy xo’jalik
turlari, shu jumladan milliy hunarmandchilik tarixi, uning sohalari to’g’risida qisqa
ma’lumotlar uchraydi. Nemis tadqiqotchilari B.Vollenveber, P.Frankelarning
tadqiqotida muhim ma’lumotlar berilgan bo’lib, qadimiy gilamdo’zlik markazlari
Farg’ona, Nurota, Sirdaryo, Surxondaryo va Qoraqalpog’istonda keng
rivojlanganligi e’tirof etilgan.
AQSHlik tadqiqotchilar tomonidan milliy hunarmandchilik tarixi, uning hozirgi
rivojlanish xususiyatlari, hududiy o’ziga xosligi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar
keltirib o’tilgan. Rishton kulolchiligi, Marg’ilonda ipakchilik sohasi va to’quvchi
hunarmandlar haqida K.Meklid, B.Mexyular tomonidan berilgan ma’lumotlar
uchraydi.
Tadqiqotchi A.Q.To’xtaev o’z tadqiqotida ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan
sho’rolar tuzumi davrida milliy hunarmandchilik sanoat asosiga o’tkazilib,
an’anaviy “Ustoz-shogird” usuliga barham berilganligini, uning o’rniga milliy
hunarmand kadrlar tayyorlash siyosatini ilgari surishi va natijada, mahalliy
an’analar, ustachilikning o’ziga xos uslublari yo’q bo’lib borganligini, oltin bilan
bog’liq zargarlar va etikdo’zlik bilan bog’liq ko’nchilar faoliyati davlat tomonidan
rasmiy taqiqlab qo’yilganligini qayd etgan. Tadqiqotchining hozirgi kun talablaridan
kelib chiqib bergan takliflari quyidagilardan iborat:
“… - respublika qishloqlaridagi ortiqcha ishchi kuchini ish bilan ta’minlash
maqsadida qishloq xo’jaligidagi mavjud xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan
kasanachilikka asoslangan ishlab chiqarishlar, xalq hunarmandchiligi korxonalarini
tashkil qilish;
- ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun ularni kasanachilik va
hunarmandchilik tarmoqlariga keng jalb qilish;
- milliy hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida an’anaviy hunarmand kadrlar
tayyorlashning “ustoz-shogird” maktabini rasmiy qabul qilish va shu usulda
o’qitishni yo’lga qo’yish;
- milliy hunarmandchilikni mahalliy va yengil sanoat tarmoqlariga qo’shmagan
holda alohida hunarmandchilik vazirligini tashkil etish”.
O’tgan o’n yil davomida tadqiqotchi bergan takliflarning barchasi bugungi kunda
amalga oshirilmoqda. Jumladan, vazirlik maqomidagi O’zbekiston “Hunarmand”
uyushmasi ham tashkil etilgan. Biroq, tarmoqning rivojlanishida uning ijtimoiy-
geografik asoslari va mintaqaviy xususiyatlari muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston
Respublikasi prezidenti I.A.Karimov Farg’ona mintaqasi
hunarmandchiligiga quyidagicha baho bergan:
“Farg’ona vodiysi milliy hunarmandchilikning atlas to’qish, kulolchilik,
do’ppido’zlik, sandiqsozlik, yog’och o’ymakorligi kabi turlari qadim-qadimdan
rivojlangan. Rishton kulolchilik maktabi vakillari Ibrohim Kamolov, Rustam
Usmonov, Yo’ldoshali Polvonov, qo’qonlik yog’och o’ymakor Hasanjon Umarov,
ganchkor Jamoliddin Erkaboev, kashtado’z Saddixon SHomurodova, marg’ilonlik
do’ppido’z Tursunxon Nurmatova kabi qo’li gul murabbiylar ana shunday
an’analarni avaylab-asrab, rivojlantirib kelishmoqda. Bu sohani yoshlarga bajonidil
o’rgatishni istovchi yana yuzlab mohir hunarmandlar bor.
Bu sohada bor imkoniyatlardan kengroq foydalanib, hunarmandlarga mini
kreditlar berishni takomillashtirish, ularga berilgan imtiyozlardan samarali
foydalanish chora-tadbirlarini ko’rish zarur”.
Yana bir tarix tadqiqotchisi U.A.Qilichev mustaqillik yillarida O’zbekistonda
milliy hunarmandchilikning rivojlanishini tadqiq etar ekan, milliy hunarmandchilik
turizmning rivojlanish omili ekanligini ta’kidlaydi. U tadqiqot natijalariga tayanib
quyidagi tavsiya va takliflarni ilgari suradi:
“… - milliy hunarmandchilik bilan bog’liq tashkilot, uyushma, qo’mita,
jamg’armalarning huquqlari va amaliy faoliyati doirasini yanada kengaytirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish;
- soha yuzasidan xalqaro aloqalarni yanada keng yo’lga qo’yish, sayyohlik
ob’ektlarini jahon standartlari asosida jihozlash, qulay takliflar orqali turistlarni
ko’proq jalb etish, shu jumladan, milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan
bozorlar, markazlar faoliyatini yanada jonlantirish;
- Respublika “Hunarmand” uyushmasi muassisligida milliy hunarmandchilik tarixi
yuzasidan ilmiy markaz tashkil etish;
- milliy hunarmandchilik tarixi yuzasidan respublika miqyosida anjumanlar tashkil
etish.
Tadqiqotchining milliy hunarmandchilikni rivojlantirish turizmning taraqqiy
etishidagi omil ekanligiga ahamiyat berganligi, hunarmandchilik tarixini
rivojlantirish bo’yicha bergan tavsiya va takliflarini yuqori baholaymiz. Ammo,
O’zbekistonda milliy hunarmandchilik va turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-
geografik asoslarini tadqiq etish o’ziga xos spetsifik dolzarblikka ega
.
Chust —
Namangan viloyati Chust tumanidagi
shahar, tuman markazi.
Fargʻona
vodiysining
shimoliy chekkasida, togʻ etagidagi tekislikda, Chust soyi
sohilida,
Namangan shahridan
36 km gʻarbda, Chust temiryoʻl stansiyasidan 13 km
shimmolda, dengiz sathidan 1000–1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi 63,8
ming kishi (2004).
Chust Fargʻona vodiysining
qadimiy shaharlaridan biridir.
Chustning shimoliy chekkasidagi Buonamozor (Bibionamozor) manzilgohi
hududidan Chust madaniyatiga oid materiallar topilgan. Chustning yoshi toʻgʻrisida
bir qancha taxminlar mavjud. Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961-
yillarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat
soʻnggi jez va ilk temir davriga mansubligi maʼlum boʻldi. Oʻrta asrlarda shahar
harbiy qalʼa sifatida rivojlandi.
Boburning
otasi
Umarshayx Mirzo
1480-yilda
Chustni oʻz qarorgohiga aylantirgan. 16-asr boshida Chust bir necha qoʻrgʻondan
iborat boʻlib, ular umumiy devor bilan oʻralgan. 1882-yilda qalʼa devorlari buzib
tashlandi. Shahar kengayib, 1886-yildan Chust uyezd markazi boʻlgan. Chustga oid
dastlabki ilmiy maʼlumotlar sharqshunos olim akademik A.F. Middendorfning
„Fargʻona vodiysi ocherklari“ da (Sankt-Peterburg , 1882) uchraydi.
Chust qadimdan Fargʻona vodiysining hunarmandchilik markazlaridan biridir.
Chustlik temirchilar, toʻquvchilar, sopol buyum ustalari, zargarlarning mahorati
shuhrat qozondi,
chust pichoqlari
va
doʻppilarining
dongʻi keng tarqaldi. 1912-
yilda 6 paxta tozalash, charm zavodlari faoliyat koʻrsatgan. 1926-yildan Chust
yangi tashkil qilingan Chust tumanining markazi boʻldi. Chustda „Barion“, „Paxta
tolasi“, „Chustmash“ va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari, „Suvmash“, non
zavodlari va savdo korxonalari, bosmaxona, koʻzi ojizlar korxonasi, kichik
korxona, mikrofirmalar, qurilish, transport korxonalari va boshqalar faoliyat
koʻrsatadi.
Chust oʻzining hunarmandchiligi bilan mashhur. Ayollar chust
doʻppisi tikib tayyorlashsa, erkaklar chust pichogʻi tayyorlashadi.
Farg’ona badiiy kulochilik maktabining asosiy xususiyatlari uning aholi etnik
tarkibi, joylanishi va tarixiylik tamoyillari bilan bevosita bog’liq.
Rishton – Farg’ona maktabining an’anlarini o’zida mujassamlashtirgan eng
yorqin kulolchilik markazidir. Keyingi 30 yil ichida (1970 yillardan boshlab)
Rishton sopoli an’anaviy-badiiy texnologik usullar asosida qayta tiklandi. XIX asr
oxiri – XX asr boshlarida Rishton – O’zbekistondagi sirlangan sopol buyumlar
ishlanadigan eng mashhur va qadimgi markazlardan biri edi.
Ishqorli sir tayyorlash ham yo’lga qo’yilgan. Hozirda bu yerda sopol
idishlarning yapaloq (kosa va laganlar) uzun bo’yli (ko’za, xumlar) turlari ishlab
chiqarilmoqda. Ilgari ishlar ixtisoslashtirilgan tarzda bajarilardi. Yapaloq
buyumlarni yapaloq va qisqa bo’yli shakllar yasovchi ustalar – kosagar; baland
bo’yli buyumlarni yasovchi ustalarni – ko’zagar deyishgan. Hozir bunday
tasniflash avvalgi mohiyatini yo’qotgan: ayrim ustalar (I.Komilov, U.Ashurov,
X.Sattorov, M.Azimov, M.Tojaliev va boshqalar) ham yapaloq, ham cho’zinchoq
shaklli idishlarni yasashadi.
Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko’p jihatdan buyumlarga
naqsh berilishida ko’zga tashlanadi
.
Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onaga Xitoy chinnilari va yaqin sharq shisha buyumlari
kirib keldi. Buning natijasida Farg‘ona hunarmandlari ham chinni va shisha
buyumlarni yasashni o‘zlashtirib olishdi. Bunday buyumlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan mahallalar vujudga kela boshladi. Bunday ustaxona-mahallalarni
O‘zgan, Axsikent va Quva shahristonlarida uchratish mumkin. Islom dini kirib
kelishi bilan Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyo davlatlarining ajralmas qismiga
aylandi. Bu davr buyumlari esa, islom ta’limoti talablaridan kelib chiqqan holda
ma’lum bir qolipga tushdi. Buyumlarda qat’iy talab – ilohiy mavjudodlarning
ifodalanmasligi, shakllarni islom targ’ibotidan kelib chiqqan holda bezash, hatto
buyumlarda Qur’on oyatlarining ifodalanishi davr talabi bo‘lib qoldi. Taajubki, X –
XII asrlarda hunarmandlar tomonidan islom ta’qiqlagan tasvirlarning qo‘llanganini
ko‘rish mumkin. Turli zoomorfik shakllar, ilohiy mavjudodlar, tabiat va
odamlarning tasviri tushirilgan buyumlar shu davrning nodir yodgorliklari
hisoblanadi. Bu usul bino va buyumlarni bezashda, buyumlarga shakl berishda
hunarmand tasavvurini ifodalovchi vosita bo‘lib xizmat qilgan. Ayrim hunarmandlar
o‘z ma’sulotlari yordamida qadimiy (islomdan avvalgi) dinlarni saqlab qolishga
intilgan bo‘lsa, ayrimlari oyatlar orqali islom dinini taribot qilmoqchi bo‘lgan.
XVII – XVIII asrlarda Buxoro xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib,
uning sharqiy viloyati – Farg‘onaga SHarqiy Turkiston xonlari va ko‘chmanchi
qalmoqlar tez-tez talonchilik hujumi uyushtirib turishdi. Buxoro dan panoh
bo‘lmagach, Farg‘onadagi mayda qabilalarning o‘zaro birlashish jara yoni
boshlandi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, Farg‘onada Ming urug‘i vakil lari Qo‘qon
shahri atrofidagi qishloqlarni birlashtirib yangi xonlik barpo qildi. Oradan xech
qancha faqt o‘tmay Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyoning eng yirik, qudratli va tez
taraqqiy etayotgan davlatlaridan biriga aylandi. Qo‘qon xonligi davri Farg‘ona
vodiysining siyosiy, ijtimoiy-iqtiso diy va madaniy rivojlanish davri bo‘ldi.
Farg‘ona vodiysidagi me’moriy obidalarning aksariyati shu davrga mansub.
Hunarmandchilikning barcha turi o‘z rivojlanish taraqqiyoti cho‘qqisiga ko‘tarildi.
Ayniqsa, misgarlik, kulolchi lik, yog‘och o‘ymakorlik, zargarlik, meomorchilik,
ipak ma’sulotlari ishlab chiqarish misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Qo‘qon
xonligi hududida, asosan, shu davlatning oltin, kumush va mis pul birliklari
muomalada bo‘l gan. Ayrim hollarda Buxoro, Eron va Afg‘onistonning tillo va
kumush tanga lari, Rossiyaning kumush rubllari mol ayirboshlashda qo‘llanilgan.
Bular ning hammasi savdo munosabatlarining rivojlanganligidan dalolat beradi.
Qo‘qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach Farg‘ona dagi
hunarlarning ko‘pi tayziq ostiga olindi. Masalan; misgarlik, temirchi lik va mayda
metallurgiya ustaxonalarining faoliyati chegaralab qo‘yildi.
Ularda ishlab chiqarilayotgan ma’sulotlarning turi kamaydi va aso san, uy-
ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Rossiyadagi zavod-
fabrikalarda ishlab chiqarilgan ma’sulotlar Farg‘onaning ichki bozorlarini egallashi
natijasida bu yerdagi hunarmandlarning ishlab chiqarayotgan ma’sulotlari raqobatga
bardosh berolmay qoldi. Chinni, shisha, metal va boshqa buyumlar deyarli
Rossiyadan olib kelinadigan bo‘ldi. Oqibatda hunarmandlarning aksariyati arzon,
bir xil turdagi ma’sulotlarni ishlab chiqa rishga majbur bo‘ldi. SHunday bo‘lsada,
nozik did bilan ishlangan ko‘pgina buyumlar o‘z haridorini topgan va ular oilaning
qimmatbaho jihozi sifatida ardoqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |