10-seminar:
Jismoniy madaniyatning moddiy texnik asoslari.
Reja:
1.Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot xaqida tushuncha. Davlat budjetidan foydalanish.
2. Kasaba uyushmalari, korporatsiyalar, tijorat va jamg‘arma uyushmalarining jismoniy tarbiya va sportni moliyaviy jihatdan ta’minlashdagi faoliyatlari.
3.Jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zini-o‘zi moddiy ta’minlash, pullik xizmatlar.
4.Sport tashkilotlari va ularning boshlang‘ich jamoalarida smeta tuzish tartiblari.
5.Sport buyumlarini ishlab chiqarish, ularni sotish va xarid qilish tartiblari.
6.Moliyaviy mablag‘lar tushimi to‘g‘risida.
1. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minot xaqida tushuncha. Davlat budjetidan foydalanish.
Moliyalashtirish tushunchasi, bepul resurslarni hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlardan iborat.
Jismoniy tarbiya va sportda taqsimlash vazifasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birlamchi taqsimlash tashkilot, korxona va muassasalar ichida yuz beradi. Ikkilamchi taqsimlash korxona, tashkilotlar va davlat o‘rtasida yuz beradi. Bunda davlat soliqlar va soliqdan tashqari majburiy to‘lovlar vositasida korxona mablag‘ining bir qismini o‘z ixtiyoriga olib, uni qayta taqsimlaydi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida rag‘batlantirish vazifasi moliya vositasida iqtisodiy faollikni qo‘llab quvvatlashdan iborat. Buning uchun soliqlardan saylov beriladi.
Buning natijasida sportning ko‘pgina sohalariga beriladigan moliyaviy ko‘mak, olingan foydaning 1%dan oshmagan miqdorda soliklardan ozod qilinadi, futbol sohasida esa bu ko‘rsatkich 5% miqdorida.
Respublikadagi bozor iqtisodiyoti munosabatlari va islohotlarining barcha bosqichlari hamda davrlarida jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirish, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari o‘ziga xos xususiyatlar asosida amalga oshirilmoqsa. Davlat budjeti va ta’minoti jismoniy tarbiya va sport ishlariga ancha cheklangan holda ajratilmoqda. Bu jihatlar sport tashkilotlari va jamiyatning xo`jalikni yuritish, pullik xizmatlar (ijara, tijorat, sport inshootlarida sog‘lomlashtirish guruhlari, pullik musobaqalar va h.k.) faoliyatlarini yuritishni talab etadi. Bunday faoliyatlar o‘zini o‘zi moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashdek bugungi kunda odatiy tusga aylandi.
O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlik, tijorat ishlarini kengaytirish va ularga ma’lum imtiyozlar berish haqidagi qarorlarida ishlab chiqarish korxonalari, savdo, tijorat va shaxsiy xo‘jaliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini yaxshilash faoliyatida homiylikka keng o‘rin berilmoqla. Bu jihatlar O‘zbekistonning demokratik davlat qurishdagi ilk faoliyatlarining namunalaridan biridir.
Sobiq tuzum davrida O‘zbekiston hukumati tomonidan jismoniy tarbiya, sport va sayohatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirish borasida katta tadbirlar amalga oshirildi. Buni hozirgi mavjud bo‘lgan ko‘p sonli sport inshootlari, sog‘lomlashtirish markazlari hamda oromgohlari, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, tayyorlangan xodimlar, o‘tkazilgan sport musobaqalari va boshqa ko‘rsatkichlar misolida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida esa yuqorida qayd etilgan sohalarni yanada rivojlantirish, ayniqsa. sog‘lom avlodni tarbiyalab yetishtirish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Andijon va boshqa shaharlarda tennis kortlarining qurib bitkazilishi, sportchilarning Osiyo o‘yinlari va boshqa Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari, oliy o‘quv yurtlari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholi o‘rtasida milliy xalq o‘yinlarini o‘tkazish va shunga o‘xshash juda ko‘p e’tiborga loyiq tadbirlarni tilga olish mumkin.
Maktabgacha bolalar muassasalari, barcha turdagi o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, aholi turar joylari va dam olish maskanlarida ommaviy sog‘lomlashtirish va sport ishlarini tashkil qilishga sarflanayotgan moddiy mablag‘lar bevosita davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, xayriya jamg‘armalari, homiylar va ayrim shaxslar tomonidan berilayotgan moddiy mablag‘lar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonlari ma’naviy-ma’rifiy va milliy madaniyatning rivojlanishi aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yanada rivojlantirishni taqazo etadi. Bu jarayondir, eng birinchi navbatda, moddiy-texnik bazani takomillashtirish, ixtisosli xodimlar tayyorlash va ular ning amaliy malakalarini oshirish, bu faoliyatlar bilan bog‘liq moddiy manbaalarni ko‘rib chiqish, ularni talab va ehtiyoj darajasida hal etish eng murakkab va dolzarb muammodir.
Xalqaro sport harakatida O‘zbekistonning obro‘yini oshirish, buning uchun talab etiladigan barcha shart sharoitlarni muhayyo qilish esa o‘ta muhim vazifadir. Bu vazifalarni natijada respublikamiz sportchilari jahon sport maydonidagi mavqelarini tabora oshira borib ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Xirosimada (Yaponiya) o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlari (1994 yil) yakunlari, Seul, Parij, Moskva va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan rasmiy xalqaro musobaqalar, Toshkent, Samarqand, Termiz, Na-mangan, Farg‘ona va boshqa shaharlarda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari, Toshkent, Alma-ata, Bishkek va boshqa shaharlarda tashkil qilinayotgan Markaziy Osiyo o‘yinlari bularning dalilidir. Ma’lumki, bu ulkan tadbirlarni tashkil qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Juda katta tayyorgarlik, tashkiliy ishlar tarkibida ulkan moliyaviy xarajatlar ham yotadi. Bu masalalarni hal etishda maxsus iqtisodiy bilimlar, zamonaviy ish tajribalari, menejment, marketing, tadbirkorlik kabi faoliyatlarni o‘zlashtirish har bir rahbar xodim va mutaxassisdan talab etiladi.
Keyingi yillarda sport tashkilotlari va ularning quyi jamoalarida foaliyatlarni moddiy-texnik jihatdan tashkil qilish va boshqarishda katta tajribalar vujudga keldi. Bunda Turkiya, Koreya, Yaponiya va boshqa yirik horijiy mamlakatlarning ish tajribalari ancha qo‘l kelmoqda.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti islohotlari davrida jismoniy tarbiya va sport ishlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari turli vujudga tuman shakllarda amalga oshirilmoqda.
Davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligi, turli vazirliklar orqali o‘quv jarayonlarini ta’minlash davlat tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘quvchi yoshlar va sportchilarning sport mashg‘ulotlari, musobaqalari bilan bog‘liq faoliyatlar esa xo‘jalikni boshqarish va o‘ziga-o‘zi xizmat qilishdan kelgan moliyaviy manbalar hisobiga bo‘lmoqda. Sport inshootlarini ta’mirlash va yangidan qurish masalalari ham xuddi shu hisoblardan, shuningdek, turli jamg‘armalar, homiylar, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarning ko‘magida hal etilmoqda.
«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonun va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ba’zi bir imtiyozlar aholining ommaviy sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil qilishda xizmat qilmoqda. Yana davlat va jamoat tashkilotlarining moddiy manbalari maktabgacha bolalar muassasalari, nogironlar, faxriylar, mehnatga yaroqsiz kishilar qaramog‘ida bo‘lgan bolalar, kam ta’minlangan oilalar va shunga o‘xshash tomonlarga sarf etilmoqda.
Sport klublar, yaxshi sport kompleksiga ega bo‘lgan jamoalar va yangidan tashkil qilingan tijorat, savdo va ishlab chiqarish korxonalari pullik xizmatlar evaziga soglomlashtirish tadbirlari, ijara xizmati va boshqa yo‘llar bilan moliyaviy manbalarni boyitmoqda. Bu ish uslublari tobora keng tarmoq otmoqda. Bunda tadbirkorlik faoliyatlar ancha samaralar bermoqda.
Yana shuni ham eslatish joizki, respublikaning qishloq joylarida va uzoq hududlarida sport inshootlari, o‘yin moydonlari, sog‘lomlashtirish oromgohlarini hashar yo‘li bilan qurish tajribalari davom etmoqda.
2. Kasaba uyushmalari, korporatsiyalar, tijorat va jam-g‘arma uyushmalarining jismoniy tarbiya va sportni mo-liyaviy jihatdan ta’minlashdagi faoliyatlari.
Shuni alohida qayd etish lozimki, respublikada jismoniy tarbiya va sport ishlarini moliyalashtirishning aniq manbalari va turlari «12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadbirlarning mahalliy budjetdan moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarini tashkil etishga ko‘maklashadi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
aholi o‘rtasida sport normativlarini topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
tegishli hududda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida shart-sharoitlar yaratadi;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport uchun mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga ko‘maklashadi».
Qonunning shu moddasida yana shunday aniq ko‘rsatmalar mavjud. Ya’ni jismoniy tarbiya va sport sohasi respublika budjetida alohida moddada aks ettiriladi. Pul bilan ta’minlash hajmlarini aholi jismoniy tarbiyasi va ommaviy sportni mablag‘ bilan ta’minlash oliy toifadagi sportchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratishga nisbatan ustun ekanligini hisobga olgan holda Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlari belgilaydi. Bu jihatlar yangi tahrirdagi qonunda yanada sayqall ashtiril gan.
Ta’kidlash zarurki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda jismoniy tarbiya harakatiga sarflanayotgan davlat idoralari va jamoattashkilotlarining mablag‘larini o‘rganish, ularni hisob-kitob qilish va ilg‘or tajribalarini hayotga singdirish masalalari yetuk iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zini o‘zi moddiy ta’minlash, pullik xizmatlar.
Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning miqdori yanada oshdi.
Davlat budjetidan ajratilgan pullar quyidagilarga sarflanishi mo‘ljallanadi:
Sport inshootlarini qurish va ularni ta’mirlash.
Sport tashkilotlari xodimlarini moddiy ta’minlash (ish xaqi).
Jismoniy tarbiya o‘quv yurtlari va sport maktablarini saqlash,
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Sport musobaqalarini o‘tkazish, xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilish.
Sport buyumlarini ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |