9-SEMINAR
Mavzu: Boshqarishning huquqiy asoslari
Reja:
1.Boshqaruvchilik faoliyatlarida huquqiy bilimlarning mohiyati.
2.Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining me’yoriy aktlari.
3.Maxsus me’yoriy hujjatlar.
4.«Sog‘lom avlod uchun» Davlat dasturi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.
5.Sport unvonlari va darajalarining tarbiyaviy mohiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik taraqqiyoti yo‘liga kirgach, milliy davlatchilik an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi boshqaruvchilik faoliyati tizimini barpo etishni eng muhim amaliy masalalardan biri deb hisobladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida boshqaruvchilik faoliyati byurokratlarcha markazlashuv, nomenklatura, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish, demokratiyani tan olmaslik, buyruqbozlik, rasmiyatchilik, konservatizm tamoyillariga asoslangan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida demokratiya, iqtisodiy munosabatlarni demokratlashtirish, yuksak ma’naviyat, milliy hafsizlikni ta’minlash tamoyillariga asoslanadi.
Boshqarishning huquqiy asoslari deganda ijtimoiy munosabatlarda yuridik, qonuniy ta’sir o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan huquqiy me’yorlar majmui tushuni-ladi.
Huquqiy me’yorlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar huquqiy me’yorlarni jamoat tashkiloti chiqarsa, u davlat tomonidan tasdiqlanadi.
Bu borada jamiyatimizni sog‘lomlashtirish uchun xizmat qiladigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqaruvchilik faoliyatining huquqiy bilimlari alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda huquqiy va me’yoriy aktlarni ikki guruhga ajratib o‘rganish va hayotda qo‘llash amalga oshiril-moqda.
Ular:
Davlat tomonidan belgilangan huquqiy hujjatlar /O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunlar, qarorlar va hokazo-lar/.
Sport tashkilotlari va ularning quyi tarmoqzarida qo‘llanuvchi huquqiy-me’yoriy aktlar /nizomlar, qarorlar, rejalar, musobaqatarning qoidalari, sport unvonlari, darajalar, sport klassifikatsiyasi va hokazolar/.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi boshqa sohalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatiga ham ko‘pgina qonuniy huquqlar, imtiyozlar berdi. Umuman jismoniy tarbiya, sport va sayohat jarayonlarida xizmat qiluvchi xodimlar, jamoatchi faollar davlatni idora qilish haqidagi huquqiy bilimlarga ega bo‘lishlari shartdir. Chunki jismoniy tarbiya harakati respublikadagi yuzdan ortiq ishlab chiqarish tarmoqpari, muassasalari, tashkilotlari, o‘quv yurtlari, yangidan tashkil qilingan konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa nufuzli tarmoqchar faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Bu esa jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, ayniqsa, moliyaviy, xo‘jalik faoliyatlarini qonun asosida boshqarishda zarurdir.
Huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan yoki boshqarishning qonun-qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan jismoniy tarbiya xodimlari ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari bilan munozara qilish, jiddiy masalalarni hal etish va barcha faoliyatlarni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Boshqarishning huquqiy vositalari deganda ijtimoiy munosabatlarga yuridik, qonuniy ta’sir o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan huquqiy normatar majmui tushu-niladi.
Huquqiy normalar davlat (turli tashkilotlar orqali) yoki jamoat tashkilotlari tomonidan chiqariladi va tasdiqtanadi,
Huquqiy normalar turli qonuniy hujjatlar, nizomlar, buyruqlar, farmoyishlar va hakazolar shakliga ega bo‘ladi. Boshqarish amatiyotida teng huquqli boshqaruv sub’ektlari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar bo‘ladi. Bunday hollarda huquqiy muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) yoki kelishtiruvchi hujjatlar chiqariladi.
Teng huquqiy tomonlarning xo‘jatik sohasidagi o‘zaro aloqalari xo‘jalik shartnomalarini tuzish yo‘li bilan tartibga solib turiladi.
Huquqiy normalar muayan sanksiyalarni nazarda tutadi. Qo‘llaniladigan ta’sir choralarining xarakteriga qarab, ular moddiy, intizomiy, jinoiy-huquqiy sanksiyalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |