Jizzax davlat pedagogioka institut


VII. O‘quv-mashq jarayonini tashkil etish



Download 5,81 Mb.
bet160/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

VII. O‘quv-mashq jarayonini tashkil etish
41. Sport maktabida o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi.
O‘quv yilining qancha davom etishi sport turining xususiyatiga, sport musobaqalari taqvimiga, sport tayyorgarligining davriylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi va sport maktabi rahbariyati tomonidan sportning har bir turi uchun yakka tartibda belgilanishi mumkin.
42. Sportchilar bilan o‘quv-mashq mashg‘ulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan va sport turi bo‘yicha tegishli sport o‘quv guruhi uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlari va yillik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
43. O‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvali bolalarning yosh xususiyatlari va belgilangan sanitariya-gigiyena normalari hisobga olingan holda mashqlarning qulayroq rejimini, o‘quvchi-sportchilarning dam olishini, ularning ta’lim muassasalarida va boshqa muassasalarda o‘qishini belgilash maqsadida trener-o‘qituvchining taqdimnomasi bo‘yicha sport maktabi ma’muriyati tomonidan tuziladi.
44. O‘quv-mashq mashg‘ulotlarining mazmuni tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
45. O‘quv-mashq jarayoni o‘qitishning texnik vositalari keng qo‘llanilgan, tiklash tadbirlari o‘tkazilgan holda sport mashqlarini bajarishning zamonaviy metodikasi asosida trener-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashqlar va musobaqalarda qatnashish faoliyati birga qo‘shib olib borilishi negizida tashkil etiladi.
46. Quyidagilar sport maktabi o‘quv-jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
guruhlarda va yakka tartibda o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va nazariy mashg‘ulotlar;
o‘quv-mashq yig‘inlari;
tiklash, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, o‘quvchi-sportchilarni tibbiy-biologik tekshirish, pedagogik test sinovidan o‘tkazish;
o‘quvchi-sportchilarning turli darajadagi musobaqalar va o‘yinli uchrashuvlarda ishtirokini tashkil etish;
sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘quvchi-sportchilar bilan mashq o‘tkazish;
yetakchi sportchilar ishtirokida o‘quv video yozuvlarini, kino dasturlarni hamda sport musobaqalarini ko‘rish va tahlil qilish;
o‘quvchi-sportchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini o‘tkazish.
47. Sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida bir o‘quv-mashq mashg‘ulotining qancha davom etishi (mashq yuklamasi hajmi) ikki akademik soatdan ortiq bo‘lmasligi, o‘quv-mashq guruhlarida esa — bir haftada kamida to‘rt marta o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazilgan holda uch akademik soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yuklama bir haftada 20 soatni va undan ko‘pni tashkil etgan guruhlarda — to‘rt akademik soatni, bir kunda ikki marta o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazilganda — uch akademik soatni tashkil etadi.
48. Sport maktabida sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar brigadalari tashkil etilishi mumkin. Brigadalar o‘quvchi-sportchilarni tanlash, sportchilar tayyorlashning zamonaviy talablariga muvofiq ko‘p yillik rejali o‘quv-mashq va tarbiya jarayoni amalga oshirilishini tashkil etish masalalarini hal etadi.
O‘quv yuklamasi, shuningdek o‘quvchi-sportchilarning sport natijalari brigadaning barcha a’zolariga hisoblanadi. Brigadaning har bir a’zosi uchun miqdor ko‘rsatkichlari brigada a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
49. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qo‘yilgan jamoalar va o‘quvchi-sportchilarni tayyorlash maqsadida sport maktabi o‘quv-mashq ishlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish huquqiga ega.
50. O‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazish sport maktabining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
51. O‘quv-mashq yig‘inlarining vazifalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (tuman, viloyat, respublika va xalqaro) hisobga olingan holda sport maktabining trenyerlar kengashi tomonidan belgilanadi. O‘quv-mashq yig‘inlari o‘quvchi-sportchilarning sport mahorati oshishini ta’minlashi kerak, muayyan sharoitlarda va mashq siklining muayyan davrlarida o‘tkaziladi.
52. Sport maktabining turli sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar va tadbirlarda qatnashishi tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga binoan hamda ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy taklif etilishiga muvofiq amalga oshiriladi.
53. O‘quv-mashq jarayoni izchilligini, o‘quvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi va faol dam olishini ta’minlash maqsadida ta’til davrida sport maktabi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etadi.
54. O‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida sport maktabi direktor tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq o‘quvchi-sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi. Sport maktabining tarbiyaviy ishlari shaxsning barkamol bo‘lishiga ko‘maklashadi va o‘quvchi-sportchilarda vatanparvarlik tuyg‘usi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ehtiyojni, o‘z bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini doimo to‘ldirib borishni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
55. Sport maktabi o‘quv-mashq hamda tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida va sport maktabi ustavida belgilangan tartibda zarur hujjatlashtirishni yuritadi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish